1-§. Mavzu: Geografiya nimani o`rganadi


Download 1.05 Mb.
bet45/76
Sana28.12.2022
Hajmi1.05 Mb.
#1024925
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   76
Bog'liq
5- sinf konspekt qayta ishlangan

Darsning borishi:

  1. O`quvchilar davomatini tekshirish.

  2. O`quvchilar bilimini tekshirish uchun beriladigan savollar.

1. Litosfera nima?
2. Cho`kindi jinslar haqida gapirish?
3. Yer po`sti necha turga bo`linadi?
4. Yer yoriqlari nima?
VIII. Yangi mavzu: Qisqacha mazmuni:
Mantiyadagi harakatlar ta`sirida Yer po`stining ayrim joylari asta – sekin cho`kadi, boshqa qismlari esa ko`tariladi. Chuqur cho`kkan joylarni suv qoplab, okean va dengizlar hosil bo`lgan. Ko`tarilgan joylar quruqlik bo`lib, materiklarni, orol va yarimorollarni paydo qilgan. Lekin vaqt o`tishi bilan okean va dengizlar osti ko`tarilib quruqlikka aylanishi mumkin. Biroq bunday o`zgarishlar o`nlab, yuzlab million yillarda ro`y beradi. Bizning mamlakatimiz O`zbekiston o`rni ham 30 mln yil ilgari dengizdan iborat bo`lgan. Biz ularni tog` jinslari orasidan topiladigan dengizda yashagan hayvonlar qoldiqlari – chig`anoqlar va suyaklarni o`rganib bilamiz.
Yer po`stining gorizontal harakati natijasida yer qatlamlari bukilib, burmali tog`larni, vodiylarni, chuqur okean botiqlarini hosil qiladi. Yer po`stida yoriqlar vujudga keladi. Masalan: Farg`ona vodiysi, Tyanshan tog`lari shunday hosil bo`lgan.
Yer po`stida biror joy yorilsa, o`sha hudud tagida bosim pasayib, chuqurdagi qaynoq moddalar suyuqlashib, suyuq jinsga aylanadi. Uni magma deb ataladi. U yer yoriqlaridan yuqoriga ko`tariladi va yer yuziga oqib chiqadi. Yer yuziga oqib chiqqan qaynoq suyuq modda lava deyiladi. Lava asta sovib, tepa va tog`larni hosil qiladi. Bunday tepa va tog`lar vulqonlar deb ataladi. Vulqonlar otilganda yer qimirlaydi, portlashalar ro`y beradi, gumburlagan ovozlar eshitiladi. Vulqon og`zidan kul, gaz va toshlar otilib chiqadi.
Vulqonlar otilib turadigan o`lkalarda va Yer po`stida yoriqlar bor joylarda issiq buloqlar ham uchradi. Ular hali sovib ulgaurmagan lavalar orasidan va chuqur yoriqlardan chiqqani uchun qaynoq bo`ladi. Ba`zi issiq buloqlarda suv vaqti – vaqti bilan favvora kabi otilib turadi. Bunday buloqlar geyzerlar deyiladi.
Yer po`sti plitalari tutashgan, burmlanish, yorilish, uzilish bo`layotgan joylarda tabiatning eng dahshatli hodisalaridan biri – yer qimirlashlar bo`lib turadi. O`zbekistonning ham kattagina qismi, ayniqsa, sharqiy, janubiy tog`li, tog` oldi qismlari yer qimirlaydigan zonaga kiradi.
Yer qimirlash Yer po`stining chuqur qismida – tog` jinslari qatlamlarida to`saddan ro`y beradigan sinish, siljish, uzilish natijasida sodir bo`ladi. Yer qimirlash boshlanadigan bu joy


Yer qimirlash o`chog`i – gipotsentr deyiladi. Yer qimirlash o`chog`i ustidagi joy yer qimirlash markazi – epidsentr deb yuritiladi. Yer qimirlash markazida eng ko`p vayrongarchilik bo`ladi.
Yer qimirlash harakatlari juda sezuvchan asbob – seysmograflarda avtomat ravishda yozib olinadi (“seysmo” – yer qimirlash, “grafo” – yozaman). Seysmogramma (yer qimirlash yozib olingan qog`oz)larni tahlil qiluvchi olimlar yer qachon qimirlaganini, yer qimirlash o`chog`i qancha cuqurda ekanini, yer qimirlash markazida qancha kuch bilan qimirlaganini aniqlashadi.
Olimlar yer qimirlash kuchini uning binolar va relyefga ta`siriga qarab 12 ballda aniqlashadi. Masalan, 1 va 2 balli yer qimirlashni odamlar sesmaydi. 3, 4 va 5 balli kuchda bo`lganda ancha sezilarli bo`lsa ham imoratlarga zarar yetmaydi. 6 va 7 ball qimirlaganda uy devorlariga yoriqlar paydo bo`ladi. 8 ballda devorlar yorilib, ba`zi uylar buzilishi mumkin. 9 ball bo`lganda esa devorlar qulaydi, tomlar bosib qoladi. 10 ball yer qimirlasa, imoratlar buzilib ketadi, yerda kengligi 1 m gacha yoriqlar paydo bo`lai. 11 va 12 ball bo`lganda yer yuzasi relyefi o`zgaradi. Yerda tik turgan narsa qolmaydi. Shuning uchun 11 – 12 ballni o`ta dahshatli yer qimirlash deyiladi.
Hozirgi vaqtda olimlar yer qimirlashni oldindan aytish ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling