1-§. Mavzu: Geografiya nimani o`rganadi
Download 1.05 Mb.
|
5- sinf konspekt qayta ishlangan
- Bu sahifa navigatsiya:
- VIII. Yangi mavzu
- Suvning sho`rligi.
- Dengiz oqimlari.
- Suvning qalqishi.
Darsning borishi:
O`quvchilar davomatini tekshirish. O`quvchilar bilimini tekshirish uchun beriladigan savollar. 1. Materik sayozligi deb nimaga aytiladi? 2. Materik yonbag`ri nima? 3. Ichki dengizga qaysi dengizlar kiradi? 4. Chekka dengizlarga misol keltiring? 5. Okean qismlar qanday qismlarga bo`linadi? VIII. Yangi mavzu: Qisqach mazmuni: Suv harorati. Dengiz va okeanlarning yuza qismidagi suv harorati iqlimga bog`liq. Issiq iqlim o`lkalarida +250, +300C . Ammo qutbiy o`lkalarda suv harorati – 10, - 1,50C gacha pasayadi. Biroq suv sho`r bo`lgani sababli muzlab qolmaydi. Lekin chuqurga tushgan sari harorat kamayadi. Okeanlarning chuqur qismida +10, - 10C atrofida bo`ladi. Dunyo okeani suvlarining harorati geografik qonuniyat asosida o`zgarib boradi. Suv yuzasining o`rtacha yillik harorati +17,540C ga teng. Ochiq okeanda -20C dan +290C gacha o`zgaradi. Termik ekvator zonasida (5 – 100 shimoliy kengliklarda) yuza suvining o`rtacha harorati 270 – 280C. Lekin tropiklarda bu harorat 250 – 270C ni tashkil etadi. Qutbiy o`lkalarda harorat -10, -20C gacha pasayadi. Dunyo okeanining suv kengligi va uzunlik bo`yicha o`zgarishi bilan birga, chuqurlik tomon ham o`zgaradi. Okean tubida harorat 1000 m dan chuqurda, o`rta hisobda 20 – 30C atrofida bo`ladi. Lekin Shimoliy Muz okeanida muz tagi yuzasi suvning harorati 00C atrofida bo`lsa, 200 – 800 m chuqurlikda 1,30 – 20C, tubida esa 10Cgacha pasayadi. Yorug`lik. Quyosh nuri dengiz va okeanlarda 200 m chuqurlikkacha tushadi. Undan chuqurda g`ira – shira yorug` bo`ladi. 500 m dan keyingi chuqurlikni qorong`ulik qoplaydi. Shuning uchun o`simliklar 200 m gacha bo`lgan chuqurliklarda uchraydi. Hayvonlar suvning chuqur qismlarida juda kam bo`ladi. Suvning sho`rligi. Dengiz va okeanlar suvi juda taxir – sho`r bo`lai. Bunday suvni umuman ichib bo`lmaydi. Dengiz suvining har 1 litrida o`rta hisobda 35 gramm (g) tuz bo`ladi. Uning asosiy qismini osh tuzi tashkil etadi. Ichki dengizlar suvining sho`rligi okean suvining o`rtacha sho`rligidan farq qiladi. Issiq o`lkalardagi ichki dengizlarda suv ko`p bug`lanadi. Shuning uchun ularning suvi sho`rriroq bo`ladi. Qizil dengizni cho`llar o`ragan. Suv harorati +300C dan oshadi, suvdagi tuz miqdori 1 litrda 41 gr ga yetadi. Lekin suv kam bug`lanadigan va daryolar ko`p miqdorda chuchuk suv keltirib quyadigan dengizlarda suv sho`rligi kamroq bo`ladi. Masalan, Qora dengizdagi tuz miqdori 1 litr suvda 17 – 22 gr dan iborat. To`lqinlar. Okeanlarda suv hechqachon tinch turmaydi. Agar dengiz qirg`oqlarini borib kuzatsangiz, to`lqin qirg`oqga kelib urilayot-ganini va yana qaytib ketayotganini ko`rasiz. To`lqinlarga shamol sabab bo`ladi. Ba`zan to`lqinlar qirg`oqda, suv tagida yer qimirlashidan ham hosil bo`ladi. Dengiz oqimlari. Radio ixtiro qilinma-gan qadimgi zamonlarda falokatga uchragan kemalardagi dengizchilar halokat joyi ko`rsatil-gan xat yozib, shishalarga solib, dengizga tashlaganlar. Dengiz bo`yida yashaydigan odamlar bunday shishalarni juda ko`p tutib olishgan. Ichidagi xatlar ochib o`qilganda Afrika qirg`oqlari yonidan tashlangan shishalar Amerika qirg`oqlariga borib qolgani va aksincha Shimoliy Amerikaning janubiy qirg`oqlari yaqinidan tashlangan shishalar Yevropa qirg`oqlari yoniga kelib qolgani ma`lum bo`lgan. Nima uchun shunday bo`lgani hozirgi vaqtda aniq. Okeanlarda suvlar ma`lum yo`nalishda katta oqim ko`rishida harakat qilar ekan. Dengizdagi suvning bunday harakati dengiz oqimlari deyiladi. Oqimlar qanday hosil bo`ladi? Dengizdagi oqimlarning asosiy sababchisi doimiy esuvchi shamollardir. Shamollar suvni haydab ketib, oqimlarni vujudga keltiradi. G`arbiy Shamollar oqimi, Passat oqimlari shunday yo`l bilan hosil bo`ladi. G`arbiy Shamollar oqimi Antarktida atrofini aylanib oqadi. Uzunligi 30 ming km dan ortiq. Okeanlardagi oqimlar keltiradigan suvning haroratiga qarab, illiq va sovuq oqimlarga bo`linadi. Xaritalarda illiq oqimlar odatda qiizil rangli, sovuq oqimlar esa ko`k rangli sterlkalar bilan ko`rsatiladi. Dunyo okean boyliklari. Okean-larda o`simlik va hayvonot turlari juda ko`p va xilma – xildir. Ulardan turli oziq – ovqat mahsulotlari, sanoat uchun esa qimmatli xomashyo olinadi. Eng kichik o`simlik va jonivor hisoblanganplankton okeanlarda juda ko`p miqdorda uchraydi va udengiz hayvonlari eng to`yimli ozuqa hisoblanadi. Okeanlardagi eng katta hayvon – kit ham plankton bilan oziqlanadi. Katta kitning uzunligi 30 m, og`irligi 150 tonnaga yetadi. Bundan tashqaari okeanda xilma – xil baliqlar, morjlar, tulenlar yashaydi. Okeanlarda mineral boyliklar ham juda ko`p. Dendiz ostidan neft va gaz qazib olinadi. Okean boyliklari har qancha ko`p bo`l-sa ham ularni muhofaza qilish kerak. Chunki, ayrim hayvonlar, masalan, kit ko`p ovlanib kamayib ketgan. Suvning ifloslanishi dengiz o`simliklari va hayvonlarining qirilib ketishi-ga sabab bo`ladi. Dengiz va okeanlarning chuqur joylari maxsus qurilma batiskaflar – katta chuqurlik-da ishlovchi suv osti apparati yordamida o`rganiladi. Shveytsariyalik olim Jak Pikar maxsus „Triyest“ batiskafida 1960 –yilda Mariana botig`ida 11 000 m metr chuqurlikka tushgan. Suvning qalqishi. Quyosh va Oyning Yerdagi suv massasini tortishi natijasida sodir bo`ladigan harakatlari. Bizga ma`lumki, Yer bilan Oy o`zaro bir – biriga juda yaqin turadi. Yerning oyga qaragan tomonida oyning tortish kuchi ko`proq bo`lib, dengiz suvini oyga tomon tortadi, natijada suv ko`tariladi. Yerning teskari tomonida esa aksincha, Oyning tortish kuchi yo`q bo`lib markazdan qochish kuchi ko`proqdir. Bir sutkada dengiz suvi ikki marta ko`tarilib, ikki marta qaytadi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling