1 – Мавзу Марказий Оси ёда кадимги ва илк урта асрларда ер сув муносабатлари


Tumanlar Tugatilishi lozim bo‘lgan xo‘jaliklar


Download 1.08 Mb.
bet23/43
Sana20.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1631478
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43
Bog'liq
Surxondaryoda Yer-suv munosabati lotin maruza 2023

Tumanlar

Tugatilishi lozim bo‘lgan xo‘jaliklar

Ularning qo‘lidagi yerlar



Yer olish normasi

Er oluvchi xo‘jaliklar soni

Yirik boylar

amaldorlar

ruhoniylar

savdogarlar

Sug‘oriladigan yerlar

Lalmi yerlar

Sug‘oriladigan yerlarda

Lalmi yerlarida

Pattakesar

9

2

5

4

333

-

3

-

111

Jarqo‘rg‘on

29

7

18

2

1188

-

3

-

475

Sherobod

19

10

17

3

604

33

3

15

244

Denov

76

27

18

4

2604

48

3-4

15

1035

Sariosiyo

267

40

8

2

5911

2994

4

15

1889

Boysun

24

35

23

9

1325

4154

3

9-15

852

Sariosiyoning
tog‘li qismi

4

7

2




9

692

3

9-15

61

Jami

428

128

91

24

11974

7921

-

-

4667

Arxiv hujjalarining ko‘rsatishicha, 1928-1929 yillarda okrug bo‘yicha jami 1335 ta sobiq amir amaldorlari, ruhoniylar va boy xo‘jaliklar tugatilgan, ularning egalari qatag‘on qilingan. Tazyiqqa uchragan 615 oilada 4306 kishi yashashi, 68 kishi chet elga ketganligi aniqlangan. Shu tariqa, 1928-1929 yillarda jabr chekkan yurtdoshlarimiz soni rasmiy ko‘rsatkichlardan 2,5 baravar ortiq bo‘lgani oydinlashadi. Ushbu jadvalda tugatilgan xo‘jaliklar haqida to‘liq ma’lumot beriladi.


Surxondaryo okrugida tugatilgan xo‘jaliklarning umumiy soni.
Tumanlar kesimida

Tumanlar

Ijtimoiy ahvoli

jami



ruhoniylar

Amir amaldorlari



boylar



savdogarlar

Pattakesar

22

13

49

86

170

Jarqo‘rg‘on

53

14

94

7

168

Sherobod

46

28

119

15

208

Boysun

35

39

30

13

117

Denov

124

107

249

16

496

Sariosiyo

34

60

76

6

176

Jami

314

261

617

143

1335

Yer-suv islohotining o‘tkazilishi natijasida o‘lkadagi qarshilik harakati to‘lqini pasaydi. Shu munosabat bilan 1929 yil 15 yanvarda Surxondaryo orug ijroiya qo‘mitasi katta Prezidiumining yig‘ilishida yirik yer egalari, sobiq amir amaldorlari, oliy ruhoniylar va savdogarlarning mehnatsiz xo‘jaliklarini tugatish bo‘yicha O‘zSSR MIQ ning 192-sonli dekretini amalga oshirishda ko‘rsatgan jonbozliklari uchun 85 kishi faxriy yorliqlar, ot, to‘n va boshqa turli sovg‘alar bilan mukofotlandilar2.
Yer-suv islohotlarining muhim natijalaridan biri bu O‘zbekistonda paxtachilikning rivojlanishi bo‘ldi. G‘o‘za maydonlarining umumiy miqdori 1924 yilgi 35% dan 1926 yilgi 62% gacha yetdi3. 1928 yilda Andijon okrugidagi paxta maydonlarining asosiy qismini kambag‘allar va o‘rtahollar ekishgan. Bunda 2,5 desyatinagacha yeri bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari barcha g‘o‘za maydonlarining 68,8% tashkil etgan1.
Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo okruglarida uncha katta bo‘lmagan boy xo‘jaliklaridan yerlar tortib olinmagan. Aholisi zich bo‘lgan hududlarda 20 gektardan ortiq sug‘orma va 45 gektardan ortiq lalmi yeri bo‘lgan xo‘jaliklar to‘liq tugatilgan. Yeri bilan birga ish hayvonlari, asbob-uskunalar va xo‘jalik binolari musodara qilingan. Qorako‘lchi- chorvadorlarga xo‘jaliklarini yuritish uchun zarur bo‘lgan miqdordagi yer maydoni qoldirilgan2. Ammo bu imtiyozlar vaqtinchalik edi. Bu bir tomondan ichki siyosiy vaziyat bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan qorako‘lchilik sohasini saqlab qolish maqsadida qilingan edi.
Islohotlar natijasida Farg‘ona, Toshkent, Samarqand va Buxoro oblastlarida 66 ming yersiz va oz yerli xo‘jaliklar 270 ming gektar sug‘orma yerdan olishga erishdilar. Ushbu yerlarning 52 ming gektari 1925- 1927 yillarda davlat yer fondlari hisobidan yangi o‘zlashtirilgan yerlar tashkil qildi3. Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm okruglarida 13 ming kambag‘al xo‘jalik 44 ming gektar sug‘oriladigan yerni olgan. Jumladan, Surxondaryo okrugida 11 ming gektar yog‘ingarchiligi yaxshi bo‘lgan 11 ming gektar lalmi yer musodara qilingan4. O‘zbekiston bo‘yicha 1925-1929 yillarda jami 80 ming xo‘jalik 314 ming gektar suvlanadigan va unumdor yer olgan. Bu barcha xo‘jaliklarning 10 foizini tashkil qiladi.
14-mavzu. Aholini ko‘chirish siyosati va uning natijalari. (2-soat).
Reja:

  1. Aholini ko‘chirish siyosati va uning natijalari;

  2. Mulkdorlarni qatag‘on qilish siyosati

  3. Kolxoz va savxozlarning tashkil etilishi;

Asosiy adabiyotlar :

  1. S. N. Tursunov Surxondaryo etnografiyasi . o’quv qo’llanma. Toshkent , tafakkur , 2020 yil

  2. Tursunov S.N. T. Pardayev . Surxondaryo – etnografik makon. Toshkent . 2012 .akademik nashriyoti

  3. Tursunov S.N. T. Pardayev G. Ahmedova O’zbekiston janubiy hududlarIda madaniy va amaliy sa’nat yodgorliklari tarixi Toshkent ,2012 Akademik nashriyoti

  4. E Qobulov E.A. Surxon vohasi xo‘jaligi, - T. “Sharq.” 2012

Sovet hukumati Surxondaryoda paxta yakkahokimligini o‘rnatish uchun hamma imkoniyatlarni ishga soldi. Bunda voha tuprog‘ining hosildorligi, o‘zlashtirilmagan yerlarning ko‘pligi, qulay suv ta’minoti, eng muhimi, mo‘tadil iqlimi sababli paxtani boshqa mintaqalardan ko‘ra ancha erta yetilishi hisobga olindi. Ammo vohada paxtachilikni rivojlantirish yo‘lidagi eng katta muammo – ishchi kuchining yetishmasligi edi. Qolaversa, vohaning janubiy va tog‘li hududlaridagi o‘troq va yarim o‘troq aholisidan tashqari, cho‘l va dashtda yashovchi ko‘chmanchi aholisi paxtachilik tajribasiga ega emas edi. Shu sabab, yangi o‘zlashtirilayotgan paxtachilik rayonlariga viloyatning tog‘li hududlari hamda Farg‘ona vodiysidan paxta «usta»larini ko‘chirib kelish siyosati qo‘llanildi.


O‘zbekistonda aholini ko‘chirish jarayoni yer-suv islohoti bilan deyarli bir vaqtda boshlandi. Uning birinchi bosqichi 1926-1929 yillarda o‘tkazilib, asosan tumanlar, viloyatlar va respublika miqyosida aholi ko‘chirilgan. Bu davrda ko‘chirish tadbirlarining ko‘lami nisbatan kichik bo‘lgan, bor-yo‘g‘i 8047 xo‘jalik o‘zlari yashaydigan okruglar ichkarisidagi o‘zlashtirilmagan hududlarga ko‘chirilgan. Bundan tashqari, aholisi zich bo‘lgan Farg‘ona vodiysi aholisi Tojikiston ASSRdagi Vaxsh vodiysi, Hisor va Ko‘lob viloyatlariga ko‘chirilgan2. Bu davrda Tojikiston ASSR O‘zbekiston tarkibidagi muxtor respublika bo‘lganligi uchun ham ichki migratsiya jarayonida ishtirok etgan.
Denov tumanidagi unumdor yerlarda paxtachilikni rivojlantirish maqsadida artellar tuzishga kirishildi. Chunonchi, hukumat topshirig‘iga binoan, 1926 yili Sherobod tumanidagi bir guruh yoshlar – Ismoil Murodov boshchiligida Denovga borib, Xayrabod, Bo‘gajil, Shamolli qishloqlarida ziroatchilik artelini tuzishdi. Unga «Sherjon» deb nom berishdi. Ismoil Murodov artelga rais, tallimaronlik Normurod Chuvaev o‘rinbosar bo‘ldi. Artelda ular bilan birga, kampirtepalik Choriev, xataklik Odina Allaev, To‘xtar Mahmudov, Bo‘ri Yo‘ldoshev, Tursun Rasulov, aka-ukalar Bozor, Bolli, Mardon Uzoqovlar ham bor edi. Artel oyoqqa turganidan so‘ng ishni mahalliy aholiga topshirib, 1929 yilda o‘z qishloqlariga qaytib ketishadi1.
Pattakesar rayoni Garm-1 yer bo‘limidan Denov rayoni Xayrabod yer bo‘limiga 20 xo‘jalik, shu jumladan, 57 kishi ko‘chirilgan. Ular bilan birga 5 ta ot, 3 ta eshak, 1 ta sigir bo‘lgan. Xuddi shu rayonning Garm-2 yer bo‘limidan Denov rayoni Xayrabod yer bo‘limiga 19 xo‘jalik, 66 jon ko‘chirilgan. Ularning qo‘lida 3 ta ot, 6 ta eshak bo‘lgan.
Bundan tashqari, Denov tumanida «Qizil O‘zbekiston», «Qizil omoch», «Kampirtepa», «Yangi Namuna» kabi artellar ochildi. Biroq ularni yuritish oson kechmadi. Negaki, unda ishlovchi kishilar 1927 yilda Zarabog‘, Qorabog‘, Poshxurd, Sherjon va Kampirtepa qishloqlaridan majburan Denovga ko‘chirib yuborilgan dehqonlar edi. Ko‘chkindilar uchun hech qanday sharoit yaratilmaganligi, og‘ir turmush va mehnat qiyinchiliklari oqibatida ularning bir qismi 1929 yilning bahorida qochishga majbur bo‘lishdi. Qochoqlardan 36 nafari qo‘lga olinib, huquqlardan mahrum qilingan va yana Denovga qaytarib yuborilgan4.
Aholini ko‘chirish kampaniyasining ikkinchi bosqichi hisoblangan 1929-1932 yillarda Andijon, Farg‘ona, Toshkent okruglarining yigirma
mingga yaqin xo‘jalik aholisi Samarqand, Buxoro, Toshkent, Surxondaryo okruglaridagi o‘zlashtirilmagan hududlarga ko‘chirildi1. Aholini ko‘chirish siyosatida respublika tashqarisiga ko‘chirishlar ham alohida o‘rin tutadi. 1930 yili 510 xo‘jalik (1530 kishi) Andijon okrugidan Kavkaz ortiga ko‘chirilgan2. Birinchi besh yillik mobaynida 7312 xo‘jalik Farg‘ona vodiysi okruglaridan Tojikiston SSRga ko‘chirilgan. Farg‘ona vodiysi dehqonlarining ko‘chirilishi demografik keskinlikni yumshatish bilan birga ularning paxtachilik sohasidagi tajribasini boshqa hududlarga yoyishda qo‘l keldi.
Aholini ko‘chirishda qishloq hududlaridan tashqari shahar joylardan ham saralangan. Lekin baribir asosiy ko‘pchilikni dehkonlar tashkil qilgan. Ko‘chirishning ilk yillarda yakka xo‘jaliklar ko‘chirilgan, ammo keyinchalik dehqonlarning tabiiy ravishda o‘z oilasi bag‘riga intilishi umumiy ishga halaqit beradi, deb oilaviy tarzda ko‘chirishlarga o‘tilgan. Ko‘chirish fondlarida asosiy ishchi kuchi erkaklar hisoblansa-da, lekin ayollar ham uy yumushlaridan tashqari dalada mehnat qilganlar. «Meros» ilmiy-amaliy ekspeditsiyasi tarkibida viloyatlarga qilingan safar chog‘ida aholini ko‘chirish siyosati ishtirokchilaridan to‘qayzorlar, dasht yerlarni o‘zlashtirishda ayollarning ham erkaklar bilan bab-baravar dalada mehnat qilganliklari to‘g‘risida yozib olingan xotiralari diqqatga sazovordir.
Ko‘chirilganlarning ijtimoiy tarkibi turlicha bo‘lgan, biroq ularning asosiy qismi yersiz, kambag‘al xo‘jaliklar edi. Buning o‘z sabablari bo‘lgan. Avvalambor, markscha-lenincha sinfiylik nazariyasiga ko‘ra yer birinchi navbatda kambag‘allarga berilgan. Ikkinchidan, ko‘chirish siyosati yer taqchilligi muammosini hal etishga qaratilgan bo‘lib, unda yersiz yoki kam yerli odamlargina ko‘chirilgan. Kamdan-kam hollarda boy- quloq xo‘jaliklar majburiy tartibda ko‘chirilgan. Ba’zan, aholini
ko‘chirish boy-quloq xo‘jaliklar, siyosiy huquqdan mahrum etilganlar, umuman hukumatning «qora ro‘yxatiga» tushganlar uchun jon saqlash imkonini bergan. Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Farg‘ona qishlog‘ida yashovchi 1920 yilda tug‘ilgan Mamajonov Muhammadiso ota shunday ma’lumot beradi: «Bu yerga Rishtondan ota-onam, ikkita akam, men, bitta ukam 1930 yillarda ko‘chib kelganmiz. Dadam avval brigadir edi. O‘sha kezlarda bug‘doy o‘rniga paxta ekasizlar degan gap chiqqanida, bug‘doy yerida paxta bo‘lmaydi degani uchun bir yilga qamaladi. Ko‘rpa-gilamlarimizni
«obiska» («opis» – ro‘yxat) qilib tortib olishdi va kim oshdi savdosiga qo‘yishdi, yerimiz ham musodara bo‘ldi. Dadam qaytgach, qo‘shnimizning uyida yotib yurdik. Bir «komsomol» degan odam bor ekan: «Quloqqa joy bersang quloq bo‘lasan»,- dedi. Uy egasi majbur bo‘lib bizni haydadi, molxona, otxonalarni oqlab tozalab o‘tirdik, choyxona, machitlarning burchaklarida yashadik. Qo‘nim topmadik, Oxiri ro‘yxatga olish boshlanib, dadam bilan akam ro‘yxatga yozildi, orqasidan jo‘na-jo‘na boshlandi. Nima qilamiz, uyimiz yo‘q. Shu taxlitda 11 xo‘jalikni «paxta ustasi» bo‘lasizlar deb, qizil vagonga urib shu yerga olib keldilar»1.
Aholini ko‘chirish siyosati o‘zbeklarnigina emas, balki, boshqa millat vakillarini ham o‘z girdobiga tortgan. 1929-34 yillarda 6312 nafar boshqa millat vakillari ko‘chirilgan2. Qirg‘iz, qozoq, turkmanlarning ko‘chmanchi qismini ham o‘troqlashtirish bahonasida o‘zlashtirilmagan hududlarga ko‘chirilgan. Yahudiylarni ko‘chirish siyosatiga tortish masalasi ham alohida ko‘rib chiqilgan. O‘sha vaqtga qadar tirikchilik manbai mayda hunarmandchilik yoki savdo-sotiq bo‘lgan yahudiylar dexqonchilik bilan shug‘ullanishga majbur qilingan. Aholini ko‘chirish kampaniyasining ikkinchi bosqichida 1061 ta yahudiy xo‘jaliklari ko‘chirilgan3. Bundan tashqari, paxtachilik ilmi bilan deyarli tanish bo‘lmagan ruslar, polyaklar, nemislar va boshqa millatlar ham ko‘chirish siyosatiga
tortilgan. Bu hukumatning milliy siyosatda namoyon bo‘lgan zo‘ravonligining o‘zginasi edi.
Surxon vohasiga ko‘chirib keltirilgan aholi jamoalashtirish siyosatidan chetda qolmadilar. Kolxozlashtirishda raqamlar ketidan quvish ko‘chirish fondlaridagi xo‘jaliklarni ham yoppasiga kollektivlashtirishni taqozo etgan1. Lekin ko‘chirish fondlaridagi kolxozlarning ko‘pchiligida ichki ahvol yomon edi. Ko‘chirilganlarning mehnat faoliyati qiyinchiliklar bilan kechgan. Ko‘chirish fondlari uchun ajratilgan yerlarning aksariyati dehqonchilik uchun yaroqsiz bo‘lgan. Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Farg‘ona qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi 102 yoshli Holiqov Abdurahmon otaning guvohlik berishicha, o‘sha yillarda vodiyliklar ko‘chirib keltirilgan joylar to‘qayzor va botqoqliklardan, odam bo‘yidan baland qamishzor va yantoqzorlardan iborat bo‘lgan. To‘ng‘izlar, tulkilar, chiyabo‘rilar odamlar yaqinida bemalol yuravergan. Bundan tashqari, mehnat faoliyati uchun zarur ish qurollari, ish hayvonlari, urug‘lik yetishmas, agronom xizmati yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan, texnika bilan ham deyarli ta’minlanmagan edi. Shunga qaramay, ko‘chirilganlar yerlarni o‘zlashtira oldilar. Bunga og‘ir qo‘l mehnati evaziga erishilgan2.
Ko‘chirilganlar ajratilgan yerning sifatiga qarab bir yildan 8 yilgacha yagona qishloq xo‘jaligi solig‘idan, sug‘urta va go‘sht solig‘idan, davlatga don, kartoshka, sut, jun topshirish majburiyatidan ozod etilganlar. Ular temir yo‘l bo‘ylab manzilgacha yo‘l kiraning faqat 25 foizini to‘laganlar, 10 yoshgacha bolalar esa bepul ketgan.3 Ko‘chirilganlarga uy-joy, xo‘jalik inshootlari, ko‘chirish fondlarida yo‘l va ko‘priklar, kechuv joylari, hovuz va quduqlar, kanallar qurilishi uchun hamda ish hayvoni, o‘g‘it, yem-xashak, urug‘lik uchun mablag‘ berilishi lozim
bo‘lgan1. Ammo buni hukumat o‘sha davrda to‘la amalga oshira olmagan. Ko‘chishga ruxsat berilgan oz sonli boy-quloq xo‘jaliklar uchun temir yo‘l bo‘ylab imtiyozli asosda ketishdan boshqa hech qanday imtiyozlar belgilanmagan.
Yangi yerlarda turar joy tanqisligi muammosi o‘tkir bo‘lgan. Ko‘chirilganlarning katta qismi uzoq yillar kapalar, chodirlar, qamish chaylalar, yerto‘lalarda yashaganlar2. Ko‘chirilganlar uchun bir oyga oila boshlig‘iga: 1 kg yog‘, 800 gramm shakar, 75 gramm quruq choy, 1kg sovun, qaramog‘idagilarga: 55 gramm yog‘, 200 gramm shakar, 75 gramm choy belgilangan. Ammo 1932-1933 yillardagi ocharchilik davrida bunga hamma vaqt ham amal qilinaverilmagan3. Ko‘chirilganlarning kolxozlarida maktablar yetishmagan, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi ham past bo‘lgan. 1931 yili eski Buxoro rayonida bezgak xuruj qilganida unga qarshi kurash olib borilmaganligi tufayli 430 xo‘jalikdan 270 tasi qochib ketgan. Umuman, ko‘chirilganlarning katta qismi qiyinchiliklarga dosh bera olmay avvalgi yashash joylariga qaytganlar. Bunday holatga nisbatan hujjatlarda «orqaga qaytishlar» degan ibora ishlatiladi. Orqaga qaytishlarning sabablari sifatida ko‘chirilganlar tarkibiga sinfiy yot unsurlarning aralashib qolganligi, tashkiliy ishlarning, oziq-ovqat va sanoat mollari bilan ta’minlanishning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi, kreditlarning yetarli emasligi, ko‘chirish fondlarida tuproq holati hamda iqtisodiy shart-sharoitlarning noqulayligi va boshqa sabablar ko‘rsatilgan4.
Orqaga qaytganlarga qarshi hukumat izchil kurash olib borgan. Ularga nisbatan barcha qarzlarni undirib olish kabi iqtisodiy va ma’muriy hamda inventar-kolxoz mulkini o‘g‘irlaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortish kabi choralar qo‘llanilgan. Quyida ana shunday yurtdoshlarimiz to‘g‘risida ma’lumot beramiz.
Toshxo‘ja Tillaxo‘jaev- 1929 yil 21 aprelida Denovdagi Zelenskiy nomli kolxozdan qochib ketayotganda qo‘lga tushgan farg‘onalik ko‘chiriluvchi. Uni dangasa va millatchi sifatida ayblashgan. Uning ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atib, hammaning oldida sud qilish talab qilingan1.
Lekin qanday usullar bilan kurash olib borilmasin, baribir orqaga qaytish surunkali davom etavergan. Birinchi besh yillikning o‘zida ko‘chirilgan 19465 xo‘jalikdan 12176 tasi (65 foizi) avvalgi yashash joylariga qaytgan, bor-yo‘g‘i 6485 (35 foiz) xo‘jalik o‘rnashib qolgan2. Orqaga qaytishlarning ko‘lami aholini ko‘chirish siyosatining barbod bo‘lganligidan dalolat beradi. To‘g‘ri, birinchi besh yillikda paxta mustaqilligiga erishildi, lekin bunga faqat aholini ko‘chirish siyosati orqali erishilmagan. O‘sha davrda O‘zbekiston yetishtirgan paxtaning asosiy qismini ko‘chirish fondlari emas, balki boshqa qadimiy paxtakor hududlar yetkazib bergan.
Shunga qaramay, Farg‘ona vodiysidan aholining ko‘chirilishi ma’lum bir ijobiy natija ham berdi. Denov, Termiz, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi tumanlarida ko‘chirilganlar mislsiz mehnat namunalarini namoyish etib paxta etishtirishni avj oldirganlar. Viloyatda paxtachilik tarmog‘ini rivojlantirishda o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Sovet rejimi Surxon vohasiga boshqa viloyatlardan aholini ko‘chirish siyosati barbod bo‘lganligini anglab yetgach, e’tiborni vohaning mahalliy aholisiga qaratadi. Shu yillarda o‘troq aholisining asosiy qismi tog‘li hududlarda yashaganligi bois, paxtachilikni tog‘ zonasida ham rivojlantirish yo‘lga qo‘yiladi. Ayniqsa, Sherobod tumanidagi tog‘li qishloqlar umid bag‘ishlar edi. Sababi, bu hududlarda paxtachilik uchun qulay bo‘lgan sersuv daryolar, unumdor tuproq va mo‘tadil iqlim mavjud edi. Qolaversa, hududning mahalliy aholisi qadimdan boshlab tog‘ vodiylarida paxtachilik bilan shug‘ullanib kelar edi. Tog‘qishloqlarining eng katta muammosi, sug‘oriladigan yerlarning kamligi edi. Shuning uchun ham, sovet hukumati tog‘li zonadagi paxta yetishtiruvchi qishloqlar aholisini Amudaryo va Surxon daryosi bo‘yidagi kolxozlarga ko‘chirishni rag‘batlantirdi. O‘z ixtiyori bilan paxtakor rayonlarga ko‘chib kelgan quloq xo‘jaliklariga teginilmadi. Hatto, ularning tezroq ko‘chib o‘tishlari uchun qishloqlarda quloqlashtirish kampaniyasini biroz kechiktirib turishdi.
Xususan, 1930 yili Sherobod tumanidagi «Qizil karvon» kolxozining raisi Eshmurod Rahmonov va Bedak qishloq kengashining raisi Boymanov Oymat kechasi yirik tadbirkor, usta So‘xman Boymanovning uyiga kelib, shu kechasi ketishi lozimligi, aks holda ertalab hukumat vakillari kelib uni quloq qilishlarini aytadi. Uning jo‘nashi uchun «tirikchilik qilolmay ketishga majbur bo‘ldi» degan ma’lumotnoma yozib beradilar. O‘sha kechasi usta So‘xman butun g‘allasini kambag‘allarga tarqatib, do‘koni, chorvasi va bog‘ini kolxozga topshirib, o‘zi Termiz tumanidagi «Namuna» jamoa xo‘jaligiga jo‘naydi. Bu yerdagi kolxozda yaxshi mehnat qilib obro‘ topadi1.
Olib borilgan targ‘ibot ishlari tufayli 1929-32 yillarda birgina Sherobod tumani Xatak qishloq kengashidan 50 xo‘jalik O‘zbekiston SSR tarkibidagi Tojikiston ASSRning Qo‘rg‘ontepa viloyati, Qabodiyon tumaniga, 30 xo‘jalik Termiz tumanidagi Namuna kolxoziga o‘z ixtiyorlari bilan ko‘chib kelishadi2.
Xatak qishloq kengashidagi aholining ko‘chishi bundan keyin ham davom etdi. 1936 yilgi qurg‘oqchilik oqibatida qishloq kengashi tarkibidagi Kalapo‘shqiya, Nurali, Chohak, Tangidevon, Chinor, Toshlik yurt, Zarautsoy va Xo‘janqon qishloqlari aholisining katta qismi pastga ko‘chadi. Chohak qishlog‘i aholisi Termiz tumani, Namuna kolxozidagi
«Partizan», «Pravda» uchastkalariga, Zarautsoy aholisi Qumqo‘rg‘on tumaniga, Tangidevon va qisman Xatak aholisi Angor tumanidagi Zartepa
shimolidagi Xo‘ja Ro‘shnoyi maqbarasi atrofiga, yana bir qism aholi Jarqo‘rg‘onga ko‘chib kelishgan1.
Aholini ixtiyoriy ravishda yangi paxtakor rayonlarga ko‘chirish uchun vohadagi kolxoz va sovxozlarning moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash lozim edi. Buning uchun davlat tomonidan muayyan ishlar amalga oshirildi.
1930 yil 1 yanvar holati bo‘yicha, Surxondaryo okrugida 6709 xo‘jalikni birlashtirgan 251 ta kolxoz bor edi. Yil yakuniga ko‘ra viloyatda 23650 dehqon xo‘jaligini birlashtirgan 261 ta kolxoz bo‘lgan, mavjud kolxozlarning 250 tasi o‘sha yilda tashkil etilgan edi. Jumladan, Sherobod tumanida 24 ta kolxoz, Boysunda 58 ta, Sariosiyoda 70 ta, Denovda 44 ta kolxoz tashkil qilingan edi2.
1930-1933 yillarda tashkil topgan kolxozlar nihoyatda kam quvvat hamda iqtisodiy ta’minoti past edi.3 1933 yilga kelganda kolxozlarning soni ko‘payib, umumiy ko‘rsatkichlari ham ancha yaxshilandi. Ko‘plab jamoa xo‘jaliklari tashkil topgan dastlabki yillardanoq o‘zlariga belgilab berilgan reja va topshiriqlarni oshirib bajardilar. 1932 yili Denov tumanidagi Madaniyat jamoa xo‘jaligi paxta sotish rejasini 168,3 % ga bajarib, 160 gektar paxta maydonining har gektaridan 16,5 sentnerdan hosil to‘pladi. Xo‘jaliklarning iqtisodiy ahvoli yaxshilanib borishi tufayli yangi yerlar o‘zlashtirildi, sug‘orish tizimlari birmuncha mustahkamlandi.
Ikkinchi jahon urushdan keyingi yillarda tog‘li hududlarda paxtachilikni rivojlantirish istiqbollari past ekanligini hisobga olgan sovet hukumati tog‘ kolxozlari aholisini Angor, Jarqo‘rg‘on, Termiz va Sherobodning yangi o‘zlashtirilgan yerlariga ko‘chirishga alohida e’tibor qaratdi. Aholi xuddi oldingidek, «orqaga qaytib ketmasligi» uchun yoppasiga ko‘chirishga qaror qilindi. Bu bilan hududdagi asriy
bog‘dorchilik va chorvachilik an’analariga jiddiy putur yetkazildi. 1949 yilning 3 martida Sherobod tumani ijroiya qo‘mitasi «Tallimaron dashtlarini o‘zlashtirish va qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Mazkur qarorga binoan tog‘ zonasidagi Qizilolma, Sherjon, Vandob, Tangidevon, Xatak, Laylagan, Qorabog‘, Poshxurt qishloqlari va pastki zonalardan Oqjar, Navbog‘, Gilambob, Xo‘jaqiya va boshqa qishloqlarning aholisi Surxondaryo viloyatining Sherobod va Jarqo‘rg‘on tumanlari hududlarida yangi tashkil qilingan sovxoz va kolxozlarga ko‘chirish uchun jalb qilingan.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling