Mashq: Sinfning beshta fandan 20 ballik tizimda baholanganda ularning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini tahlil qiluvchi jadval yaratish.
Bajarish: Ushbu topshiriqni bajarish algoritmi quyidagicha:
B ustunga sinf o‘quvchilarining familiyasi va ismi kiritiladi;
C ustunga adabiyot fanidan olgan ballari kiritiladi;
D ustunga algebra fanidan olgan ballari kiritiladi;
E ustunga fizika fanidan olgan ballari kiritiladi;
F ustunga kimyo fanidan olgan ballari kiritiladi;
G ustunga informatika fanidan olgan ballari kiritiladi;
H ustunga olgan ballarning yig‘indisi hisoblanadi;
I3 va I17 kataklarga quyidagi formula kiritiladi:
=ЕСЛИ(C17<55;"qoniqarsiz";ЕСЛИ(C17<71;"qoniqarli";ЕСЛИ(C17<
86;"yaxshi";"a’lo")))
MS Excel 2010 elektron jadvallarida keng qamrab olingan iqtisodiyot muhandislik masalalarini yechishda qo‘llanilishi keng bo‘lgan matematik funksiyalarni o‘rganamiz.
1-mashq. MS Excel 2010 matematik funksiyalaridan foydalangan holda y=arccosx, y=cosx, y=ex , y=cosex funksiyalarni argumentning turli qiymatlarida hisoblang.
Bajarish: B3:D3 kataklarida
qiymatlarni kiritib olamiz;
Формулы bo‘limining Математические qismida acos, cos, exp корень(ABS) funksiyalariga murojaat qilib B4:B8 kataklarida mos ifodalarni hosil qilamiz;
Nisbiy murojaat usulidan foydalanib qolgan kataklargaamalni davom ettiramiz.
Shunday qilib ixtiyoriy murakkablikdagi funksiyalarni hisoblab
olishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Informatika va axborot texnologiyalari 10-sinf darslik, Toyloqov N.I. , Axmedov A.B. Pardayeva M.D. abdug’aniyev A.A. Mirsanov U.M. ”EXTREMUM-PRESS” nashriyoti-2017
№_7_-Mavzu: Matematik funksiyalar bilan ishlash
Reja:
1 Matematik funksiyalar. Sodda matematik funksiyalar;
2 Trigonometriyaga oid ba’zi funksiyalar.
3 Ko‘paytmani hisoblashga oid funksiyalar.
4 Yig‘indi hisoblashga oid funksiyalar; qator yig‘indilarini hisoblash
Ko‘paytma matematik ifodalarda keng tarqalgan amallardan biri bo‘lib, biz ushbu darsda ko‘paytma qatnashgan hisoblashlarning o‘ziga xos usullari bilan tanishamiz:
1-usul. Katakka = belgi qo‘yilib kerakli ifodalar ko‘paytiriladi;
2-usul. Ko‘paytmani hisoblash funksiyasidan foydalaniladi.
1-mashq. MS Excel 2010 da quyidagi jadval mavjud:
C ustunga A va B ustundagi sonlarning ko‘paytmasini hisoblang;
D ustunga A va B ustundagi sonlarning yig‘indisini hisoblang;
E ustunga A, B, C, D ustundagi sonlarning ko‘paytmasini hisoblang;
F ustunga A, B, C, D, E ustundagi sonlarning yig‘indisini hisoblang;
MS Excel 2010 ning imkoniyatlaridan yana biri, bu statistik funksiyalardan foydalanib tegishli masalalarni yechish hisoblanadi. Statistik funksiyalardan foydalanish ikki xil usulda amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |