1 – Мавзу Марказий Оси ёда кадимги ва илк урта асрларда ер сув муносабатлари
Download 1.08 Mb.
|
Surxondaryoda Yer-suv munosabati lotin maruza 2023
Suvlari.Surxondaryo tabiiy geografik okrugida uzunligi 20 km dan ortiq bo‘lgan 35 ta daryo mavjud. Bu daryolar ichida eng kattalari Surxondaryo va Sheroboddaryo hisoblanadi.Surxondaryo To‘polondaryo bilan Qoratog‘ daryolarining qo‘shilishidan vujudga keladi.To‘polon daryo Surxondaryoning eng katta va eng sersuv irmog‘i, Hisor tog‘ining eng baland qismidan Qorasuv nomi bilan boshlanib, G‘ova irmog‘ini qo‘shib olgach, To‘polondaryo nomini oladi. Uning uzunligi 124 km bo‘lib, qor-muzlarning erishidan to‘yinadi. Uning o‘rtacha yillik suv sarfi sekundiga 54,6 m.kub, eng ko‘pi sekundiga 470 m.kub, eng kami 5,7 m.kub.Qoratog‘ daryosi Hisor tog‘ining 4200 m balandlikdagi janubiy yonbag‘ridan shu nom bilan boshlanadi. Uning uzunligi 100 km atrofida. Qoratog‘ daryosi qor-muzlarning erishidan to‘yinadi, binobarin, eng ko‘p suvi may — iyun oylariga to‘g‘ri keladi. Uning o‘rtacha yillik suv sarfi sekundiga 23 m.kub, maksimal suv sarfi sekundiga 239 m.kub, minimal 2,5 m.kub. Surxondaryo To‘polon bilan Qoratog‘ daryolarining qo‘shilgan yeridan Amudaryogacha 196 km. Shu masofada o‘ng tomondan Sangardak va Xo‘jaiрok irmoqlarini qo‘shib oladi. Surxondaryo, asosan, qor-muzlarning erishidan to‘yinib, o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi Qorovultepa qishlog‘i yonida sekundiga 70,2 m.kub ni tashkil etadi, eng katta suv sarfi sekundiga 600 m.kub, eng kami sekundiga 0,1 m.kub. Sheroboddaryo Boysun tog‘i va uning davomi hisoblangan Ko‘hitang tog‘ining sharqiy yonbag‘ridan boshlanuvchi Irg‘oyli va Qizilsoy daryolari qo‘shilishidan vujudga keladi. U Sherobod shahridan quyida Qorasuvdaryo deb yuritiladi. Uning uzunligi 186 km bo‘lib, o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi sekundiga 7,5 m.kub. Sheroboddaryo qor-yomg‘ir suvlaridan to‘yinganligi tufayli eng ko‘p suvi aprel — may oylarida oqadi.Yerosti suvlari har xil davr yotqiziqlari orasida uchraydi. Paleogen va neogen davri yotqiziqlari orasidagi 140—150 m chuqurlikdan chuchuk suv chiqadi. Bo‘r davri yotqiziqlari orasidagi 1000 —2000 m chuqurlikdan chiquvchi mineral shifobaxsh suv harorati +60 +70°C ga yetadi.Surxondaryo tabiiy geografik o‘lkasida suv ta’minotini yaxshilash maqsadida Janubiy Surxon (suv sig‘imi 800 mln m.kub), Uchqizil (suv sig‘imi 16 mln m.kub) suv omborlari qurilgan.Tuproqlari.Surxondaryo tabiiy geografik okrugining okean sathidan 500 m balandlikkacha bo‘lgan joylarida och bo‘z tuproq tarqalgan.Yerosti suvlari yer betiga yaqin bo‘lgan joylarda sho‘rlashgan bo‘z tuproq uchraydi. Surxondaryo va Sherobod daryolarining qayirlarida alluvial-o‘tloq va botqoq tuproqlar uchrasa, janubiy qismidagi qum massivlarida qumli va qumloq tuproqlar uchraydi.Okrugning 500 m dan 1200 m balandlikkacha bo‘lgan qismida oddiy va to‘q tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlar ko‘p joylarda o‘zlashtirilib, madaniy bo‘z tuproqqa aylantirilgan.Surxondaryoning 1500-2500 m dan balandda bo‘lgan tog‘ yonbag‘irlarida tog‘-jigarrang tuproqlar tarqalgan bo‘lib, tarkibidagi chirindi 4-6 foizga boradi. 2500 m dan yuqorida yaylov mintaqasi boshlanib, tog‘-o‘tloq, o‘tloq, o‘tloq-botqoq tuproq uchraydi. Surxondaryo tog‘larida (1500—2500 m) bug‘doyiq, javdar, tiрchoq, yovvoyi arpa, shirach; qurg‘oqchil va toshloq yerlarda astragul o‘sadi. Butalardan bodom, irg‘ay, itburun, zirk, daraxtlardan archa, zarang, xandonpista, yong‘oq, do‘lana, terak kabilar o‘sadi. Surxondaryo okrugining sharqida joylashgan Bobotog‘ o‘zining xandonpistalari bilan mashhurdir. Surxondaryo okrugining 2500 m dan baland qismida yaylov mintaqasi joylashib, unda subalp va alp o‘tloqlari mavjud.
Surxondaryo vodiysida quruq subtropik iqlim tufayli anor, anjir, xurmo, shakarqamish, sitrus va boshqa issiqsevar mevali daraxtlar va mevalar yetishtiriladi. Jumladan, Denov subtropik o‘simliklar maskanida issiq mamlakatlarda o‘suvchi daraxt va mevalar yetishtirilmoqda. Surxon-Sherobod vohasi topografik tuproq tuzilishi, gidrogeologik-meliorativ holati va xo‘jalik iqtisodi jihatidan O‘zbekistonning to‘la o‘zlashtirilgan massivlaridan biridir. Surxon-Sherobod vohasi O‘zbekistonning eng janubida, 370 10I-390 02 shimoliy kenglik va 920-680 251 sharqiy uzunlik oralig‘ida joylashgan. Bu hudud Sheroboddaryo va Surxondaryo daryolari oqadigan meridional yo‘nalishda cho‘zilgan tog‘lararo vohadan iborat. Voha sharqdan Tojikiston, g‘arb va shimoli-g‘arbdan Turkmaniston va respublikaning Qashqadaryo viloyati bilan, janubdan esa Amudaryo bo‘ylab Afg‘oniston bilan chegaradoshdir. Surxon-Sherobod vohasida tekisliklar, quruq cho‘llar va tog‘ oldi zonalari mavjud bo‘lib, vohaning boyliklari juda katta va turli-tumandir. Vohaning umumiy maydoni O‘zbekiston territoriyasining 4,6 foizini yoki 20,1 ming km2ni tashkil etib, respublikada u beshinchi o‘rinni egallaydi.1 Surxon-Sherobod vohasi bir-biridan kattaligi, joylashishi bilan farq qiladigan Surxon va Sherobod daryolarining havzasini egallagan. Surxon vohasining adirli kengliklari shimoldan janubga tomon pastlasha borib, sekin-asta tekislikka o‘tadi. Sherobod vohasi shimoliy tomonga sal engashgan tekisliklardan iborat bo‘lib, janubdan Amudaryo bilan, Shimoliy g‘arbdan Kelif-Sherobod tizmasi va sharqdan uncha yuqori bo‘lmagan Xaygar tog‘lari oralig‘ida joylashgan. Voha uch tomondan tog‘ tizmalari bilan aylangan va bu tizmalardan bir nechta daryolar oqib tushadi. Bular To‘polang, Sangardak, Xo‘jaipok, Sherobod va boshqa bir qator daryolardir. Voha iqlim sharoitlari bo‘yicha O‘rta Osiyoning paxta yetishtiradigan asosiy maydoni hisoblanib, asosan issiq cho‘llar tarkibiga kiradi. O‘rtacha oylik harorat yil davomida musbat sonlarga ega bo‘lib, yanvarda haroratning pastki nuqtasi +2,8-3,30 va iyulda +31,2-31,90 ga teng bo‘ladi. O‘rtacha yillik haroratda esa +200ga yetadi. Yanvarda haroratning eng pastki nuqtasi yanvarda -200, eng baland nuqtasi esa iyun-iyulda +45-460 gacha boradi. Iliq ayozsiz davr 212-320 kun davom etib, ko‘p yillik o‘rtacha davomiyligi esa 240-270 kunni tashkil qiladi.1 Eng erta bahorgi ayoz kunlar yanvarning ikkinchi yarmi va fevralning boshlarida bo‘lib, eng kechkilari aprelning ikkinchi yarmigacha cho‘ziladi. Eng erta kuzgi ayoz kunlar oktyabrning ikkinchi yarmi boshlarida bo‘lib, eng kechkilari esa dekabr va yanvar oylarigacha davom etadi. O‘rtacha yillik yog‘inning yig‘indisi eng yuqori yoki 100 ga teng bo‘lgan haroratda 5000 mm dan 6500 mm gacha, haftalik yog‘ingarchilik esa 130-160 mm ni tashkil qiladi. Yog‘ingarchilikning 90 foizi qishki-bahorgi davrga, qolgan 10 foiz esa kuzgi davrga to‘g‘ri keladi. Yozi quruq yog‘ingarchiliksiz bo‘lgani sababli, havoning o‘rtacha nisbiy namligi yil bo‘yi 50% ga teng bo‘ladi. Yoz oylarida esa bu ko‘rsatkich 20-30 % tushib ketib, qishki mavsumda 70-80% ga ko‘tariladi. Bug‘lanish yil davomida 1700-2000 mm ni, iliqlik esa yarim yillikda 1300-1500 mm ga teng bo‘ladi2. Hududning o‘ziga xos hususiyati shundaki, bu yerda asosan janubiy-g‘arbiy yo‘nalish bo‘ylab afg‘on shamoli esib turadi. Vaqti-vaqti bilan kuchli shamol ko‘tarilib, o‘simliklar va tuproqqa o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Iqlim sharoitlariga ko‘ra bu hudud issiq va quruq iqlimli mintaqaga kiradi. Bu iqlim sharoitlari sun’iy sug‘orishda paxtaning ingichka tolali navlari va boshqa ko‘plab subtropik ekinlar yetishtirishga mos keladi. Paxta singari issiqsevar o‘simliklarning rivojlanishidagi faol o‘sish davri Surxon-Sherobod vohasining janubiy qismida martning o‘rtalarida tugaydi. Shunday qilib, yuqori haroratli davr 240-250 kun davom etadi. Viloyatning shimoliy-g‘arbiy qismida (Qashqadaryo havzasi), ya’ni ko‘pchilik tumanlarda (eng janubdan tashqari) bu davr 226-228 kun davom etadi. Har yili haroratning eng baland nuqtasi +46-480 dan oshib, Termiz va Sherobodda deyarli +500 S ga yetadi. Bu ko‘rsatkich esa O‘zbekiston hududi uchun yuqori bo‘lib hisoblanadi. Surxon-Sherobod vohasining janubiy qismida yog‘ingarchilikning taqsimlanishi juda notekis. Amudaryodan shimol tomonga voha bo‘ylab, taxminan, 400-500 m atrofida (Sho‘rchi kengligida), Boysuntog‘ va Ko‘hitang yonbag‘irlari bo‘ylab, shimoli-g‘arbda va Kelif-Sherobod tizmasida 660-700 m li tepaliklargacha yillik yog‘ingarchilik miqdori 130-250 mm ga teng bo‘lgan hudud joylashgan. Yog‘ingarchilikning yuqoriga ko‘tarilishi bilan oshib borish jarayoni hamma joyda ham bir tekis emas. Ko‘hitang va Boysuntog‘ yonbag‘irlarida yuqoriga chiqish bilan yog‘ingarchilik miqdori nisbatan sekinlashadi (har bir 100 metrga, 25-35 mm). Sharq tomonga o‘tib yog‘ingarchilikning oshishi ancha faolroq bo‘ladi (har 100 metr yuqoriga 60-80 mm ga o‘zgaradi).3 Surxon-Sherobod vohasi relef va tuproq hosil qiluvchi jinslarning turli tumanligi bilan farq qiladi. Tuproqshunos A.Z.Genusovning aniqlashicha, bu hududda tuproqning quyidagi asosiy turlari uchraydi. Bular kulrang- qo‘ng‘ir tuproq, cho‘l qum tuprog‘i, taqir tuproq, sho‘rxok tuproq, yaylov va botqoq tuproqlaridir. Kulrang-qo‘ng‘ir tuproqlar cho‘l tuproqlarining tipik vakili bo‘lib hisoblanadi. Ular past tekisliklarning tosh-shag‘al aralashmasidan tashkil topgan bo‘lib, umumiy maydoni 75 ming gektarga teng. Undan sug‘orish uchun 1/3 qismi ishlatiladi.4 Hududning shimoliy qismida kulrang cho‘l tuprog‘ini tashkil etgan bo‘z tuproqlarning katta dashtliklari joylashgan. Cho‘l qum tuproqlari va qumlar Surxon-Sherobod vohasida 130 ming gektarni5 egallaydi. Bu Xovdag qumloqlarining tarqalishi natijasida hosil bo‘lgan. Iqlim sharoitlariga ko‘ra cho‘l-qum tuproqlari sug‘oriladigan yerlarga aylantirilishi mumkin. Ularning maydoni Surxon Sherobod vohasida 60 ming gektarni tashkil etadi.1 Cho‘l mintaqasining yaylov va botqoq tuproqlari Surxondaryo va Amudaryoning tor vohasida mujassamlashgan. Ular daryo qirg‘oqlari va keng yaylovlarni tashkil etib, har xil sho‘rlanish darajasiga ega. Surxon daryosining o‘zani keng emas, faqat ayrim joylarida uning kengligi 0,5 kilometrdan oshadi. Amudaryo o‘zani faqat O‘zbekiston hududidagina 1-2 kilometrga teng bo‘ladi. Sug‘oriladigan yaylov tuproqlari asosan Surxondaryo o‘zani tarkibiga kirib, Amudaryo vohasida sug‘oriladigan hududlar juda kam. Surxon-Sherobod vohasi bo‘ylab 7 ming gektar yaylovlar mavjud. 2 Surxon-Sherobod vohasida issiq iqlim davri uzoq davom etib, bu yerda eng issiqsevar ekinlar – paxta, xurmo, o‘rik, bodom, shaftoli, olma, behi, gilos, olcha, anjir, anor, uzum va boshqa mevalar yetishtiriladi. Sug‘orish tizimiga oid tarixiy va arxeologik manbalar ilmiy jihatdan o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, XX asr boshlarida vohadagi mavjud sug‘orish tizimiga oid tarixiy obidalar uch guruhni tashkil etadi. Bular: Termiz, Angor, Jarqo‘rg‘on tarixiy obidalaridir. Birinchi guruhga 5 kilometr maydonni pishiq g‘isht siniqlari, idish-tovoqlarning bo‘laklari bilan qoplagan qadimgi Termiz vayronalari kiradi. Amudaryoning tovatosh qirg‘og‘ida qad ko‘targan va uzunligi 250 sarjin, eni 120 sarjin, balandligi 3 sarjin bo‘lgan bu himoya qal’alarini imoratlar namunasi deb bilish mumkin.3 Termiz hududidagi boshqa xarobalar loy, devor va xom g‘ishtdan tiklangan qurilishlardan iborat bo‘lib, ularning juda ko‘pchiligi bu hududda aholi juda zich joylashganidan dalolat beradi. Ulardan eng ahamiyatlisi «Balandob» xarobasidir. Unda qadim kanalning 10 ta ariqqa bo‘lingan izlari bilinib turibdi. Bu esa «Balandob» kanalida suvni taqsimlaydigan qurilma (jihoz) bo‘lganligidan dalolat beradi.4 Ikkinchi guruhga Angor xarobalari kiradi. Unda Kaptarxona minorasi saqlanib qolgan. Minoraning chang bosgan yonbag‘irilaridan gumbazli darvozalar va alohida ustunlar ko‘rinib turadi. Uchinchi guruhga janubiy qishloq Jarqo‘rg‘on xarobalari kiradi. Ular orasida Minor deb nomlangan Jarqo‘rg‘on minorasi yaxshi saqlanib qolgan. Yuqorida sanab o‘tilgan xarobalardan tashqari, Surxon daryoning chap qirg‘og‘ida, ya’ni Amudaryo yaqinida bir qancha xarobalar mavjudki, ular Yangiariq qishlog‘i yerlari ham sug‘orilganidan dalolat berib turibdi. Sherobod vohasiga doim hayot baxshida etib kelgan To‘palangdaryo qirg‘og‘ida Sarijuya qishlog‘i joylashgan bo‘lib, u suvini doim Sangardak daryosidan olib, «osma quvur»lar orqali Surxon vohasining o‘ng qirg‘og‘ida qad ko‘tarib turgan tog‘ va daralar orasidagi tor yo‘laklar orqali Saujironsoy, Elbayonsoy, Oqqapchig‘aysoy va Bandixonsoy kabi daryolarga yetkazib bergan. Daradan o‘tgan «osma quvur»ning uzunligi 53 sarjindir. Jarqo‘rg‘on atrofida ariq ikkiga bo‘linib, Surxon qirg‘og‘i bo‘ylab Balandob orqali, Termiz hududini sug‘oradi, ikkinchi ariq esa Amudaryo qirg‘og‘ida joylashgan Maymuntepa tomon oqib, Angor hududida 20000 desyatina maydonni sug‘oradi. Bundan tashqari mana shu ariqdan Jarqo‘rg‘on yerlari va undan balandda joylashgan yerlar suv ichadi.5 Rossiya imperiyasi tomonidan rejalashtirilgan Zang kanalining loyihasi 120 chaqirim uzunlikda bo‘lib, vohada yirik sug‘orish tarmog‘ini shakllantirishga mo‘ljallangan edi. Ushbu Zang kanali qurilgach, yirik sug‘orish tarmog‘i paydo bo‘lib, yangi yerlarning sug‘orilishi tufayli 20000 xonadon, ya’ni 100000 odamni suv bilan ta’minlash imkoniyati paydo bo‘lardi. Biroq ushbu kanalning qurilishiga zarur mablag‘ va imkoniyatlarni yo‘qligi tufayli ushbu loyiha amal oshmay qoldi. Voha janubida soy va jilg‘alar ko‘proq uchraydi. Ayniqsa, vohaga tegishli Ko‘hitang tizmasining g‘arbiy tomonlari tog‘larning shimoliy yon bag‘irlaridan oqib tushgan suvlarning hammasi tog‘ oldi hududlarini sug‘orishga sarf bo‘ladi yoki yerosti suvlariga borib qo‘shiladi. Ma’lumki, soy va jilg‘alar yomg‘ir va qor suvlaridan to‘yinadi. Ularning suvi erta bahorda ko‘payadi, yozda deyarli qurib qoladi. Buloq suvlari esa yer osti suvlari hisobiga hosil bo‘ladi. Bu suvlardan kichik-kichik maydonlarni sug‘orishda va boshqa ehtiyojlarda foydalaniladi. Shuning uchun vohaning juda katta unumdor yerlarini sug‘orish uchun, yirik kanallar kerak edi. Surxon va Sherobod cho‘li o‘zining iqlimi, tuproq tuzilishi, gidrogeologik-meliorativ hamda xo‘jalik iqtisodiy jihatidan juda qulay bo‘lib, Sherobod daryosining quyi qismida o‘zlashtirilmagan yerlari ko‘p edi. Surxon-Sherobod yerlarini suv bilan ta’minlashda Amudaryo, Surxondaryo, Sheroboddaryolarining o‘rni alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu daryolar haqida quyidagi ma’lumotlarni qayd etish mumkin. Sharqiy Buxoro hududidagi iqtisodiy va madaniy hayotda, aholining turmush tarzida Amudaryoning ahamiyati nihoyatda katta bo‘lib, muhim ahamiyatga ega chegara qirg‘og‘i hamda harbiy ahamiyatga ega bo‘lgan strategik qal’a vazifasini ham o‘tagan. Amudaryoning ikki qirg‘og‘ida yashovchi va bir-biriga yaqin bo‘lgan qishloqlar Buxoro amirligining ma’muriy ehtiyojlarini qondirish maqsadida maxsus kechuv joylari bo‘lib, bu joylarda kichik qayiqlar xizmat qilgan. Amudaryo (boshlanish qismi Panj nomi bilan ataladi) ning eng yuqori boshlanish kechuvi Kalla-Buxora qishlog‘i nomi bilan atalib, kechuvning kengligi 60 sarjin (ya’ni uzunlik o‘lchovi) bo‘lib, daryoning tezligi sekundiga 12 futni (1 fut-31 sm) tashkil etadi. Daryoning tagi toshloq bo‘lib, piyodalarning kechuvi uchun qulay edi. Ushbu kechuv Afg‘onistonning Fayziobod va G‘arm o‘rtasidagi yo‘lda joylashgan bo‘lib, shu yo‘l orqali asosan savdo-sotiq uchun mahsulotlar olib o‘tilar edi. Ikkinchi kechuv Qal’a-i-Xum bo‘lib, bu kechuv Qal’a-i-Xum shahri qarshisida joylashgan. U Ko‘lob bilan Afg‘oniston o‘rtasidagi aloqa yo‘li hisoblanib, kechuvning eni 80 sarjinni, oqim tezligi esa sekundiga 11 futni tashkil etgan. Daryoning tubi toshloq bo‘lganligi uchun, savdo-sotiq ishlariga qulaylik yaratilgan bo‘lib, kechuvda gupsar (meshli) va kichik qayiqlardan foydalanar edilar. Bundan tashqari Shougon kechuvining eni 80 sarjin, Oqjar kechuvi kengligi esa 300 sarjin, oqim tezligi esa sekundiga 9 fut, Saroy kechuvi eni 400 sarjin, oqim tezligi esa sekundiga 8 fut edi. Bu kechuvdan Afg‘onistonning Xonobod, Tolixon, Xo‘ja Imom, Saibom va Buxoro amirligining sharqiy hududlari bo‘lgan Hisor va Qo‘rg‘ontepa shaharlari o‘rtasida savdo-sotiq ishlari olib borilar edi. Muhim harbiy strategik ahamiyatga ega bo‘lganligi tufayli Chor Rossiyasi Saroy kechuvida harbiy chegara posti hamda bojxona qurib, kechuvni o‘z nazoratiga olgan edi. Fayziobod kechuvida ham chegara posti o‘rnatildi. Bu kechuvning eni 1 chaqirim (1 chaqirim-1006 m), oqim tezligi esa sekundiga 7 futni tashkil qilardi. Qishloqlar kechuvdan 10 chaqirim uzoqlikda joylashgan edi. Qoravul-Tepa kechuvi Naychi qishlog‘i qarshisidagi chegarachilar posti yonida joylashgan bo‘lib, kechuvda asosan afg‘on qayiqchilari xizmat qilishardi. Kechuvda oqim tezligi sekundiga 7 fut bo‘lib, asosan Afg‘onistondan qo‘ylarni o‘tkazishga xizmat qilinar edi. Buxoro orqali olib o‘tiladigan savdo-sotiq mahsulotlari Afg‘onistonning Xo‘ja-Quvvat kechuvi, Vaxsh daryosining Amudaryoga quyilish joyidan 6 chaqirim pastdagi, Taxta-Quvvat chegara postiga yaqin joyda joylashtirilgan edi. Kechuvning eni 1 chaqirim, oqim tezligi esa sekundiga 7 futni tashkil qilgan. Daryoning tagi loyqa bo‘lib, kechuv qo‘y va qoramollarni o‘tkazishga xizmat qilar edi. Kechuv Afg‘onistonning Qunduz va Buxoroning Qobadiyon shaharlari o‘rtasida joylashgan edi.
Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling