1 -mavzu: Sodda, bir va ko‘p amalli (qavsli) arifmetik ifodalarni hisoblash Reja
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Download 7.86 Mb.
|
1 -mavzu Sodda, bir va ko‘p amalli (qavsli) arifmetik ifodalarn
- Bu sahifa navigatsiya:
- MS Access 2010
- 1-mashq.
- Mashq
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Informatika va axborot texnologiyalari 10-sinf darslik, Toyloqov N.I. , Axmedov A.B. Pardayeva M.D. abdug’aniyev A.A. Mirsanov U.M. ”EXTREMUM-PRESS” nashriyoti-2017 №_13_-Mavzu: MS Accessda jadvallarni o‘zaro bog‘lash Reja: 1 Jadvallar bilan ishlash; 2 Ma’lumotlar bilan ishlash; 3 Jadval turlarini tanlash. MS Access 2010 da MOBT jadvallarni bir-biri bilan bog‘lash katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Chunki, MOBT bir nechta jadvallar hosil qilish va ulardagi kerakli ma’lumotlarni bir joyga jamlashda foydalaniladi. MS Access 2010 da jadvallarni bog‘lash uchun Работа с базами данных menyusining Схема данных bo‘limidan amalga oshiriladi. Jadvallarni bog‘lash va ushbu jadvallarni so‘rovlar yordamida bitta jadvalga birlashtirish uchun Создание menyusining Конструктор запросов bo‘limidan amalga oshiriladi. 1-mashq. Turli ma’lumotlarga ega bo‘lgan uchta jadvallarni bog‘lash masalasini ko‘rib o‘tamiz. Bajarish: Создание menyusining Конструктор таблиц bandidan uchta jadval hosil qilamiz va jadvallarni “1-jadval”, “2-jadval”, “3-jadval” nomi bilan saqlaymiz. So‘ngra Работа с базами данных menyusining Схема данных bo‘limini tanlab, Добавление таблицы oynasini hosil qilinib, undan har bir jadvalni belgilab, Добавить tugmasi tanlanadi; hosil bo‘lgan jadvallarni o‘zaro bog‘lash uchun menyuda Изменить связи bo‘limi tanlanadi. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi: oynadan Новое.. tugmasi tanlanib, Создание nomli yangi oyna hosil qilinadi. Oynaning Левая таблица qatoridan “1-jadval”ni, Правая таблица qatoriga “3-jadval”ni tanlaymiz. Левый столбец va Правый столбец qatoriga “Kod” tanlanib, OK tugmasi tanlanadi; MS Access 2010 da ma’lumotlarni berilgan shablon bo‘yicha izlash va qayta ishlash uchun Главная menyusidan Выделение bandidan yoki jadval ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosilib, Текстовые –фильтры – Ровнр… ketma – ketligi yordamida amalga oshirishi mumkin. Jadvaldagi ma’lumotlarni familiyasi, ismi, manzili kabi ma’lumotlari bo‘yicha izlashimiz mumkin. Izlab topilgan ma’lumotlarni bekor qilish uchun Главная menyusining Фильтр bo‘limi tanlanadi. Mashq. 10-sinf o‘quvchilarining (familiyasi, ismi, yashash manzili, telefon raqami, tug‘ilgan yili) ma’lumotlar omborini yaratish va ular ustida izlash va qayta ishlash. Bajarish: MS Access 2010 da o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni aytilgan parametrlari bo‘yicha shakllantiramiz: Ushbu jadvaldagi ma’lumotlardan “Ali” ismli o‘quvchilar izlash uchun “Ali” ismli yozuvni belgilab, Главная menyusidan Выделение – Равно – Ali ketma-ketligi bajariladi. Natijada dastur jadvaldagi “Ali” ismli o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni qidirib topib beradi. Agar bizga jadvaldan “Ali va Vali” ismli o‘quchilarni izlash so‘ralgan bo‘lsa, o‘quvchilar ismi yozilgan katakchaga chizqonchaning o‘ng tugmasi bosilib,Текстовый фильтры – Заканчивается на.. ketma-ketligi tanlanadi va Настраиваймый фильтр qatoriga “Ali or Vali” jumla kiritilib, OK tugmasi tanlanadi. Natijada quyidagi oynada Ali va Vali ismli o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar hosil bo‘ladi: Tartiblangan ma’lumotlarni bekor qilish uchun Главная menyusining Фильтр burug‘i tanlanadi. Shuningdek, MS Access 2010 da ma’lumotlarni so‘rovlar yordamida ham izlash imkoniyati mavjud. Mazkur jarayonni Создание menyusining Конструктор запрос bo‘limi orqali amalga oshirish mumkin. Download 7.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling