1 – Мавзу Марказий Оси ёда кадимги ва илк урта асрларда ер сув муносабатлари


Download 1.08 Mb.
bet25/43
Sana20.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1631478
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43
Bog'liq
Surxondaryoda Yer-suv munosabati lotin maruza 2023

Nurmurod (qorovulbegi). Salovat qishlog‘ida yashaydi. Qorovulbegi, o‘zbek. Aksilsovet faoliyatda aniqlanmagan. Sovet hokimiyatiga nisbatan dushmanlikni bildirmagan4.
Shayman (amaldor). Eski paytda jevachi bo‘lgan. Oilasida 10 jon bor, shundan 3 kishi ishchi. 80 tanob yerga ega. Shulardan o‘zining ekinzori 80 tanobdir. Ish otlari 3 ta, yirik shoxli qoramoli 3 ta, oddiy qo‘ylari 100 ta. Zang qishlog‘ida yashaydi5
Olloqul G‘afforxo‘jaev (boy). Pattakesar qishlog‘ida yashaydi. Yirik boy. Bosmachilik harakatida qatnashgan. Qo‘rboshilar bilan aloqada bo‘lib, to‘dani boshqargan. Obro‘ga ega emas. Sovet hokimiyatiga nafrat bilan qaraydi1.
Muharramxon Qobilov (eshon). Sovet hokimiyatiga nisbatan loqayd munosabatda, mingta muridi bor. Qoraqursoq qishlog‘ida yashaydi. Eshonlik va tabiblik bilan shug‘ullanadi, obro‘li, huquqlardan mahrum etilgan.
Mulla Qurbon Normurodov (imom). Bundan tashqari xalfa va ijarachi. Amir davrida Eski Buxoro shahrida 10 yil o‘qigan. 1924-1925 yillarda Polvon eshon qo‘rboshi bosmachilariga yordam qilib, muhr tayyorlagan hamda oziq-ovqat bilan yem-xashak yig‘ib bergan. Sovet hokimiyatiga nisbatan ikkiyuzlama munosabatda. Jarqo‘rg‘on qishlog‘ida yashaydi va ijarachilik bilan shug‘ullanadi2.
Mulla Rajab Abdullaev (imom). Bitta tegirmon va qayiqqa ega. Amir davrida eski usul madrasasida 10 yil o‘qigan. 1924-1925 yillarda Polvon eshon bosmachilariga ko‘makdosh bo‘lgan, oziq-ovqat va yem-xashak yetkazib turgan. Sovet hokimiyatiga nisbatan munosabati sust. Ayni vaqtda Jarqo‘rg‘on Suv shirkatining raisi bo‘lib hisoblanadi.
Saidali Boboxonov (eshon). Sovet hokimiyatiga nisbatan loqayd munosabatda. 150 nafar muridi bor, ularning ko‘pchiligi Afg‘onistonda. Polvonxo‘ja va Xidirxo‘ja ismli bosmachi-qo‘rboshi qarindoshlari bor. Eshonlik bilan shug‘ullanadi, Minor qishlog‘ida yashaydi3.
Hasanxo‘ja Ahmedov (eshon). Sovet hokimiyatiga nisbatan dushman munosabatda. 1922 yildan 1925 yilga qadar O‘tanbek to‘dasida bo‘lgan, O‘zLKSM ning sobiq a’zosi. Eshon unvonini merosiy olgan, dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Takto‘qay qishlog‘ida yashaydi4.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling