1 -mavzu: Sodda, bir va ko‘p amalli (qavsli) arifmetik ifodalarni hisoblash Reja
Download 7.86 Mb.
|
1 -mavzu Sodda, bir va ko‘p amalli (qavsli) arifmetik ifodalarn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar
- _20_-Mavzu
3. Delphini ishga tushiring.
1.1. yangi ilova yaratib, uning oynasi sarlavhasini Caption xossasi yordamida 01_02 ga o‘zgartiring. Ilovani asosiy menyuning File (Fayl) bo‘limidagi Save (saqla) bandini tanlab saqlang. Ilova birinchi marta saqlanayotgani uchun ekranda saqlash muloqot darchasi paydo bo‘ladi. 1.1.1. Muloqot darchasida joriy papka sifatida avvalgi ilovaning 01_01 papka ko‘rsatilgan. Rasmda ko‘rsatilgan 1-tugmani bosib, undan chiqib ketamiz. 1.1.2. Ilova uchun yangi papka yaratish uchun rasmdagi 2-tugmani bosamiz. Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar: 1. Delphi ilovasi oynasining asosiy xossalarini sanab bering. 2. Delphi ilovasini qanday usullar bilan ishga tushirish mumkin? 3. Delphi ilovasi sarlavhasiga o‘z ismingizni kiriting. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: Informatika va axborot texnologiyalari 10-sinf darslik, Toyloqov N.I. , Axmedov A.B. Pardayeva M.D. abdug’aniyev A.A. Mirsanov U.M. ”EXTREMUM-PRESS” nashriyoti-2017 №_20_-Mavzu: Boshqarish tugmasi Reja: 1 Ilova oynasiga boshqarish tugmasini joylash; 2 Boshqarish tugmasiga hodisalarni bog‘lash. 3 Boshqaruv tugmasi xususiyatlari 1. Ilova oynasiga boshqarish tugmasini joylash. Oldingi darsdagi birinchi ilovamiz hech qanday vazifani bajarmaydi. Endi bu kamchilikni bartaraf qilamiz. Yangi ilova yaratamiz va uning o‘lchamlarini 225 ga 400 qilib o‘rnatamiz. Sarlavhasini esa ikkinchi dastur deb o‘zgartiramiz. Ilova oynasiga boshqarish obyekti: boshqarish tugmasini o‘rnatamiz. 2. Boshqarish tugmasining xossalarini o‘rnatish. Ilova oynasining xossalari bo‘lgani kabi unga joylangan boshqarish tugmasining ham o‘z xossalari bor. Ularni ham o‘zgartirish mumkin. Bu ikki obyektning ko‘pgina xossalari bir xil vazifani bajarishi bu ishni ancha osonlashtiradi. Dastlab boshqarish tugmasi: Button1ni uning ustida sichqonchaning chap tugmasini keltirib tanlab olamiz. Obyektlar dispetcheri (Object TreeView) da Button1 ajralib turadi va Obyekt inspektori (Object Inspector) oynasida Button1 obyektining xossalari ro‘yxati paydo bo‘ladi. Unda dastlab Caption xossasida tugmaning sarlavhasini ‘++’ ga o‘zgartiramiz. hodisalarni bog‘lash. Button1 tugmasi ilovada biron bir vazifani bajarishi kerak. Uni bosganimizda ilova o‘z oynasining o‘lchamlarini 16 va 9 ga kattalashtirsin. Bajarish. Topshiriqni bajarish bu tugmani ikki marta bosishdan boshlanadi. Natijada ekranda dastur kodi oynasi paydo bo‘ladi. uning kursor turgan joyiga Form1.Width:=Form1.Width+16; Form1.Height:=Form1.Height+9; satrlarni kiritamiz. F9 tugmasini bosib, ilovani ishga tushiramiz va uning to‘g‘ri ishlashini tekshirib ko‘ramiz. Download 7.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling