1- mustaqil ish topshiriqlari 1) Test turlari. Test turlari tahlili.
Test yaratish bosqichlariga ball mezonlarini ishlab chiqish va taxlil qilish (muamollarni topish. Xar bir muammo uchun echim topish)
Download 54.18 Kb.
|
Mustaqil ish 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-bob. Umumiy qoidalar
Test yaratish bosqichlariga ball mezonlarini ishlab chiqish va taxlil qilish (muamollarni topish. Xar bir muammo uchun echim topish).
Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari Mazkur mezonlar O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional, o‘rta professional, o‘rta maxsus professional, maktabdan tashqari, oliy, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash davlat ta’lim muassasalarini hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari deb yuritiladi) attestatsiyadan o‘tkazish mezonlarini belgilaydi. 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyasi kadrlar tayyorlash darajasi, mazmuni va sifatini davlat ta’lim standartlari hamda davlat talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. 2. Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari talablari jismoniy yoki psixik (ruhiy) rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar va o‘smirlarni o‘qitish, ularni tarbiyalash hamda davolash uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlariga tatbiq qilinmaydi. 3. Ta’lim tashkilotlarida attestatsiya ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar, ixtisosliklar, kasblar va kurslar bo‘yicha o‘tkaziladi hamda ularning faoliyati attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari bo‘yicha baholanadi. 4. Tizimida davlat ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan attestatsiyadan o‘tkazish jadvali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlanadi hamda ushbu jadval asosida ta’lim tashkilotlari attestatsiyadan o‘tkaziladi. 5. Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun ekspert komissiyalari (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tuziladi. Download 54.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling