1 – Мавзу Марказий Оси ёда кадимги ва илк урта асрларда ер сув муносабатлари
-Mavzu. O‘rta Osiyoning Rossiya tomonidan zabt etilishi va yer-suv munosabatlarining mustamlakachilikka moslashtirilishi
Download 1.08 Mb.
|
Surxondaryoda Yer-suv munosabati lotin maruza 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchidan
6-Mavzu. O‘rta Osiyoning Rossiya tomonidan zabt etilishi va yer-suv munosabatlarining mustamlakachilikka moslashtirilishi
Reja 1.Chor Rossiyasining Turkistonda yuritgan agrar siyosatidan ko‘zlagan maqsadlari. 2.Chor Rossiyasining Turkistonda irrigatsiya inshootlari masalasida yurgizgan siyosati va uning natijalari. 3.Buxoro amirligida Zarafshon suvi masalasida Buxoroning Samarqandga qaram bo‘lishi. Adabiyotlar 1.Annanepesov Murad. Zemledelie i agrarnыe otnosheniya v turkmenistane v XVIII-XIX vv. K.i.n. - Ashxabad. 1973 g. 2.Ashurboeva Z. XIX asr oxiri XX asr o‘rtalarida Mirzacho‘lning o‘zlashtirilishi. T.f.n. diss. Agrar univ. - T., 2008 yil. 3.Bazarbaev A. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Jizzaxdagi yer narxlari to‘g‘risida ayrim mulohazalar. O‘zbekiston tarixi. 2014 yil, 2-son, 44-54 b. 4. Dmitriev A.A. V Turkestane gonyat russkix. “Zemshina” gaz, 7 oktyabrya. 1910, 5.Jalilov S. Iz istorii osvoeniya zemel’ vostochnыx rayonov Ferganskoy dolinы (XIX-nachalo XX veka). K.i.n. - T., 1965 g. 6.Ziyoev H. O‘zbekistonda paxta yakkahokimligi uchun kurash (XIX asrning oxiri XX asr boshlari). - T., “O‘zbekiston,” 1999 y. 7.Koshchanov A. K istorii irrigatsii v Xivinskom xanstve konsa XIX-nachala XX veka. O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar. 1964 yil. 1 - son. 57-61 b. 8.Koshchanov A. Iz istorii agrarnыx otnosheniy v Xivinskom xanstve v konse XIX-nachale XX veka. Avtor. diss. Kand. ist. Nauk. - T., 1966. 9.Krivoshein A.V. Zapiska glavnoupravlyuщego zemledeliem i zemleustroystvom o poezdke v Turkestan. - SPB, 1912, 111 - b. 10.Krivoshein A.V. Zapiska glavnoupravlyayushego zemleustroystvom zemledeliem i o poezdke v Turkestanskiy kray. - Poltava, 1912. 11.Mallaboev B.B.Chorizmning Turkistonda vaqf mulkchilik siyosati (Xoja Ahror avlodlari vaqf mulklari misolida). Fan nomz. dissert. - T., 2004 yil. 12.Muhammadjonov A. Quyi Zarafshon vodiysining sug‘orilish tarixi (qadimgi davrdan yigirmanchi asrning boshlarigacha). - T., “Fan,” 1972 yil, 374 betlik. 13.Mirzaev A. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Farg‘ona viloyatida Amerika paxtasining tarqalishi. O‘zbekiston tarixi. 2012 yil, 3-4-son, 87-98 b. 14.Nasritdinov K. Namangan vohasini sug‘orish tarixidan (XIX asr oxiri). O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar. 2000 yil. 2 - son. 32-35 b. 15.Ochilov N, Selivanova T. Suv va mehnat tufayli. Fan va turmush, 1984 yil, 8-son, 8 b. 16.Palen K.K. Vsepoddanneyshaya zapiska soderjanie glavneyshie vыvodы otcheta o proizvedennoy v 1908-1909 gg. Po vajneyshemu poveleniyu senatorom gofmeysterom grafom K.K. Palenom revizii Turkestanskogo kraya. - SPB, 1910 g, 47 b. 17.Pogorelova O. Samarqand muzeyi fondidan. Moziydan sado. 2017 yil, 3-son, 6-9 b. 18. Saidov B. O‘rta Osiyoda yer-suv munosabatlari (qadimgi davrdan hozirgi kungacha). - T., “Universitet,” 2001 yil. (O‘quv uslubiy qo‘llanma). 19.Sobirov A. XIX asr oxirlarida Turkiston qishloq xo‘jaligidagi tranformatsion jarayonlar. O‘zbekiston tarixi. 2010 yil, 1-son, 14-20 b. 20.Sobirov A. Turkiston paxtachiligi transformatsiyasiga doir. O‘zbekiston tarixi. 2010 yil, 4 - son, 73-80 b. 21.Sultonov O‘.A. Toshkent vaqf xo‘jaligida an’analar, islohotlar va muammolar (XVI-XX asr boshlariga oid tarixiy hujjatlar asosida).” Doktorlik diss. - T., 2016 y. 22.Suyunova O. Mustamlaka Turkistonda bog‘dorchilik. Qonun himoyasida. 2004 yil, 39-40 b. 23.Tursunov S. Sherobodliklar. - T., «A.Navoiy,» 2006 y, 124-135 b. 24.Tursunov S, Rashidov K. Boysun. - T., «Akademnashr,» 2011 y, 438-442 b. 25.Turkestanskoe selskoe xozyaystvo za 1909 g. №-5. 26.Xaliyarov A. Xiva xonligida pul vaqfining huquqiy va iqtisodiy asoslariga doir. O‘zbekiston tarixi. 2014 yil, 4-son, 17-23 b. 27.Xolnazarova L. Buxoro amirligida yerga egalik munosabatlariga doir. Tarix tafakkuri. Tarixchi olimlarning ilmiy - amaliy maqolalar to‘plami. VI-jild. - T., 2014 yil, 139-146 b. 28.Shaniyazov K. Ob osnovnыx vidax zemel’noy sobstvennosti i razmerax xaradja v Buxarskom xanstve v konse XIX nachalo XX veka (po etnograficheskim dannыm). O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar. 1962 yil.3-son, 29. Ergashev Fatxulla. Turkistonda ziroatchilik va davlat mulki. Jamiyat va boshqaruv. 2007 yil, 1-son. 36-40 b. 30.Yaqubov Q. Vatan tarixshunosligida Xiva xonligi vaqf mulkchiligi tarixini o‘rganish masalalari. O‘zbekiston tarixi. 2014 yil, 1-son, 28-35 b. 31.Qobilov E. XIX asr o‘rtalarida Surxon bekliklarida dehqon xo‘jaliklarida differensiatsiya jarayonlarining chuqurlashuvi. Tarix tafakkuri. Tarixchi olimlarning ilmiy–amaliy maqolalar to‘plami. VI-jild. - T., 2014 yil, 181 184 b. 32.Qoriev M. O‘zbekiston suv omborlari. - T., “O‘zbekiston,” 1969 yil, 84 b. Chor Rossiyasining Turkistonda yuritgan agrar siyosatidan ko‘zlagan bosh maqsadi va asosiy yo‘nalishlari haqida davlat mulklari va ziroatchilik vaziri A.V.Krivoshein to‘xtalib bu masalada uch ko‘rinish mavjud, birinchisi “paxta” masalasi bo‘lsa ikkinchisida “sug‘orish” uchinchisida “ruslarni ko‘chirib keltirib o‘rnatish”- deb yozgan edi. A.V.Krivoshein o‘z fikrlarini aniq dalillashga urinib masalaning dastlab iqtisodiy tomoniga alohida urg‘u beradi. ”Bizning ichki bozorimizga, so‘nggi 20 yil ichida Amerika paxtasi uchun faqat boj tariqasida 700 mln. rubl to‘lashga to‘g‘ri keladi.” 1900 yildan esa yiliga 40 mln. rubldan to‘lab kelmoqdamiz. 1886 yilgi “nizom” o‘lkaga rus aholisini ko‘chirib keltirish yo‘li bilan o‘lkani ruslashtirish harakatini qonunan mustahkamlab, unga siyosiy tus berdi. Ko‘chib keluvchilarga 10 tanobdan kam bo‘lmagan yer ajratish belgilandi. Shuni alohida takidlash kerakki, Turkistonga kelib o‘rnashish va yer-mulkka ega bo‘lish huquqi faqat nasroniy dinining provaslav mazxabidagilargagina berildi. 1886 yilgi qonunga ko‘ra o‘lkaga ko‘chib keluvchilarni tanlash va joylashtirish tartiblari belgilandi. Bo‘sh davlat yerlariga birinchi navbatda xizmatdan bo‘shagan zahiradagi ofitser, quyi unvondagi harbiy xizmatchilar joylashtirilishi alohida ko‘rsatildi. Ammo qonunda bo‘sh davlat yeri atamasida qanday yerlar nazarda tutilganligiga izoh berilmagan edi. Holbuki ana shu masala o‘lkadagi yer-suv munosabatlariga bevosita aloqador bo‘lib u keyinchalik o‘tkir muammoga aylandi. Yer-suv munosabatlarida chorizm ikki maqsadni ko‘zlab ish tutgan edi. Osiyoda o‘z hukmronligini mustahkamlash va uning iqtisodiy imkoniyatlaridan mustabid Rossiyaning hukmron tabaqalari manfaatlari yo‘lida foydalanishga intilgan. Shu maqsadlar uchun mahalliy hukmron doiralarning qarshiligini sindirish, o‘lkada amalda bo‘lgan qadimiy munosabatlarni saqlab qolish, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga imkon bermaslik kerak edi. Uzoqni ko‘zlagan maqsaddan kelib chiqqan holda Rossiya Turkistonda olib borgan yer-suv munosabatlarida quyidagi siyosatni o‘tkazdi. 1.O‘lkadagi barcha yerlar davlat hazinasiga tegishli deb elon qilindi. O‘troq mahalliy aholiga yer merosiy yakka jamoa yegaligi tariqasida ko‘chmanchi aholiga esa muddati cheklanmagan tarzda jamoa bo‘lib, foydalanish uchun topshirildi. 2.O‘troq joylarda yer undan amalda foydalanayotganlarga biriktirildi. Bu tartibga binoan sud organlariga yer-suvga oid munozarali masalalarni hal etishga qozilar tomonidan berilgan yerga egalik qilish haqidagi hujjatlariga-vasiqalarga tayanmay, aksincha, yerdan kim amalda foydalanayotganiga qarab ish tutilishi lozimligi haqida ko‘rsatma berildi. O‘rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingunga qadar lkada yer egalari dehqonlarga ijaraga bergan yerlari endilikda ijarachilarga merosiy tarzda foydalanishga topshirildi. Chorizmning yer-suv sohasidagi bunday “tantiligining” sababi, birinchidan, Rossiyaning dastlabki yillarda ko‘chirish ehtiyojlari uchun zarur yer jamg‘armasiga muhtoj bo‘lmagani, ikkinchidan, bu sohada o‘ziga raqib bo‘lgan mahalliy zodagonlar bilan kurashda mehnatkashlar ommasini bajaradigan qilib qo‘yish edi. Uchinchidan, Ko‘p hollarda vaqf avvalgi tarzda qoldirildi, ammo ayrim hollarda vaqf yerlarini davlat ixtiyoriga olish ham mumkinligi belgilandi. To‘rtinchidan, sobiq imtiyozli shaxsiy mulk yerlariga boshqalar qatori soliq solishdi. Ular endi xususiy mulk emas, balki davlat yerlari deb ataldi va dehqonlarga merosiy ravishda egalik qilish va foydalanishga topshirilgani malum qilindi.Beshinchidan, Shahar tashqarisida rus aholisiga yer ajratish ham taqiqlandi. Oltinchidan, Yevropaliklar, xususan, ruslar tomonidan mahalliy aholiga qarashli yerlarni sotib olish mutloq man etildi. Bu taqiq 1890-yillar oxiriga qadar o‘z kuchini saqlagan. 1886 yilgi Nizomda mahalliy aholining yerga egalik qilish Odam bo‘yicha deb belgilangani holda uning yerga qonunan xo‘jayin yo xo‘jayin emasligiga doir aniq tarif kiritildi. Rus qonunlari podsholik yerlariga nisbatan xonliklar davridagi huquqni rasmiylashtirdi, lekin ular tub aholi ko‘pchilikning yerlarini ularga shaxsiy mulk sifatida biriktirmadi. Chorizmning 1867-1916 yillar davomida yer-suvga egalik masalasidagi hujjatlarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, rus amaldorlari o‘rtasida Turkistondagi yerlarga egalik masalasida ikki xil nuqtai nazar hukmronlik qilgan. Birinchisi-Turkiston o‘lkasini rus mustamlakasi sifatida o‘zlashtirishda dvoryan-pomeshchiklarning fikri Rus dvoryanlari Turkiston dehqonlarini 1861 yil islohotiga qadar davlat dehqonlari, ya’ni huquqsiz dehqonlar sifatida ishlagan rus krepostnoylari ahvoliga tushirishni istashgan. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling