1 – Мавзу Марказий Оси ёда кадимги ва илк урта асрларда ер сув муносабатлари


-mavzu: Surxon vohasida yer-suv islohotlariga tayyorgarlik ko‘rilish va uning huquqiy asoslari; (2 soat)


Download 1.08 Mb.
bet19/43
Sana20.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1631478
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43
Bog'liq
Surxondaryoda Yer-suv munosabati lotin maruza 2023

10-mavzu: Surxon vohasida yer-suv islohotlariga tayyorgarlik ko‘rilish va uning huquqiy asoslari; (2 soat)
Reja:

  1. Birinchi jahon urushidan keyingi yillardagi iqtisodiy vaziyat;

  2. Sovet hokimyatining yer-suvdan foydalanish tartiblarini o’zgartirish bo’yicha qaror va nizomlari;

  3. “Harbiy kommunizm” siyosati;



Asosiy adabiyotlar

  1. Aminova R.G. Kollektivlashtirish qashshoqlashtirish demakdir. «Sharq yulduzi», 1992, 12- son.

  2. Muhammadjonov A. O`zbekistonning qadimgi gidrotexnika inshootlari. -T., «O`z-n». 1997.

  3. Ochilov N. Selivanova T. Suv va mehnat tufayli. Fan va turmush. 1984. 8 son. 8-b

  4. Xasanov R. Yer islohoti: imkoniyat va istiqlol. «Muloqot». 1991. 8-son, 3-6 b.

  5. http: // English-www.hss.cmu.edu/history/.

  6. http: // www.ukans.edu/history/VL/

  7. www. history.ru

  8. http.//library.byu.edu/-rdh/euridocs

  9. http://history.hanover.edu/texts.htm

Birinchi jahon urushi Rossiya imperiyasining ahvolini yanada og‘irlashtirdi. Ishchilarning asosiy qismi frontga safarbar etishilishi oqibatida ko‘mir shaxtalarida ishlovchilar soni ancha qisqargan, bu esa mamlakatda toshko‘mir taqchilligini keltirib chiqargan edi. Shunday sharoitda temir yo‘l transporti yaxshi ishlamas, sanoat va aholi uchun zarur bo‘lgan toshko‘mir, neft, g‘alla bilan ta’minlash qiyinlashgan edi. Ayni paytda urush rus kapitalistlarining daromadini yanada oshirdi. Sanoat egalari urush uchun kerakli bo‘lgan qurol-yarog‘, o‘q-dori, kiyim- kechak va boshqa anjomlarni qimmatga sotish orqali juda katta foyda ko‘rgan edilar. Rossiyaning chet el kapitaliga qaramligi ham ortib bordi. Shaharlarni non bilan ta’minlash tobora qiyinlashib borar, podsho hukumati tang vaziyatni o‘nglashga ojiz bo‘lib qolgan edi. Bularning barchasi aholining noroziligini keskin kuchaytirib bordi.
Murakkab iqtisodiy va siyosiy ahvol frontga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Armiya ta’minotidagi uzilishlar, podsho generallarining layoqatsizligi, frontdagi muvaffaqiyatsizliklar qo‘shin ichida inqilobiy harakatlarni keltirib chiqardi. Davlat Dumasi deputatlari, Romanovlar sulolasining mashhur vakillari, yirik pomeshchiklar va oliy harbiy zobitlar o‘rtasida podshoni almashtirish g‘oyasi vujudga keldi. Podshoni ag‘darish uchun qulay fursat ham yetib keldi. 1917 yil fevral oyida Petrogradda sodir bo‘lgan “non qo‘zg‘olonlari” inqilobiy harakatga aylanib ketdi. Hukumat kuchlari qo‘zg‘olonchilar tomoniga o‘tib ketdi1. Natijada 1917 yil 27 fevral kuni shahar to‘lig‘icha inqilobchilar qo‘liga o‘tdi va Petrograd ishchi deputatlari Soveti tuzildi2.
Mavjud vaziyatda IV Davlat Dumasi deputatlari Petrograd ishchi deputatlari Soveti bilan kelishgan holda Muvaqqat komitetni tuzishga majbur bo‘ldi. 1917 yil 1 mart kuni Petrograd ishchi deputatlari Soveti o‘zini Petrograd ishchi va soldat deputatlari Soveti deb o‘zgartirdi va Muvaqqat komitetga hukumat tuzish vakolatini berdi. Ertasi kuni, ya’ni 2
(15) martda Nikolay II ni taxtdan voz kechdi. Hokimiyat rasman Muvaqqat hukumat qo‘liga o‘tdi. Shu tariqa Rossiyada qo‘sh hokimiyatchilik yuzaga keldi. Bir tomondan rasmiy Muvaqqat hukumat, ikkinchi tomondan noramiy Petrograd ishchi va soldat deputatlari Soveti edi.
Ammo Rossiyada qo‘shhokimiyatchilik uzoqqa cho‘zilmadi. Sovetlar bilan Muvaqqat hukumat o‘rtasidagi kelishmovchiliklar yangi inqilobga sabab bo‘ldi. V.I.Lenin bosh bo‘lgan bolsheviklar partiyasi ishchilar va soldatlarni o‘z tomoniga og‘dirib, 1917 yil 25 oktyabrda Muvaqqat hukumatni ag‘daradi va hokimiyatni o‘z qo‘liga oladi. Bolsheviklar hokimiyatni egallar ekan, dehqonlarni ham o‘z tomoniga og‘dirib olishga intilishdi. Shu maqsadda 1917 yil 26 oktyabr (yangi kalendar bo‘yicha 8 noyabr) kuni kechasi soat ikkida Butunrossiya sovetlarining II s’ezdi Sovet davlatining birinchi huquqiy hujjati – “Er to‘g‘risidagi dekret”ni qabul qiladi. Unga ko‘ra, pomeshchiklarning yer- mulki hech qanday to‘lovsiz zudlik bilan bekor qilinadi. Pomeshchiklarning mulklari ichidagi barcha jihozlari va imoratlari bilan birga to Ta’sis s’ezdi chaqirilgunga qadar volostlarning yer Komitetlari hamda uezd Qishloq deputatlari Sovetiga berildi. Yerni yollanma ishchi kuchi yordamida ishlatish ta’qiqlab qo‘yildi. Musodara qilinadigan mulk xalqqa tegishli bo‘lgani uchun unga teginish og‘ir jinoyat sanalib, inqilobiy sud tomonidan jazolanishi belgilandi. Oddiy dehqonlar va kazaklarning yerlari musodara qilinmasligi alohida qayd qilib qo‘yildi1.
Yangi hokimiyatning yerga bo‘lgan munosabati 1918 yil 9 fevralda Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan “Erni sotsiallashtirish to‘g‘risida”gi Asosiy qonunida yanada aniqroq ko‘rsatildi. Qonunning 1 bo‘limiga asosan Rossiya Sovet Federativ Respublikasi hududidagi barcha xususiy mulklar butunlay tugatildi. Yer biron-bir to‘lovsiz to‘liq mehnatkash xalq ixtiyoriga o‘tkazildi. Yerdan faqat uni o‘z mehnati bilan ishlaydigan kishilargina foydalanadigan bo‘ldi. Yerdan foydalanish huquqi jinsi, millati, fuqaroligi va dinidan qat’iy nazar barchaga teng qilib qo‘yildi. Ushbu qonun natijasida yerlar tortib olinadigan hududda yashovchi ishga yaroqsiz kishilarga soldat pensiyasi miqdorida pensiya olish huquqi berildi. Har bir qishloq mehnatkashi yong‘indan, hosilsizlikdan, chorvaning qirilishidan va boshqa ofatlardan sovet sug‘urtasi asosida sug‘urtalash belgilab qo‘yildi. Olingan ortiqcha daromad Sovet hokimiyati organlariga o‘tadigan bo‘ldi. Qishloq xo‘jalik mashinalari, urug‘lik, g‘alla, ichki va tashqi savdo ustidan davlat monopoliyasi o‘rnatildi2.
Qonunning 4-bo‘limi 14-moddasida 12 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qizlar,
60 yoshdan katta erkaklar va 50 dan oshgan xotinlar ishga yaroqsiz deb hisoblandi. Shu bilan birga, odamlarning mehnatga yaroqligi quyidagi norma bilan belgilandi:
18-60 yoshdagi erkaklar – 1 ishchi kuchi; 18-50 yoshdagi xotin-qizlar – 0,8 ishchi kuchi; 12-16 yoshdagi o‘g‘il-qizlar – 0,5 ishchi kuchi; 16-18 yoshdagi o‘g‘il bolalar – 0,75 ishchi kuchi; 16-18 yoshdagi qiz bolalar – 0,6 ishchi kuchi1.
Bundan tashqari, qonunning 35-moddasida sovet hokimiyati yerga jamoa bo‘lib ishlaydigan mehnat kommunalari, artel va shirkat xo‘jaliklarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini, qishloqda yolg‘iz xo‘jaliklarga o‘rin bo‘lmasligini ko‘rsatib qo‘ygan edi2.
“Er to‘g‘risidagi dekret” va “Erni sotsiallashtirish to‘g‘risida”gi qonun amalda butun yerni Sovet hokimiyati qo‘liga berdi va qishloq xo‘jaligini sotsialistik ukladga o‘tkazishga asos bo‘ldi. 1918 yil 12 yanvarda Turkiston Xalq Komissarlari Soveti paxta tayyorlash, uni sotish va sotib olish ustidan davlat nazorati xususida dekret chiqardi. 1918 yilning bahorida sovet davlati o‘lkadagi barcha paxta tozalash va yog‘-moy korxonalarini musodara qildi. Musodara jarayonida chet el va rus kapitali ishtirokidagi 30 dan ortiq paxta firmasi tugatildi. Bu korxonalar Turkistondagi jami paxta tozalash sanoatining 90% ga yaqinini tashkil qilar edi3. Musodara qilinib, davlat tasarrufiga o‘tgan korxonalarning mol-mulklari tashib ketildi va yaroqsiz holga keltirildi. Undagi ishchilar ishsiz qolishdi. Bu siyosat aholini bir- biriga qarama-qarshi qo‘yib, oqibatda fuqarolar urushi alanga olishiga, minglab begunoh aholi qirilib ketishga imkoniyat yaratdi.
Urush sharoitida shaharliklar, sanoat korxonalari ishchilari va qo‘shinni oziq-ovqat bilan ta’minlash qiyinlashib qoldi. Shu sabab sovet hukumati shoshilinch choralar ko‘rishga majbur bo‘ldi. Bu tarixda “harbiy kommunizm” va “oziq-ovqat razvyorstkasi” deb nom oldi. “Harbiy kommunizm” – Sovet davlatining 1918-1921 yillarda yuritgan ichki siyosatiga nisbatan ataladi. Uning mohiyatini sanoat korxonalarini to‘liq milliylashtirish, iqtisodiyotning o‘ta markazlashtirilishi, qishloq xo‘jalik mahsulotlariga davlat monopoliyasini o‘rnatilishi, oziq-ovqat razvyorstkasi, xususiy savdoning ta’qiqlanishi, moddiy boyliklarning teng taqsimlanishi, tovar-pul munosabatlarining cheklanishi tashkil qiladi.
“Harbiy komunizm” siyosatining eng muhim qismi oziq-ovqat razvyorstkasidir. Oziq-ovqat razvyorstkasi 1916 yil 29 noyabr (12 dekabr) da Rossiya imperiyasi yer ishlari Ministrligi boshqaruvchisi Aleksandr Rittix tomonidan joriy etilgan edi. Bunda, urush tufayli narx-navo ko‘tarilib ketgach, barcha gubernyalar va uezdlarga muayyan miqdordagi oziq- ovqat mahsulotlarini hukumat tomonidan qat’iy o‘rnatilgan narxlarda topshirish belgilab qo‘yilgan edi. Savdo uchun mo‘ljallangan g‘alla razvyorstkaga kiritilmagan edi1.
Rossiyada podsho hokimiyati ag‘darilgach, 1917 yil 25 mart kuni Muvaqqat hukumat tomonidan “G‘allani davlat qo‘liga topshirish to‘g‘risida” qonun qabul qilinadi. Bu amalda mamlakatda “g‘alla monopoliyasi”ning o‘rnatilishini anglatar edi. 1917 yil ichida Muvaqqat hukumat tomonidan 650 million pud g‘alla to‘plash rejalashtirilgan edi. Biroq aholining kuchli qarshiligi tufayli 280 million pud g‘alla yig‘ilgan edi2.
Sovet hokimiyatining ilk yilida Rossiyada kuchli ocharchilik yuzaga keldi. Pomeshchiklar va quloqlar qo‘lidagi ortiqcha g‘allani tortib olish uchun 1918 yil mayida oziq-ovqat diktaturasi o‘rnatildi. Oziq-ovqatni kuch bilan tortib oluvchi qurollangan “prodotryad” (oziq-ovqat otryadlari) tashkil qilindi. 1919 yil 11 yanvarda RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining “G‘allaga oziq-ovqat razvyorstkasini o‘rnatish to‘g‘risida”
dekret qabul qilindi. Uning 7-moddasida g‘alla yetishtiruvchi gubernyalar aholisi oziq-ovqat va yem-xashakning 70% ni davlatga majburan topshirishi, bosh tortgan taqdirda butun mol-mulki musodara qilinishi belgilab qo‘yilgan edi1.
Qonun butun mamlakat bo‘ylab amal qildi va barcha oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan tatbiq etildi. Oziq-ovqat dehqonlardan deyarli tekinga tortib olindi. Negaki, ularga berilgan qog‘oz pullar tezda qadrsizlangan, sanoat korxonalari esa, dehqonlarga kerakli bo‘lgan mahsulotlarni bera olmay qolgan edi. Shu bois, 1919 yilda rejalashtirilgan 260 millionov pud o‘rniga arang 100 million pud g‘alla to‘plandi. 1920 yilda esa atigi 3 - 4 foizga bajarildi2.
Rossiyadagi fuqarolar urushi, Turkistondagi milliy ozodlik harakati avj olgan bir sharoitda paxtachilik tarmog‘i og‘ir ahvolga tushib qoldi. Rossiyaning markaziy to‘qimachilik korxonalari paxta xom ashyosiga jda muhtoj edi. 1920 yil 19 aprelda III Butunrosiya to‘qimachilik sanoati ishchilarining s’ezdida so‘zlagan nutqida V.Lenin to‘qimachilik sanoati paxta va yoqilg‘i yetishmovchiligi tufayli o‘z boshidan kechirayotgan ulkan inqiroz haqida to‘xtalar ekan, oq gvardiyachilardan tortib olingan Turkiston – xom ashyoning yagona manbai ekanligini ta’kidlab o‘tgan edi.
Paxtakorlarning mehnatiga yarasha haq to‘lanmasa vaziyat izdan chiqishini to‘g‘ri anglagan sovet hukumati 1920 yil 31 avgust kuni
«Davlatga paxta xom ashyosini topshirayotgan paxtakorlarga haq to‘lash va natural kompensatsiya qilish to‘g‘risida»gi Qarorni qabul qiladi. Unga ko‘ra, paxtakorlarga 5200 gross tikuv iplari va 5000000 dona gugurt qutisi zudlik bilan maxsus poezd bilan Turkistonga jo‘natish, shuningdek, paxta xom ashyosiga haq to‘lash uchun 3.750.000.000 so‘m miqdorida mablag‘ ajratish ko‘zda tutildi.
1920 yil 2 va 27 noyabrda RSFSR hukumati Turkiston va Ozarbayjon respublikalarida paxtachilikni tiklash to‘g‘risida ikkita dekret qabul qildi. Bu qarorlarda paxtachilikni tiklash va rivojlantirish uchun tezda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan quyidagi vazifalar belgilab berilgan edi:
paxta ekish bilan shug‘ullanuvchi kollektiv va yakka xo‘jaliklarga yerdan va suvdan foydalanish imtiyozlarini berish;
paxtakor rayonlardagi hamma davlat va jamoa xo‘jaliklarida majburiy almashlab ekishni joriy qilish, bu almashlab ekishda ekinning asosiy qismini paxta tashkil qilishiga erishish;
aholini shartnoma asosida va topshirgan paxtasi uchun mahsulot almashlab berish tariqasida oziq-ovqat va keng iste’mol mollari bilan ta’minlashni uyushtirish;
paxtachilik sohasidagi mutaxassislarning hammasini, ular hozir qanday muassasa va tashkilotlarda ishlab turishidan qat’iy nazar, paxtachilik xo‘jaligini tiklashga safarbar qilish.
Bu qarorlarga muvofiq 1920 yil 24 dekabrda Rossiya Federatsiyasi hukumati Turkiston respublikasida paxtachilikni tiklash va rivojlantirishning besh yillik rejasini ishlab chiqdi va qabul qildi. Turkkomissiya qaroriga ko‘ra 1920 yil dekabrda Turkiston XKS huzurida Turkiston Paxta qo‘mitasi tuzildi. Yangi tashkil qilingan Paxta qo‘mitasining rejasiga ko‘ra Turkiston 1921 yildan boshlab paxta ekishni urushdan oldingi darajaga yetkazish majburiyatini oldi.
1921 yilda Rossiyada grajdanlar urushi tugadi. Mamlakat urush tufayli vayron bo‘lgan, dehqonlarning sovet davlatiga bo‘lgan ishonchi yo‘qqa chiqqan edi. Bolsheviklar hokimiyatining tayanchi bo‘lmish ishchilar ham son jihatdan qisqargan, ko‘pchiligi jon saqlash ilinjida qishloqlarga ketib qolishgan edi. Sovet hokimiyatidan norozilik juda
kuchli edi. Nima qilib bo‘lmasin, mamlakat xalq xo‘jaligini oyoqqa turg‘izish kerak edi. Shu maqsadda 1921 yil 21 mart kuni Butunrossiya MIK dekreti bilan oziq-ovqat razvyorstkasi oziq-ovqat solig‘i bilan almashtirildi1. Dehqon to‘laydigan soliq miqdori yetishtirilgan mahsulotining 20% etib belgilandi. Xususiy savdoga ruxsat berildi. Yarmarkalar, bozorlar ochildi. Sanoatni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan choralar ko‘rildi. Bu tarixda yangi iqtisodiy siyosat (ruscha NEP – novaya ekonomicheskaya politika) deb ataldi.
1921 yilda joriy etilgan yangi iqtisodiy siyosat O‘zbekiston iqtisodiyotining jonlanishga olib keldi. NEP ta’sirida 1921 yildan boshlab Turkistonda paxta yetishtirish va uni Markazga jo‘natish sezilarli ravishda ko‘paydi. O‘sha yili Bosh paxta qo‘mitasiga 1.048.240 pud paxta tolasi jo‘natilgan edi. 1922 yilning boshlarida Turkistondan Markazga Krasnovodsk yo‘nalishi bo‘yicha 1150 vagon (63470 toy paxta), Orenburg yo‘nalishi bo‘yicha 1547 vagon (85030 toy paxta), hammasi bo‘lib 2724 vagon (148500 ta toy paxta) tola jo‘natildi. Faqat shu yilning iyun oyida Orenburg va Krasnovodsk yo‘nalishlari bo‘yicha 2180 vagon paxta tolasi Markazga yuborildi2.
Iqtisodiy o‘sish sur’atlari 1923 yilning boshidan boshlab sanoatda ayniqsa ko‘zga tashlana boshladi. Turkiston respublikasida 1923 yil neft qazib chiqarish oldingiga qaraganda 60 foiz, un ishlab chiqarish 66 foiz, vinochilik 70 foiz, qand ishlab chiqarish 90 foizga ko‘paydi. 1924 yilda Buxoro XSR da 6 ta paxta tozalash zavodi ishga tushirildi. Shu yili 740 pud paxta chiqarilib, bu 1921 yilga nisbatan 12,5 baravar ko‘p edi3.
Yer-suv masalasi Buxoro Respublikasi hukumatining diqqat markazida turdi. BXSR inqilobiy komiteti 1921 yilning boshida «Yer to‘g‘risida»gi dekretni e’lon qildi. Shu dekretga asosan vaqf yerlari, sobiq amaldorlar, ayrim yirik xo‘jaliklarning yerlari musodara qilingan edi. Ammo Buxoro Respublikasi hukumatidagi ichki ziddiyatlar tufayli dehqonlar yer ololmadi. Bu esa, Buxoro Respublikasi hukumatining obro‘yiga putur yetkazgan edi. Ammo qo‘shni Turkiston ASSRda o‘tkazilgan yer-suv islohoti muvaffaqiyat qozondi1. 1921 yilda Turkiston ASSRda mustamlakachi rus quloqlariga qarshi o‘tkazilgan islohot natijasida 13 ming kambag‘al, shu jumladan 3 ming o‘zbek dehqoni chor ma’murlari va ko‘chmanchi rus quloqlari tomonidan 1916 yilgi qo‘zg‘olonni bostirish vaqtida mahalliy aholidan tortib olingan yerlarini qaytarib oldi2. Garchi ushbu yer islohotlari uncha katta natijalarga ega bo‘lmasada, amalda muhim siyosiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Mustamlakachi quloqlardan yerlarni mahalliy aholi foydasiga qaytarib berilishi kambag‘allarni sovetlar tomoniga og‘dirib olishda juda katta ahamiyat kasb etdi.
1923 yilda sovet hukumati Sharqiy Buxoro dehqonlariga qishloq xo‘jalik qurollari sotib olish uchun 200 ming so‘m pul, shuningdek, 150 ming pud amerika navli paxtaning urug‘lik chigiti ajratib berdi. Shu yilda paxta ekilgan maydon 80 ming tanobga yetkazilib, 1,6 mln pud hosil olindi3. Qolaversa, paxta yetishtirishdan olinadigan qishloq xo‘jalik solig‘i bekor qilindi. Bularning barchasi SSSRning paxta mustaqilligini tezroq ta’minlashga qaratilgan tadbirlar edi. Shunga qaramay, Surxon vohasida paxta yetishtirish amirlik davridagidan ko‘ra ancha pastligicha qolaverdi. 1924 yilda vohada 0,4 ming tonna paxta tolasi ishlab chiqarildi. Bu 1913 yilgi ko‘rsatkichdan 1,2 ming tonna kam edi4.
Sovetlar qishloqda o‘z siyosatlarini amalga oshirishga kirishar ekan, qishloq xo‘jalik kooperatsiyalarini tashkil etishga alohida e’tibor
qaratishdi. V.I.Lenin “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi maqolasida yangi iqtisodiy siyosatda dehqonga, xususiy savdo tamoyillariga yon berilgani xususida to‘xtaladi. Savdoga bo‘lgan qiziqish ishlab chiqaruvchi va iste’molchini, kichik dehqonlar, hunarmandlar, bozorda ishlovchilar, davlat va jamiyatni bir-biri bilan bog‘laydi. Dehqon xo‘jaliklarida ishlab chiqarishning o‘sishi va tovar ayirboshlashning ko‘payishi ortidan dehqonlarning savdo oborotidagi kooperatsiyasi kengayib, davlatni ushbu yo‘nalishda dehqonlar ommasi bilan ishlashni kuchaytiradi1.
Lenin o‘zining boshqa asarida kommunistik dehqonchilikka o‘tish amaliyotida sovet xo‘jaliklari, qishloq xo‘jalik kommunalari va yerni jamoa bo‘lib haydovchi jamiyatlar (sherikchilik) ga alohida e’tibor qaratilishi, ularga dehqonlarning ko‘ngilli asosda kirishi lozimligini uqtirib o‘tgan edi2.
Yangi iqtisodiy sharoitida qishloq xo‘jalik kooperatsiyasining quyidagi shakllari paydo bo‘ldi.
Sovet xo‘jaliklari (sovxozlar) – davlat qishloq xo‘jalik korxonasi bo‘lib, sobiq pomeshchiklarning mulklari o‘rnida, keyinchalik esa yangi o‘zlashtirilgan yerlarda vujudga keltirilgan. Kolxozdan farqi shundaki, uni davlat tashkil etadi va uning ishchilari naqd pul ko‘rinishida ish haqi oladi. Ko‘p hollarda sovxozlar muayyan qishloq xo‘jalik mahsulotini yetishtirishga ixtisoslashtiriladi. Masalan: paxtachilik, g‘allachilik, bog‘dorchilik, go‘sht-sut va hokazo. 1922 yilda mamlakatda 6413 sovxoz faoliyat yurtgan bo‘lib, 4 million desyatina yerga ega bo‘lgan3.
Qishloq xo‘jalik kommunalari – yerni birga ishlaydigan va barcha ishlab chiqarish qurollari jamoaniki bo‘lgan qishloq xo‘jalik shakli. Kommunaga kiruvchi kishi butun mol-mulkidan voz kechishi lozim edi.
Daromadning bir qismi teng taqsimlangan, qolgani esa xo‘jalik rivoji va madaniy-oqartuv ishlariga ishlatilgan. Qishloq xo‘jalik kommunalari a’zolarida moddiy manfaatdorlik bo‘lmaganligi uchun mehnat unumdorligi juda past bo‘lgan. Natijada jamoalashtirish boshlanishi bilan qishloq xo‘jalik kommunalari artel(kolxoz)lar tarkibiga qo‘shib yuborilgan. 1938 yilga kelib butunlay tugatilgan1.
Yerga birgalikda ishlov berish shirkatlari (ruscha – Tovariщestvo po sovmestnoy obrabotke zemli TSOZ yoki TOZ) – SSSR qishloq xo‘jaligida keng tarqalgan kooperatsiya turi. Uning kommuna yoki arteldan farqi mehnat qurollari va ishlab chiqarish vositalari umumlashtirilmaydi, balki birgalikda ishlatiladi. Dala ishlari paytida TOZ a’zosi qo‘shma ish uchun o‘z jihozlari, qishloq xo‘jalik mashinasi, ish hayvonlari, transportini beradi. Yil so‘ngida ishlab chiqarish vositalari egasi o‘ziga tegishli ulushini oladi. 1930 yillarda TOZlar o‘z o‘rnini artellarga bo‘shatib bergan2.
Qishloq xo‘jalik artellari – jamoa bo‘lib ishlash uchun ko‘ngilli ravishda birlashgan kishilarning uyushmasi. Artel – Stalin davridagi “kolxoz” so‘zining sinonimi. Kolxoz – ruscha “kollektivnoe xozystvo”, o‘zbekcha “jamoa xo‘jaligi”. Kolxoz – kolxozchilar egalik qilgan jamoa xo‘jaligidir. Kolxozlar davlat buyurtmasi asosida ishlaydi, olingan daromad mehnatiga qarab taqsimlanadi. Jamoalashtirish yillarida kolxozlar artel tizimi asosida tashkil etilgan. 1935 yil 17 fevralida SSSR XKS va VKP (b) MK tomonidan “Qishloq xo‘jalik artelining Namunaviy Nizomi” qabul qilingan3.
O‘zbekistonda ilk qishloq xo‘jalik kooperatsiyalari 1920 yilda vujudga keldi. O‘shanda kooperativlarga 100 xo‘jalik birlashgan bo‘lsa, bu raqam 1927 yilda 654 mingga yetdi. Birlamchi kooperatsiyalarta’minotchi-sotuvchi va kredit xususiyatiga ega bo‘lib, o‘z a’zolari doirasida xizmat qilar edi1.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirishda 1921 yil iyunida Turkiston kompartiyasining 5 s’ezdida tashkil etilgan
«Qo‘shchi» uyushmasi muhim rol o‘ynadi. «Qo‘shchi» uyushmasi mehnatkash dehqonlarni himoya qilish, ularni boylar va ruhoniylar ta’siridan chiqarish hamda sovet davlatining ijtimoiy, madaniy qurilishiga jalb etish maqsadida tuzilgan edi. Tez orada «Qo‘shchi» uyushmasi juda mashhur bo‘lib ketdi. 1924 yilda Turkistonda uning a’zolari soni 200 ming kishiga yetgan edi. Uyushma o‘zbek dehqonlariga paxtachilik agrotexnikasi, sug‘orish ishlari, traktorlar va boshqa qishloq xo‘jalik texnikalaridan foydalanish, mineral o‘g‘itlarni ishlatish, yerni erta haydash, almashlab ekishga o‘rgatish singari ijobiy ishlarni amalga oshirdi.
Surxondaryo viloyatidagi ilk «Qo‘shchilar uyushmasi» 1926 yilda tashkil topdi. 1927 yilda «Qo‘shchi uyushmasi» a’zolari soni 18 ming nafarga yetdi2. Anbarsoy qishlog‘ida tuzilgan uyushma tashkilotchilari Xo‘janazar Temirov (rais), Qurbon Mo‘minov, Nazar Eshniyozov, Shukur Alievlar bo‘lishdi3. Tez orada bu harakat butun viloyatga yoyildi.
Surxondaryo okrugida qishloq xo‘jalik kooperatsiyasining rivojlanishida melioratsiya shirkatlarining roli katta bo‘ldi. Jumladan, Jarqo‘rg‘on rayoni bo‘yicha ikkita shirkat tashkil etildi. Ular quyidagilardir:
“Jarqo‘rg‘on” melioratsiya shirkati – 1926 yilda Jarqo‘rg‘on-Zang arig‘ining bosh qismida ishlash maqsadida tuzilgan. Oqqo‘rg‘on, Qoraqursoq, Minor, Loykand qishloq kengashlarida yashovchi ming nafar kishi ushbu shirkatga a’zo bo‘lib kirgan. Shirkat a’zolarining mehnati bilan Zang arig‘i yoqalab 500 metrlik damba qurilgan va 1926 yilning qishida ishga tushirilgan“Zang” melioratsiya shirkati – 1927 yilda Zang, Angor, Navshahar, Oktyabr qishloq kengashlari hududini sug‘orish maqsadida tashkil etilgan. Shirkat a’zolarining soni 1362 kishidan iborat bo‘lib, Zang arig‘idagi o‘nta shoxobchani tozalash va uning suvidan foydalanish bilan shug‘ullangan.
Bundan tashqari, Denov rayonida Qarluq, Denov, Hazorbog‘, Sariosiyo rayonida Dashnobod, Shoqishloq, Sherobod rayonida Oqqo‘rg‘on melioratsiya shirkatlari tuzildi. Ularda 3051 dehqon mehnat qildi.
1926 yili Surxondaryo viloyatida qashshoq va kambag‘al dehqon xo‘jaliklariga yordam berish orqali paxta, ipak, jun yetishtirishni ko‘paytirish maqsad qilib qo‘yiladi. 15 ming so‘m pul sug‘orish shoxobchalari, mahalliy ish qurollarini tayyorlash, yerlarning ishlashini yaxshilash, 70 ming so‘m pul dehqon xo‘jaliklariga mo‘ljallangan 14 ming pud urug‘lik bug‘doyni tashib kelish uchun sarflandi. 1926 yili davlat paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklardan qishloq xo‘jalik solig‘ini va urug‘ uchun pul yig‘ishni to‘xtatadi hamda dehqon xo‘jaliklari 32114 so‘m kredit pulni davlatdan olib, uning 17834 so‘mini ishchi va dehqonlarga chiqim qiladi.
Shunga qaramay, O‘zbekistonda yersiz dehqonlar salmog‘i yuqori edi. 1927 yilgi ma’lumotga ko‘ra, Buxoro, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona oblastlarida islohot tugagach respublika bo‘yicha o‘rta hol dehqonlar soni barcha xo‘jaliklarning 53 %, kambag‘allar 40%, quloq xo‘jaliklari 7% tashkil etgan. S.G.Strumilinning tadqiqotiga ko‘ra, o‘sha yili O‘zbekistonda o‘rtahollarning salmog‘i 61% bo‘lgan. O‘rtahollarning yuqori salmog‘i yer-suv islohoti o‘tgan to‘rtta viloyat hisobiga to‘g‘rikelgan.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling