1 -mavzu: Sodda, bir va ko‘p amalli (qavsli) arifmetik ifodalarni hisoblash Reja


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Download 7.86 Mb.
bet14/35
Sana21.11.2023
Hajmi7.86 Mb.
#1791814
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Bog'liq
1 -mavzu Sodda, bir va ko‘p amalli (qavsli) arifmetik ifodalarn

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Informatika va axborot texnologiyalari 10-sinf darslik, Toyloqov N.I. , Axmedov A.B. Pardayeva M.D. abdug’aniyev A.A. Mirsanov U.M. ”EXTREMUM-PRESS” nashriyoti-2017

_18_-Mavzu: Delphi dasturlash muhiti


Reja:
1 Delphi interfeysi;
2 Delphi oynalari;
3 Delphi loyihalar yaratish va saqlash.


1. Delphi interfeysi
Delphi interfeysi quyidagi bo‘limlardan iborat:
1. Sarlavha satri.
2. Asosiy menyu.
3. Jihozlar paneli.
4 . Boshqarish obyektlari (komponentalar) panellari.
5. Boshqarish obyektlari brauzeri.
6. Boshqarish obyektlari (obyektlar) inspektori.
7. Yaratilayotgan
ilova oynasi (forma).
8. Yaratilayotgan
ilova kodi.
Delphi muhiti
oynasining sarlavha satri
standart ko‘rinishga ega
bo‘lib, unda ilovaning nomi, unda yaratilayotgan loyiha nomi va oynani yashirish, o‘lchovini o‘zgartirish va uni yopish uchun xizmat qiladigan uchta tugma joylashgan.

Delphining asosiy menyusi 11 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, ular


quyidagilardir:
1. File (Fayl).
2. Edit (Tahrirlash).
3. Search (Qidiruv).
4. View (Ko‘rinish).
5. Project (Loyiha).
6. Run (ishga tushirish).
7. Component (Boshqarish obyektlari).
8. Database (Ma’lumotlar ombori).
9. Tools (Jihozlar).
10. Window (Oynalar).
11. Help (Yordam).

Delphi Uskunalar paneli va obyekt (komponenta)lar paneli.


Uskunalar panelida ko‘p ishlatiladigan buyruqlarning tugmalari joylashgan
bo‘lib, bu ularni asosiy menyuga kirmasdan ishlatish imkonini beradi.
Jihozlar panelida o‘ndan ortiq tugmalar bo‘lib, ularga yangilarini qo‘shish,
ba’zilarini olib tashlash mumkin.
Komponenta deb yaratilayotgan ilovaga joylash uchun mo‘ljallangan
turli boshqarish elementlari (obyektlar)ga aytiladi. Vizual dasturlash shu
boshqarish elementlarini ilova oynasiga joylash va uning xossalarini
o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi. Delphida yuzlab boshqarish
elementlari bo‘lib, ular yigirmadan ortiq komponentalar paneliga joylab
chiqilgan.

2. Delphi oynalari. Delphi ning asosiy oynasidan tashqari yana bir


qator oynalari bo‘lib, ularning asosiy oyna ichida joylashishini o‘zgartirish,
ularni yashirish, ekranga chiqarish, o‘lchamlarini o‘zgartirish mumkin. Bu
oynalardan birinchi forma oynasi deb ataladi va unda yaratilayotgan
ilovaning asosiy oynasining ko‘rinishi aks etadi. Bu oynaning o‘lchamlarini
o‘zgartirish bilan yaratilayotgan ilova oynasining o‘lchamlarini o‘zgartirish
mumkin. Unga komponentalar panelidan kerakli komponentalarni
sichqoncha yordamida sudrab o‘tkaziladi va ularning o‘zaro joylashishi
rejalashtiriladi. Bu oynani yangi ilova oynasi yoki sodda qilib ilova oynasi
deb ataymiz. U bilan ishlash uning o‘lchamlarini o‘zgartirish, unga yangi
boshqarish elementlarini joylash va bu elementlarning joylashishini
o‘zgartirishdan iborat bo‘ladi.



Download 7.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling