1 -mavzu: Sodda, bir va ko‘p amalli (qavsli) arifmetik ifodalarni hisoblash Reja
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Download 7.86 Mb.
|
1 -mavzu Sodda, bir va ko‘p amalli (qavsli) arifmetik ifodalarn
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Informatika va axborot texnologiyalari 10-sinf darslik, Toyloqov N.I. , Axmedov A.B. Pardayeva M.D. abdug’aniyev A.A. Mirsanov U.M. ”EXTREMUM-PRESS” nashriyoti-2017 №_19_-Mavzu: Ilova va uning oynalari Reja: 1 Delphini ishga tushurish va unda ilova yaratish; 2 Delphida ilovani saqlash va yuklab olish; 3 Ilova oynasi va uning xossalarini o‘rnatish. 1. Delphida yangi ilova yaratish. Delphi ni ishga tushirish uchun Windows ish stolida Пуск (Boshlash) tugmasini sichqoncha ko‘rsatkichini keltirib bosamiz. Hosil bo‘lgan menyudan Все программы (Barcha dasturlar) bandini tanlaymiz. Hosil bo‘lgan menyudan Borland Delphi 7 bandini faollashtiriladi. N atijada Delphiga oid yangi bandlar hosil bo‘ladi. Ulardan Delphi 7 ni tanlaymiz. Ekranda oldingi darsda tasvirlangan Delphi dasturlash muhitining oynalari paydo bo‘ladi va yangi ilova yaratiladi. Agar menyuning Delphi 7 bandida sichqonchaning chap tugmasining o‘rniga o‘ng tugmasini bosib, mavzubop menyuni chaqirib, undan Закрепить в меню Пуск (Boshla menyusiga joylash) yoki Закрепить на панели задач (Masalalar paneliga joylash) bandlarini tanlasak, Delphi 7 ning yorlig‘i paydo bo‘ladi va uni ishga tushirish osonlashadi. 2. Delphida ilovani saqlash va yuklab olish. Delphida ilovani saqlashning bir necha usuli bor. Bu buyruqlarning barchasi asosiy menyuning File (fayl) bo‘limida joylashgan. Ular 1. Save 2. Save as … 3. Save Project as … 4. Save All lardir. Ulardan birinchisi Save (Saqlash) buyrug‘i ilovani joriy nomi bilan saqlash uchun xizmat qiladi. 3. Ilova oynasi va uning xossalarini o‘rnatish. Ilova oynasining asosiy xossalari bu uning o‘lchamlari va kompyuter ekranidagi o‘rnidir. Xossalarni Delphining ilova oynasi o‘lchamlarini sichqoncha yordamida uning o‘ng quyi burchagini surib o‘zgartirish mumkin. Lekin buning boshqa yo‘li ham bor. Sichqonchani ilova oynasi (Form1) ustiga keltirib uning chap tugmasini bosamiz va Obyekt inspektori (Object Inspector) oynasida kerakli xossalarning qiymatini o‘zgartiramiz. Bu oynada 50 dan ortiq xossalar alifbo tartibida keltirilgan. Kerakli xossa bu oynada ko‘rinmasa, o‘ng t omondagi vertikal surgichni sichqoncha bilan surib, uni ekranga chiqarish mumkin. Bajarilgan o‘zgartirishlarni ko‘rish uchun ilovani ishga tushiramiz. Buning uch xil usuli bor. 1. Asosiy menyuning Run (Ishga tushirish) bo‘limining Run bandini tanlash. 2. Jihozlar panelidagi tugmasini bosish. 3. Klaviaturada F9 tugmasini bosish. Ilova bilan ishlashni tugatish uchun uning o‘ng yuqori burchagidagi tugmani bosamiz. Download 7.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling