1 – Мавзу Марказий Оси ёда кадимги ва илк урта асрларда ер сув муносабатлари
Download 1.08 Mb.
|
Surxondaryoda Yer-suv munosabati lotin maruza 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Islomxo‘ja Ahmedov (eshon).
- Saidalixo‘ja Amirxo‘jaev (eshon).
Saidtog‘a Abduvohidov (eshon). Sovet hokimiyatiga nisbatan sust munosabatda. 800 kishilik muridlarga ega, «Qo‘shchi» uyushmasi a’zosi. Qayrag‘ochli qishlog‘ida yashaydi, dehqonchilik va noqonuniy ravishda eshonlik bilan shug‘ullanadi.
Abdurahmon Abduvohidov (eshon). Sovet hokimiyatiga nisbatan sust munosabatda. 800 kishilik muridlarga ega, «Qo‘shchi» uyushmasi a’zosi. Qarsaqli qishlog‘ida yashaydi, dehqonchilik va noqonuniy ravishda eshonlik bilan shug‘ullanadi. Islomxo‘ja Ahmedov (eshon). 700 kishilik muridlarga ega, «Qo‘shchi» uyushmasiga a’zo. Qarsaqli qishlog‘ida yashaydi, dehqonchilik va noqonuniy ravishda eshonlik bilan shug‘ullanadi1. Fatmamatxon Hamroev (eshon, boy). Sovet hokimiyatiga nisbatan ikkiyuzlama munosabatda. Savodli, 5000 kishilik muridlarga ega, 1928 yil fevralida Turkiyaga, Makkaga, hajga jo‘nab ketgan. U yerda 1926 yili noqonuniy ketib qolgan otasi Hamro yashaydi. Ikkalasi hanuzga qadar qaytib kelishmagan, o‘sha yerda qolib ketish niyatlari bor. Kakaydida uning ukasi Vali Ahmadxon bor, u ham eshonlik bilan shug‘ullanadi2. Saidalixo‘ja Amirxo‘jaev (eshon). Sovet hokimiyatiga nisbatan dushman kayfiyatda, muridlarga ega emas. O‘tan va Mahmud Kachay bosmachilarining ko‘makchisi, sovetlarga qarshi tashviqotda aniqlangan, Yuqori Kakaydi qishlog‘ida yashaydi3. Mulla Rahmat Ahmadov (qorovulbegi). Sovet hokimiyatiga nisbatan dushman kayfiyatda, ijtimoiy kelib chiqishiga ko‘ra amaldor va boy oiladan, otasi amir davrida 10 yil to‘qsabo lavozimida ishlagan. Katta nufuzga ega, tabiblik va jodugarlik bilan shug‘ullanadi. Otasi Sherobod shahrida (Galaguzarda) yashaydi. To‘pqorada 23 tanob, Zangda 30 tanob. Ko‘pchilik vaziyat og‘irlashuvidan tashvishga tushib, Afg‘onistonga ketishni afzal ko‘rgan. OGPU o‘zining 1930 yil birinchi choragida bergan ma’lumotida fevral oyida Surxondaryo okrugining Boysun va Pattakesar rayonlarida ommaviy ravishda chorvani sotib, Afg‘onistonga ketib qolish harakatlari kuzatilayotganligidan ogohlantirgan4. Ba’zi hollarda, qishloqlar aholisi o‘zlariga yoqmagan raislarni ishdan olish hollari ham uchragan. Masalan, 1930 yilning 19- va 21- fevralida Boysun tumanining Rabod qishlog‘ida dehqonlarning ikkita yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Birinchisida 60 kishi, ikkinchisida 80 kishi qatnashgan. Mazkur yig‘ilishlar qaroriga ko‘ra, kolxoz raisi bilan qishloq kengashi raisi o‘z vazifasidan olingan. 22 fevral kuni yig‘ilish qarorini tasdiqlatish maqsadida 8 kishi rayispolkomga5 delegat qilib yuborilgan. Ular kolxozning 200 kishilik a’zosi nomidan agar yig‘ilish qarori rayispolkom tomonidan tasdiqlanmasa, uning aholisi ekin ekmay, qishloqdan ketishlarini ma’lum qilgan. Tuman OGPU raisi yangi saylangan raislarni «quloqlarning malaylari» sifatida bilib, kolxozlarga qarshi yig‘ilishlar tashkilotchilarini qamoqqa olgan va zudlik bilan ularga nisbatan tergov ishlarini boshlab yuborgan1. Oqibatda zo‘ravonlik, zulm, o‘ch olish, o‘rta hol, hatto kambag‘al dehqonlarni quloqlar ro‘yxatiga tirkab yuborish hollari ko‘p uchragan. Shunday hollar bo‘ldiki, kollektivlashtirish instruktorlari kolxozga kirmaganlarga, ularni suvdan, sanoat mollaridan mahrum qilamiz, hatto qamoqqa olib, O‘zbekistondan badarg‘a qilamiz, deb do‘q urishgan2. 1929-1933 yillarda quloqlashtirish siyosati uch kategoriyada amalga oshirilgan: —birinchi kategoriyadagi quloqlar sudsiz, so‘roqsiz konsentratsion lagerlarga yuborilgan va hatto otib tashlangan, ammo ularning otilmay va qamalmay qolganlari ikkinchi toifaga o‘tkazilgan. —ikkinchi kategoriyadagilar SSSRning yoki o‘zlari yashagan yurtning olis o‘lkalariga surgun etilgan. —uchinchi kategoriyadagi «quloqlar» esa jamoa xo‘jaliklaridan chetroqdagi posyolka va tumanlarga joylashtirilgan3. 1931 yil avgust oyida o‘tkazilgan operatsiya natijasida Termiz operativ sektori (Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo va Denov tumanlari) bo‘yicha 100 xo‘jalik (482 jon), O‘zbekiston bo‘yicha 3795 xo‘jalik (17839 jon), O‘rta Osiyo bo‘yicha 5681 xo‘jalik (27745 jon) quloq qilinib Shimoliy Kavkazga surgun qilindi4. 1931 yil 23 avgust soat 10 gacha Jarqo‘rg‘on tumanida 50 quloq xo‘jaligi qo‘lga olindi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati arxivida OGPUning O‘rta Osiyodagi doimiy vakillik huzurida tashkil etilgan «uchlik» yig‘ilishlari bayonnomalarida quloqlarning terror qilinishi o‘z aksini topgan. Ularda Sibirga surgun qilinganlar ham ko‘rsatilgan: OGPU Termiz tezkor sektori 9616-sonli ish bo‘yicha 157 nafar«aybdor» kishini 1931 yil 12 sentyabrdagi yig‘ilishiga taqdim etgan. «Uchlik» 21 kishini o‘n yil muddatga konslagerga, jazo muddatining 5 avgustdan belgilanishiga, 129 kishini esa 3 yil muddatga konslagerga, jazo muddatining 1931 yil 5 iyuldan belgilanishiga qaror qildi. Faqat bir kishi – Shoim Mallaboevgina shartli jazo olib, qamoqdan ozod qilishga qaror qilindi. O‘sha kunning o‘zida Termiz tezkor sektori taqdim qilgan 66 kishi «Uchlik» g‘alviridan o‘tkazildi: 18 kishiga 5 yildan, 14 kishiga 3 yildan, 16 kishini Sibirga surgun qilish sharti bilan qamoq jazosi berildi. Termiz tezkor sektoridan «Uchlik»ning 1931 yil 12 oktyabrdagi qarori bilan 12 kishiga quloqlik aybi qo‘yilib, har biriga uch yildan qamoq jazosi berildi, qamoq jazosini o‘tash uchun ular G‘arbiy Sibirga surgun qilindilar. Bular: Mengqobil Ernazarov – o‘zbek, boy, quloq; Tog‘aynazar Maxsumov – o‘zbek, boy, quloq; Zaki Meliboev – 60 yoshda, o‘zbek, ruhoniy, imom, o‘tmishda «bosmachilik» ko‘makchisi; Xudoyberdi Jumaboev – 65 yoshda, o‘zbek, boy, quloq; Mullaboy Jiyanov – 50 yoshda, tojik, yirik boy oilasidan, bosmachilikda qatnashgan; Pirboy Safarov – 62 yoshda, tojik, amir amaldori, o‘rta hol; Tojirozi Sobirov – 60 yoshda, o‘zbek, quloq; Mullakomil Yoqubov – 68 yoshda, o‘zbek, eshon, savdogar, bosmachilikda qatnashgan, quloq; Husain Saidov – 71 yoshda, o‘zbek, tugatilgan quloq; Mulla Ibrohim Yoqubov – 60 yoshda, tojik; Qurbonmurod Norqobilov – o‘zbek, boy, quloq; Mulla Mamatqul Safarov – 70 yosh, o‘zbek, ruhoniy, savdogar, quloq. 1931 yili Sherobodda jami dehqon xo‘jaliklari soni 11848 ta bo‘lib, ulardan 86 tasi quloq sifatida Shimoliy Kavkazga surgun qilindi. Ana shu odamlar orasida: «Ikkinchi besh yillikda barcha musulmonlar RSFSRga ko‘chiriladi, surgun qilingan musulmonlar joylariga ruslar joylashtiriladi, surgun qilinayotgan ayollar GPUda qoldirilayapti, erlari qamoqqa olinmoqda, chet davlatlarga ketishdan boshqa iloj qolmadi» degan gaplar ham tarqalgan. Xulosa qilganda, qizil imperiyaning zo‘ravonlik siyosati ko‘plab insonlarni o‘zlari tug‘ilib yurtidan mahrum qildi. Sun’iy asosda qurilgan ko‘p millatli ulkan mamlakatning Yevropa qismidan O‘rta Osiyoga va aksincha, sharqiy hududlardan Kavkazdan Sibirga, Sibirdan janubga quvg‘in qilib, xonavayron etdi. Turli millatlar, elatlarni aralash–quralash qilib tashlaganligi rus bo‘lmagan xalqlar uchun g‘oyat qimmatga tushgani endilikda sir emas. Bunday manfur siyosatning yuritilishidan hukmron millat o‘zining gegemonlik siyosatini abadiylashtirishni, rus bo‘lmagan ellarni ruslashtirish va nihoyat mahalliy xalqlar ustidan qat’iy nazorat o‘rnatib, ular ustidan hukmronlik qilish maqsadini qo‘ygani, ularning milliy urf-odat va an’analarini poymol qilgani ochiq-oydin ayon bo‘lib qoldi. . Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling