1-§. Mavzu: Geografiya nimani o`rganadi
Download 1.05 Mb.
|
5- sinf konspekt qayta ishlangan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shimoliy Muz okeani
- Dengizlar, qo`ltiqlar, bo`g`izlar
- Okeanlar tagi relyefi.
- Dunyo okeani.
Hind okeani – maydoniga ko`ra uchinchi o`rinda turadi. Uning maydoni – 76 mln km2. Eng chuqur joyi Zond botig`i – 7 729 m.
Hajmi...........................................................................................................................282 650 ming km3. O`rtacha chuqurligi......................................................................................................3711 m. O`rtacha sho`rligi.........................................................................................................36,50/00. O`rtacha harorat...........................................................................................................+170C Okeanlarda to`lqinlarning o`rtacha balandligi.............................................................1 – 2,5 m. Kuchli to`lqinlarning o`rtacha balandligi....................................................................12 m. Suv osti tizmalar soni...................................................................................................11 ta. Dengizlar soni..............................................................................................................11 ta. Eng uzun bo`g`izi.........................................................................................................Mozambik, 1 760 km, 422 km, 117m. Shimoliy Muz okeani – eng kichik okean – 14 mln km2. Eng cuqur joyi Gredlandiya dengizidagi uzulma – 5 527 m. Bu okean Shimoliy qutb atrofida joylashgani tufayli eng sovuq okean hisoblanadi. Ko`p qismi doimiy muz bilan qoplanib yotibdi. Hajmi...........................................................................................................................18 070 ming km3. O`rtacha chuqurligi......................................................................................................1225 m. O`rtacha sho`rligi.........................................................................................................30 – 320/00. O`rtacha harorat...........................................................................................................+0,750C Okeanlarda to`lqinlarning o`rtacha balandligi.............................................................0,5 – 1 m. Kuchli to`lqinlarning o`rtacha balandligi....................................................................6,2 m. Suv osti tizmalar soni...................................................................................................3 ta. Dengizlar soni..............................................................................................................9 ta. Eng uzun bo`g`izi.........................................................................................................Sanikov, 238 km. Eng keng bo`g`izi...........................................................................................................Long, 146 km. Dengizlar, qo`ltiqlar, bo`g`izlar. Dengizlar okeanlarning kichik qismlari bo`lib, ulardan yarim orollar, orollar va suv osti qirlari bilan ajralib turadi. Quruqliklarning chekkasiga tutash-gan dengizlar chekka dengizlar deyiladi. Masalan, Hind okeanidagi Arabiston dengizi, Tinch okeanidagi Bering dengizi. Lekin ayrim dengizlar quruqlikning ichiga chuqur kirib borib, okeanlar bilan bo`g`izlar – tor tor suv yo`llari orqali tutashgan. Bunday dengizlar ichki dengizlar deb ataladi. O`rta dengiz, Qizil dengiz ichki dengizlardir. Okean, dengiz va ko`llarda qo`ltiqlar ham bo`ladi. Qo`ltiq deb okean, dengiz va ko`llar-ning quruqlik ichkarisiga kirib borgan kichik va sayoz qismlariga aytiladi. Hind okeaning Ben-galiya va Fors qo`ltiqlari, Atlantika okeaning Biskay qo`ltig`i bor. Okean, dengiz, ko`l va daryolarning ikkita katta qismini tutashtirib turadigan suvli tor yo`llakka bo`g`iz deyiladi. Masalan, Gibraltar bo`g`izi Atlantika okeanini O`rta dengiz bilan tutashtirgan. Okeanlar tagi relyefi. Okeanlar tagi ham xuddi quruqlikdagi kabi notekis. Okeanlarning materiklarga tutashgan chekka qismlarida quruqlikning suv tagidagi davomi – materik sayozligi ya`ni shelf joylashgan. Uning chuqurligi 200 m dan oshmaydi. Kengligi har xil. Materik sayozliklari foydali qazilmalarga, ayniqsa, neft va gazga boy. 200 metrdan 2 500 metr chuqurlikgacha bo`lgan joylar materik yonbag`irlari deyiladi. Undan narida okean tagi boshlanadi. Okean tagida keng tekisliklar, tog`lar, juda chuqur botiqlar mavjud. Suv osti tog` tizmalari minglab kilometrga cho`zilgan. Dengiz okeanlarning chuqurligi exolot deb ataladigan asbob bilan o`lchanadi. Dengiz va okeanlar xaritalardagi havo rang bilan ko`rsatiladi. Ular qanchalik chuqur bo`l-sa, havorang shunchalik to`q qilib beriladi va chuqurlik shkalasiga necha metr ekani ko`rsatib qo`yiladi. Dunyo okeani. Dunyo okeaning umumiy maydoni – 361 mln km2. Dunyo okeaning suv hajmi – 1338 mln km3. Dunyo okeaning eng chuqur joyi – mariana botig`i (11022 ) m. Dunyo okeaning o`rtacha chuqurligi – 3700m. Dunyo okeaning eng yuqori sho`rligi – 420/00 (Qizil dengiz). Dunyo okeaning eng past sho`rligi – 20/00 (Fin qo`ltig`ida). Dunyo okeaning o`rtacha sho`rligi – 350/00. Eng sho`r okean – Atlantika okeani (37,50/00). Sho`rlik darajasi eng past okean – Shimoliy muz okeani (300/00). Dunyo okeanidagi hayvon turlari soni – 160 ming. Dunyo okeanidagi o`simlik turlar soni – 10 ming. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling