1 – Мавзу Марказий Оси ёда кадимги ва илк урта асрларда ер сув муносабатлари


O‘zbekiston Respublikasida qurilib ishga tushirilgan suv omborlari


Download 1.08 Mb.
bet27/43
Sana20.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1631478
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43
Bog'liq
Surxondaryoda Yer-suv munosabati lotin maruza 2023

O‘zbekiston Respublikasida qurilib ishga tushirilgan suv omborlari.



T/R

Suv omborning nomi

Qurilgan yili

Mln.kub suv sig‘imida

1

Kosonsoy (Namangan vil)

1948




2

To‘dako‘l (Buxoro viloyati)

1952
(Zarafshon daryosining toshishi sababli daryo suvidan shakllangan ko‘l)




3

Uchqizil. (Surxond vil. Termiz tum)

1958




4

Janubiy Surxon suv ombori. (Surxond. vil. Qumqo‘rg‘on tum)

1967




5

Chortoq (Namangan vil.Chortoq tum)

1974

28

6

Oqtepa.(Surxond. vil. Jarqo‘rg‘on tum)

1978




7

To‘polang. (Surxond. vil. Sariosiyo tum)

1984 yili qurilishi boshlangan hozirgacha qurilishi davom etmoqda (2020 y)




8

Tuyamo‘yin

1979 yil qurib bitkazilgan bo‘lsa - da, 1984 yilda foydalanishga topshirilgan.Xorazm, Qoraqalpog‘iston va Dashto‘g‘uzni suv bilan taminlash maqsadida qurilgan.




9

Sardoba
(Sirdaryo viloyati Sardoba tumani)

2017 yil

900.000
Kubometr.
Chuqurligi 28,8 metr

10

Chorvoq







11

Parkentsoy (Toshkent viloyati)

2018 yili qurilishi boshlandi

10

12

Qizilsoy
(Toshkent viloyati)

2018 yili qurilishi boshlandi




13

Toshtepa
(Toshkent viloyati)

2018 yili qurilishi boshlandi




14

Karaman
(Jizzax viloyati, Forish tumani)

2019 yili qurilishi boshlandi




15

Bulung‘ur (Samarqand vil)

2021 yil ishga tushiriladi




16

Sho‘rsuv (Qoraqalpog‘iston
Respublikasi)

2019 yil sentyabrgacha qurilishi tugallanishi mo‘ljallangan




17

Daryo oralig‘i (Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, Mo‘ynoq tumani)









Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar ichida qishloqda yuz bergan o‘zgarishlarni, alohida ta’kidlash kerak. Qishloqda tub islohotlar o‘tkazishning bir necha o‘ziga xos omillar bor. Bu borada shuni aytish kerakki, istiqlolga erishgan qishloqni ustun darajada rivojlanishini ta’minlamasdan, qishloq xo‘jaligini sifat jihatidan yangi asoslarda qayta tiklamasdan turib mamlakatda iqtisodiy islohotlar samaradorligiga erishib bo‘lmas, mamlakat aholisining ko‘pchiligini tashkil qiluvchi qishloq mehnatkashlari turmushini yanada to‘kinroq qilish vazifasini bajarib bo‘lmas edi.
Oliy Majlis tomonidan agrar islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash maqsadida «Er to‘g‘risida», «O‘simliklarning karantini to‘g‘risida», «Naslchilik to‘g‘risida», «Er kodeksi», «Qishloq xo‘jalik shirkatlari», «Fermer xo‘jaligi», «Dehqon xo‘jaliklari» to‘g‘risidagi yangi Qonunlarni qabul qildi. 1996 yil boshiga kelib, agrar sektar hisobiga mamlakatda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotlarning 24 foizi, mamlakat mehnat resurslarining 27 foizi to‘g‘ri keldi. Respublikada avvalo qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish borasidagi muhim chora-tadbirlardan biri, bu sohaga rahbarlikni yaxshilash bo‘ldi. 1991-1996 yillarda qishloq xo‘jaligi kompleksiga rahbarlikni yaxshilash, qishloqda o‘tkazilayotgan islohotlarning huquqiy asosini yaratish choralari ko‘rildi.
Dastlab 1992 yilda Prezident Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi o‘rinbosari boshchiligida qishloq xo‘jaligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi kompleks tashkil qilindi. Sohaga rahbarlikni takomillashtirish ishlari doimo davlatimiz rahbari diqqat e’tiborida bo‘lid. Vazirlar Mahkamasi birgina 1994-1995 yillarda qishloqda islohotlar o‘tkazishga doir 10 dan ortiq qaror qabul qildi. Ularda, qishloq xo‘jaligi kompleksiga rahbarlikni yaxshilash, zamonaviylashtirish borasida qator tadbirlar ishlab chiqildi.
1996 yil 26 noyabrda respublika hukumati qishloq va suv xo‘jaligini boshqarishning, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining samaradorlitgini oshirishga yo‘naltirilgan butunlay yangi tizimini yaratish maqsadida «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Shunga asosan ikki vazirlik birlashtirildi. Bundan ilgariroq, aniqrog‘i 1996 yil 3 aprelda Prezident «Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmonini imzolab unda qishloqda islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan qator tadbirlar ko‘zda tutilgan edi.
Yana ta’kidlash mumkinki mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ustun darajada rivojlantirish borasida yangi qonun va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Masalan, 1991 yil 21 dekabrda qabul qilingan «Dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida» gi Farmon qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini zamon talablari asosida tashkil qilishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Shuningdek, chorvachilikda islohotlarni takomillashtirish va dehqon (fermer) xo‘jaliklari hamda xususiylashtirilgan fermerlarning manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida 1994 yil fevralida qabul qilingan hukumat qarorlari ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1995 yil boshlarigacha kelib 1516 ta qoramolchilik fermasi sotish yo‘li bilan mehnat jamoalarining mulki qilib berildi. Qishloq xo‘jaligida davlatga qarashli bo‘lmagan sektar 1994 yilda butun mahsulotning deyarli 95 foizini, 1995 yilda esa 97 foizini ishlab chiqardi. Dehqonlarning yordamchi xo‘jaliklariga sug‘oriladigan yerlardan qo‘shimcha salkam 350 ming gektar yer ajratildi.
Iqtisodiy islohotlar respublika oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishini o‘zgartirishlar bilan birga amalga oshirildi. Paxtazorlar 1,5 million gektarga qisqardi, sug‘oriladigan yerlardagi g‘allazorlar 1,2 mln. gektarga ortdi. G‘allachilikni jadal rivojlantirish qisqa vaqt ichidayoq halq iste’moliga ishlatiladigan va ozuqabop donga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, hozir bug‘doy sotib olishga sarflanayotgan valyutani tejab qolish imkoniyatini beradigan, importga ehtiyoj qoldirmaydigan qudratli tarmoq yaratilishini ta’minladi. Don ekinlari uchun ajratiladigan maydonlar 1990 yildan 1998 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida asosan paxta ekinlari maydonini qisqartirish hisobiga 1,7 baravar oshdi.
Don ishlab chiqarish ikki baravardan ko‘proq oshib, 4 mln. 150 ming tonnani tashkil qildi. Ushbu ekinlarni yetishtirish tajribasining ko‘payishi va faol seleksiya ishlari natijasida mahsuldorlik shu yillar mobaynida 1,3 baravar oshdi. Ushbu chora-tadbirlar don ekinlari importini sezilarli darajada qisqartirishga imkon berdi. Agarda 1990 yilda respublikada iste’mol qilinadigan bug‘doyning 90 dan ortiq foizi importga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 1998 yilda import ulushi 19 foizdan kamroqni tashkil qildi.
O‘zbekiston Respublikasi ulkan qishloq xo‘jalik resurslariga ega mamlakat uning asosiy qishloq xo‘jalik ekini paxta. Agar butun Markaziy Osiyo mamlakatlari 2 mln. tonna paxta tolasi yetishtirsa birgina O‘zbekiston 1 mln. 400 ming tonna paxta tolasi yetishtirdi. Respublika paxta tolasini yetkazish bo‘yicha jahonda to‘rtinchi o‘rinda, uni sotish hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallaydi. (Respublika paxta xom ashyosi yetishtirish bo‘yicha Xitoy, AQSh, Hindiston, Pokistondan keyin beshinchi o‘rinda turadi. Dunyoda paxta bo‘yicha to‘rtta davlat yetakchilik qilmoqda. Bular Amerika, Avstraliya, Hindiston va O‘zbekiston davlatlaridir. 1960 yillarda dunyoning 34 ta mamlakatida paxta yetishtirilgan bo‘lsa, 2005 yilda dunyoning 75 mamlakatida paxta yetishtirilmoqda.)
Bu esa mamlakat xazinasiga valyuta kelib tushishining eng muhim manbai bo‘lib qoldi. Respublikada 70 ming tonnaga yaqin pilla yetishtirilib, uning 21 ming tonnasi respublika korxonalarida qayta ishlanib, ipak tolasi olinadi, qolgani esa eksport qilinadi. Shu bilan birga qishloqda islohatlarni amalga oshirishda ekinlar hosildorligi, mehnat unumdorligi o‘sishini ta’minlashda, haqiqiy yer egasi va mahsulot sohibinin shakllanishida hali bor qator muammo va yechilmagan masalalar ko‘p edi. Ular asta-sekinlik bilan hal etilib berilmoqda.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishda urug‘chilikka e’tibor berilishi lozimligi qayta-qayta uqtirildi. Jumladan, Prezident 1996 yil Xorazm, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Buxoro va Farg‘ona viloyatlari halq deputatlari Kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalaridagi nutqlarida, Andijon va Surxondaryo viloyatlariga tashriflar vaqtida qishloq ishlab chiqarishi faollari bilan uchrashuv, suhbatlar paytida paxtaning serhosil va ertapishar navlarini yaratish bugungi kunning dolzarb vazifasi ekanligiga barchaning e’tiborini qaratdi.
Shu bois ham mamlakat Oliy Majlisi 1996 yil 29 avgustda «Urug‘chilik to‘g‘risida», «Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida» Qonunlarni qabul qildi. Ushbu qonunlar respublikada urug‘chilik masalalariga doir davlat siyosatini amalga oshirishning huquqiy asosini yaratdi. Hukumatimiz tomonidan urug‘chilik sohasi mutaxassislari oldiga 110-120 kunda pishib yetiladigan ertapishar, tolalik darajasi 38-40 foiz va uzunligi 33-334 mm IV tipga mansub navlarni yaratish va amaliyotga keng joriy etish vazifalari qo‘yilgan.
Urug‘chilikda hanuz yechimini kutayotgan muammolar ko‘p. Masalan, ko‘pnavlilikka ruju qo‘ygan xo‘jaliklarning faoliyatini olib qarang: hosildorlik past, reja o‘lda-jo‘lda, xarajat ko‘p va hokazo. Shu bois, endilikda kechpishar, kasalliklarga chidamsiz va tola sifatida talab darajasida bo‘lmagan navlar ishlab chiqarishdan olib tashlanmoqda.
Respublikamizda mazkur soha bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot institutlarida 14 mingdan ortiq genlar kolleksiyasi mavjud bo‘lib, bu ko‘rsatkich Amerikada 10 mingtani, Isroilda 3,7 mingtani tashkil qiladi. Paxta masalalari bo‘yicha xalqaro maslahat kengashining Toshkentda o‘tkazilgan «Paxta-2000 O‘zbekiston (2000 yil 4 may) anjumanida yurtimizning g‘o‘za navlari, ayniqsa ertapishar navlar yaratishda jahonda peshqadamligi xorijiy ekspertlar tomonidan e’tirof etilgani buning isbotidir.
Respublikamizda seleksiya ishlari bilan asosan Seleksiya, Paxtachilik, Genetika va o‘simliklar biologiyasi ilmiy tadqiqot institutlari shug‘ullanadi. Ular faoliyatining ba’zi tomonlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, ushbu ilmiy muassasalarda 1991 yildan hozirgacha 18 ta nav davlat reestriga kiritildi. 2000 yil ma’lumotlariga ko‘ra, paxtachilik ilmiy tadqiqot institutida 1992 yilda yaratilgan «Qarshi - 8» navi 800 gektarga, 1997 yilda yaratilgan «Xorazm-126» navi 4 ming 800 gektarga, Seleksiya institutida 1998 yilda yaratilgan «S-6532» navi 5,1 ming gektarga ekilgan bo‘lsa, Genetika va o‘simliklar biologiyasi institutida yaratilgan «Chimboy-4101», «Termiz-24» navlari umuman ekilmadi. Buning sababi, ular dehqonlarimizning barcha talablariga javob bermayapti.
G‘o‘za navlarini oqilona joylashtirish paxtachilikdagi asosiy masalalardan biridir. Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25 noyabrdagi 1999-2000 yillarda «paxta navlarini yangilash va joylashtirish dasturi to‘g‘risida» gi qarorida urug‘chilik, navlarni joylashtirish va yangilash ishida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligi, ko‘plab navlar mintaqarlarning tabiiy iqlim sharoitlariga javob bermayotganligi, kam tola olinayotganligi, vilt va boshqa kasalliklar hamda zararkunandalarga chidamli emasligi, shuningdek, tolasi xalqaro andozalarga mos kelmayotganligi qayd etilgan edi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 4 martdagi qarorida ham navlarni joylashtirish to‘g‘risida so‘z yuritilayotgan edi.
Shuningdek, respublikamizda ekilayotgan 20 dan ortiq g‘o‘za navlarining ayrimlarida urug‘lik sifatini belgilashda asosiy ko‘rsatkich hisoblangan nav tozaligi davlat andozalari talablariga javob bermaydi. Ular jumlasiga «Oqdaryo-5», «Oqqo‘rg‘on-2», «S-4727», «An-Boyovut-2» navlarini kiritish mumkin. Hozir O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini suv bilan ta’minlash dolzarb masalalardan hisoblanadi.
O‘zbekistonning suvga bo‘lgan yillik talabi 72 mlrd. metr kub bo‘lib, shuning 80 foizi qo‘shni Tojikiston va Qirg‘iziston respublikalaridan oqib keladigan manbalar hisobidan qoplanadi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 97 foizi esa sug‘oriladigan yerlardan olinadi. Mamlakatimizda agrar sohada olib borilayotgan iqtisodiy islohatlar bilan bog‘liq ravishda olib borilmoqda. Suv xo‘jaligi majmuasi faoliyatini aniq izga solmasdan, qishloq xo‘jalik iqtisodiyotini ko‘tarib bo‘lmaydi.
Markaziy Osiyoning suv xo‘jaligi majmuasi uzoq davr mobaynida to‘g‘onlr, nasos stansiyalari, quduqlar, uzundan-uzun irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari va boshqa shu kabi ob’ektlardan iborat ko‘p sonli gidrotexnik inshootlardan tarkib topdi. Bugun ana shu majmua, eng avvalo, sug‘oriladigan dehqonchilik ehtiyojini qondirish maqsadida loyihalashtirilgan va bunyod etilgan edi. Bu sohada suv bilan kafolatli ravishda ta’minlanish bosh masala bo‘lib, uning yechimi bevosita yer resurslarini o‘quvli, bajarib boshqarish hamda undan oqilona foydalanishga ko‘p jihatdan bg‘liqdir.
Sovet ittifoqining tugashi va uning o‘rnida Markaziy Osiyoda beshta davlatda suv xo‘jaligi munosabatlarida ham o‘zgarishlar yuz berdi. Suvdan foydalanish munosabatlarida sodir etilishi mumkin bo‘lgan o‘zaro kelishmovchiliklarning oldini olish hamda suvdan foydalanish mexanizmlarini aniqlab olish maqsadida 1991 yilning kuzida mintaqadagi besh davlat suv resurslaridan foydalanish teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik asosida amalga oshirilishini e’tirof etuvchi deklaratsiyani qabul qildi.
Shundan keyin, 1992 yilning 18 fevralida Almatida «Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston respublikalari o‘rtasida suv resurslarining davlatlararo manbalarini muhofazalash, foydalanish va boshqarish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi «Bitim» imzolandi hamda «Amudaryo» havza-suv xo‘jaligi birlashmasi va «Sirdaryo» havza-suv xo‘jaligi birlashmasi deb atalgan tegishli ijrochi organlarga ega bo‘lgan Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv xo‘jaligi komissiyasi (DMSK) tuzildi.
Ta’kidlab o‘tish kerakki, mintaqadagi ayrim mamlakatlar tomonidan DMSK qarorlari to‘la hajmda bajarilayotganligi oqibatida, vaqti-vaqti bilan suv resurslarini boshqarish masalasida mushkul vaziyatlar yuzaga klmoqda. Ayniqsa, davlatlararo suv omborlaridan belgilanggan miqdorda suv o‘tkazish talablariga oqilona rioya qilinmayotganligi vaziyatni alohida keskinlashtirmoqda.
Xususan, xuddi shunday sabablarga ko‘ra, yoz paytlarida sug‘orish uchun ajratiladigan suvning sun’iy tanqisligi yuzaga keltirmoqda, qish oylarida esa uning bemeyor darajada serobligi natijasida yaylovlar, turar joylar va boshqa inshoatlar (1993 yildan boshlab Arnasoy ko‘llar tizimiga Chordaradan katta hajmda suv o‘tkazib yuborilishi natijasida 1995 yil yanvarda 2696 kv. km maydonni suv bosdi. Sharqiy Arnasoy ko‘li orqali avtomobil yo‘llari ko‘prigi ishdan chiqdi. 2000 yil yanvaridan 2004 yil may oyigacha bu ko‘llar tizimida suv qatlami yana 3,66 metrga ko‘tarildi. Mana shu muddatda Arnasoy pasttekisligiga 11,2 mlrd. kub metr suv o‘tkazib yuborildi. Yangidan suv ostida qolgan yer maydoni 477 kv. km ga borib yetdi.1) suv ostida qolib ketmoqda.
Buning ustiga, suvdan foydalanuvchi ba’zi davlatlar tomonidan suv taqsimoti bo‘yicha mavjud va barcha tomonlar tasdig‘idan o‘tgan tamoyillarni va suv hajmini qayta ko‘rib chiqish, suv taqsimotida qishloq xo‘jaligi sohasiga tegishli bo‘lgan ulushni boshqa tarmoqlar ehtiyojini ko‘zlab qisqartirishga oid takliflar ilgari surilmoqda.
Suv resurslaridan tarmoqlararo ulushli asosda foydalanish bo‘yicha allaqachon shakllanib bo‘lgan munosabatlar doirasidagi har qanday o‘zgarish busiz ham teng vaziyatni yanada kesinlashtirib yuborishi mumkin. Jumladan, suv taqsimotida energetika sohasi uchun suvni ko‘paytirish, sug‘oriladigan yerlarni suv bilan ta’minlashni keskin pasaytirmasdan qolmaydi.Holbuki, sug‘oriladigan yerlar, so‘zning chin ma’nosida aytganda, 45 millionlik aholining rizqi-ro‘zi manbaidir.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling