Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:
1. Taymer ishlatiladigan holatlarga misollar keltiring.
2. Timer obyekti obyektlar panelining qaysi jildida joylashgan?
3. Timer obyektining interval xossasi qanday vazifani bajaradi?
4. Timer obyektining Enabled xossasi qanday qiymat qabul qiladi va bu
qiymat o‘zgarganda qanday hodisa ro‘y beradi?
5. Taymer ilovasida ShowMessage protsedurasi o‘rniga Label
obyektidan foydalanib, qayta yarating.
6. Elektron soat ilovasini soat har sekundda qisqa ovoz signali
beradigan qilib o‘zgartiring.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Informatika va axborot texnologiyalari 10-sinf darslik, Toyloqov N.I. , Axmedov A.B. Pardayeva M.D. abdug’aniyev A.A. Mirsanov U.M. ”EXTREMUM-PRESS” nashriyoti-2017
№_30_-Mavzu: Rasmga boshqa obyektlarni joylash
Reja:
1 Rasmga matn joylash;
2 Rasmga shakllarni joylash.
3 Grafik va animatsion ilovalar
1. Rasmga matn joylash.
Rasmlar bilan ishlashda ko‘p uchraydigan amallardan biri bu rasmga matn joylashdir. Bu amalni bajarish uchun Canvasning usuli bo‘lgan TextOut (matn chiqarish) dan foydalaniladi.
Uning uchta argumenti bo‘lib, ulardan dastlabki ikkitasi matn
chiqariladigan sohaning chap yuqori burchagining koordinatalari, uchinchisi
esa ekranga chiqariladigan matn satri.
Bu operatorlarni qo‘llash bilan tanishish uchun quyidagi ilovani
yaratamiz. Unga Image va Button tugmalarini joylab, tugmani ikki marta
bosamiz va quyida ko‘rsatilgan operatorlarni kiritamiz:
Image1.Canvas.Font.Size:=8;
Image1.Canvas.TextOut(10,20, '8');
Image1.Canvas.Font.Size:=14;
Image1.Canvas.Font.Color:=clRed;
Image1.Canvas.TextOut(20,20, '14');
Image1.Canvas.Font.Size:=20;
Image1.Canvas.Font.Color:=clBlue;
Image1.Canvas.TextOut(40,20, '20');
Do'stlaringiz bilan baham: |