1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja


Download 0.87 Mb.
bet68/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1121567
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80
Bog'liq
menejment 1-10

Ishlarni rejalashtirish. Rahbar har bir xodim bilan navbatdagi kalendar davr uchun ishlarni bajarish shartnomasini, ya’ni ishlar rejasini tuzishi kerak. Ishlar rejasi xodimni berilgan vazifalarni bajarishga yo'naltirishi va ishning bajarilishini ta’minlovchi talablami ifodalashi kerak.
Xodimga ishning maqsadlarini tushuntirish ishlar rejasini tuzishning zarur sharti hisoblanadi. Bu maqsadlar rahbar va bo'ysunuvchining o‘z vaqtida va oshkora kelishilgan vazifalariga aylanadi. Ishlarning shaxsiy rejasida tashkilotning umumiy maqsadlari ifodalanishi lozim.
Maqsadlarni aniqlashtirish jarayoni murakkab hisoblanib, ko‘p hollarda uzoq davom etadi. Bu jarayon rahbar tomonidan quyidagi sabablarga ko‘ra amalga oshirilishi lozim:
1) Uning yordamida rahbarlar ishlarning oqilona taqsimlanishiga erishadilar.
2) Rahbarlarga ularning oldida turgan vazifalarni yaxshiroq tushunishgan imkon beradi.
3) Yanada murakkabroq kelajagi bor rejalar tayyorlanishini ta’minlaydi.
4) U xodimlarning shaxsiy ish rejalarini bo‘linma va tashkilot oldida turgan vazifalar bilan bog‘laydi.
5) Jarayon xodimlar va yuqori pog'ona rahbarlarining harakatlarini asoslashga imkon beradi.
6) Xodimlar faoliyatining natijalari xolis baholanadi.
Xodim ishning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun uni qoilab-quvvatlash darajasini aniqlashda ham qatnashishi kerak. Bu bosqich xodimning o ‘ziga yuklangan vazifani va shu bilan bog‘liq javobgarlikni tushunishini kafolatlaydi. Har bir vazifa quyidagilarga nisbatan baholashning miqdor mezonlariga ega bo‘lishi kerak: 1) yakuniy natijaning sifati; 2) erishilgan natijaga nisbatan xarajatlar; 3) ishlar bajarilishining belgilangan muddatlariga rioya qilish.
Rahbar va xodim «Muayyan vazifaning qanchalik yaxshi bajarilishini biz qanday qilib bilib olamiz?» degan savolga javobni bilishi kerak. Shunga o‘xshash savol rahbarni va bo‘ysunuvchini bajarilgan ishni erishilgan natijalar bilan taqqoslashga undaydi. So‘ngra xodimga berilgan vazifani yanada samaraliroq bajarish shartlarini tushuntirish kerak.
Ishlarning rejasida ijrochi va uning bajaradigan ishi hisobga olinishi kerak. U quyidagi sarlavhalardagi uch ustunli jadvalga ega bo'lgan bo‘sh blankada ko‘rsatilishi mumkin: 1) vazifaning nomi; 2) ish vazifasining ta ’rifi; 3) vazifaning muhimligi. Blankaning bo‘sh qismi rahbar va xodimning hamkorligida to'ldiriladi. Ishlarning rejasi xodimning lavozim ko‘rsatmasiga asoslanishi va har doim bajariladigan ishga qo‘yilgan talablarga tavsif berishi kerak. Hech bir qo‘shimcha hissa yoki ishlar sifatini rejadan oshirmay shartnomaning bajarilishi xodimning topshirilgan ishni uddalaganini, biroq rejani oshirib bajarmaganini anglatadi. Ishlarning rejasini rahbar va bo‘ysunuvchi imzolaydi. Dalil sifatida ularning har birida rejaning nusxasi qoldiriladi. Har bir xodim uchun yillik ish rejasi choraklarga ajratiladi va har bir chorak uchun qisqa muddatli vazifalar belgilanadi. Rahbar har kuni bo'ysunuvchining ishini nazorat qilishi va bajarilyotgan ishning sifatini oshirishga ko‘maklashishi kerak. Bu borada bo'ysunuvchiga yuzaga kelgan muammolar va qiyinchiliklarni hal qilishga yordam berishi, jumladan, uni zarur axborot bilan ta’minlashi tavsiya etiladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling