1 -mavzu: Sodda, bir va ko‘p amalli (qavsli) arifmetik ifodalarni hisoblash Reja
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Download 7.86 Mb.
|
1 -mavzu Sodda, bir va ko‘p amalli (qavsli) arifmetik ifodalarn
- Bu sahifa navigatsiya:
- MS Access 2010 dasturida matematik amallar Mashq.
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Informatika va axborot texnologiyalari 10-sinf darslik, Toyloqov N.I. , Axmedov A.B. Pardayeva M.D. abdug’aniyev A.A. Mirsanov U.M. ”EXTREMUM-PRESS” nashriyoti-2017 №_16_-Mavzu: MS Accessda matematik amallarni bajarish Reja: 1 MS Accessda forma yaratish ketma-ketligi; 2 Ma’lumotlarni kiritish usullari 3 Amaliy topshiriq. MS Access 2010 da ma’lumotlar omborini hosil qilib, ular ustida ba’zi – bir matematik hisob – kitob ishlarini amalga oshirishimizga to‘g‘ri keladi. Ushbu ishlarni amalga oshirish matematik va statistik funksiyalar yordamida amalga oshiriladi. Matematik hisob ishlarini Создание menyusining Конструктор запросов bo‘limi orqali amalga oshirishimiz mumkin. MS Acces 2010 da ham MS Excel 2010 kabi matematik va munosabat amallari, matematik va statistik funksiyalardan, mantiqiy amallardan foydalanish imkoniyatlari mavjud. MS Access 2010 dasturida matematik amallar Mashq. Uchta ustunda berilgan sonlarning yig‘indisini to‘rtinchi ustunga hosil qiling. Bajarish: jadval quyidagicha hosil qilinadi: hosil qilingan jadvalni “Qo‘shish” nomi bilan saqlaymiz; saqlangan jadvalni yuklanadi va quyidagi tartibda to‘ldiriladi: to‘ldirilgan jadvalni yopib, menyular satridan Создания-Конструкор запросов ketma-ketligi tanlanadi; “Qo‘shish” nomli jadval belgilanadi va Добавить tugmasi bosiladi. ishchi oynani quyidagicha to‘ldiramiz: jadvalning navbatdagi ustunga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib kontekst menyudan построить bandi tanlanadi: hosil bo‘lgan oyna ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi oynada matematik hisob ishlarining formulalari kiritiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: Informatika va axborot texnologiyalari 10-sinf darslik, Toyloqov N.I. , Axmedov A.B. Pardayeva M.D. abdug’aniyev A.A. Mirsanov U.M. ”EXTREMUM-PRESS” nashriyoti-2017 №_17_-Mavzu: Ilovalar yaratishning zamonaviy usullari Reja: 1 Ilovalar yaratishning zamonaviy usullari; 2 Dasturlashning rivojlanish bosqichlari; 3 Zamonaviy dasturlash muhitlari. 1. Zamonaviy ilovalar. Ma’lumki, zamonaviy kompyuterlar operatsion tizimga ega. Operatsion tizim ilovalari ular yordamida amaliy vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. Ilovalarga misol sifatida ofis ilovalari: MicroSoft Word (qisqacha W– MS Word), X – MS Excel, A– MS Access, P– MS Power Pointlarni keltirish mumkin. 2. Dasturlashning rivojlanish bosqichlari. Ilovalar (amaliy dasturlar) yaratish vositalarining rivojlanishini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: Dastlab yaratilgan kompyuterlarda dastur bevosita mikroprotsessorning buyruqlari (mashina kodi) ketma-ketligi ko‘rinishida yozilgan. Bu esa dasturlash uchun juda katta kuch va vaqt talab qilgan, dasturdagi xatolarni topish mushkul bo‘lgan. Bu ishni bir oz bo‘lsada osonlashtirish uchun mikroprotsessor buyruqlari uchun qisqa nomlar kiritilgan va maxsus dastur bunday nomlarni mashina kodi (mikroprotsessor buyruqlari)ga o‘girib bergan. Hosil bo‘lgan dastur kodi bevosita kompyuterda bajarilgan. Bunday dasturlash Assembler tilida dasturlash deb atalgan. Kompyuterlar ommaviy ishlab chiqarila boshlangach (uchinchi avlod kompyuterlari), ularda operatsion tizim vujudga keldi. Bunday kompyuterlarda dasturlash uchun yuqori darajadagi dasturlash tillari yaratildi. Dasturlash endi kompyuterning mashina kodiga bevosita bog‘liq bo‘lmay qoldi. Dasturlash tili odamlar orasidagi muloqot tiliga ko‘proq o‘xshab bora boshladi. Masalan, bu tillarda agar x>0 bo‘lsa, u holda y=ln(x) kabi jumlalardan foydalanish mumkin bo‘lgan. Dastur matnini kompyuter tushunadigan mashina kodiga o‘girishni maxsus ishlab chiqilgan va translyator deb ataluvchi dastur bajargan. Natijada dasturlash ancha osonlashib, kompyuter yordamida yechiladigan masalalar ko‘lami kengaydi. 3. Zamonaviy dasturlash muhitlari. Hozirgi paytda dunyoda o‘n milliondan ortiq dasturchilar bo‘lib, ulardan ikki millioni professional, qolganlari esa havaskor dasturchilardir. Albatta, ularning ish qurollari, ya’ni ular foydalanadigan dasturlash muhitlari ham bir-biridan farqlanadi. Bugungi kunda keng tarqalgan dasturlash muhitlarida asosan uchta dasturlash tili: Si, BASIC, Pascal dan keng foydalaniladi. 4. Delphi dasturlash muhiti. Delphi (o‘qilishi Delfi) qadimgi dunyoda mashhur bo‘lgan avliyo yashagan ibodatxona joylashgan grek shaharchasining nomi bo‘lib, u avliyo kabi bu dasturlash muhiti ham ko‘pchilik orasida juda mashhur bo‘lib ketgan. Uning qariyib chorak asr mobaynida 25 ta varianti yaratilgan bo‘lib, ular quyidagi uchta guruhga ajratiladi: Delphi 1 – Delphi 8 (1995-2003 yillar) Delphi 2005 – Delphi 2010 (2005-2009 yillar) Delphi XE 1 – Delphi XE 10 (2010-2017 yillar) Ularning barchasida asosiy (ba’zan yagona) dasturlash tili Object Pascal bo‘lsada, ko‘pchiligida C++, Assembler da, oxirgi variantlarida Java da, ba’zi versiyalarida hatto PHPda ham dastur yozish mumkin. Oxirgi versiyalari Windows ilovalari bilan birga Android va IOS ilovalarini ham yaratish imkonini beradi. Download 7.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling