1-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish tartibi
-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va
Download 22.95 Kb.
|
yoshlar daftari haqida
3-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va
o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar yoki mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya ajratish tartibi 30. Tadbirkorlik yoki o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga asbob-uskuna yoki mehnat qurollari (motokultivator, o‘t o‘rish o‘roq mashinasi, perforator, payvandlash apparati, o‘simliklarga ishlov berish qurilmasi, duradgorlik, chilangarlik uskunasi, qurilish uskunasi, kompyuter jamlanmasi va boshqalar)ni xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda hokim yordamchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ushbu Nizomga 7-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq subsidiya ajratiladi. 31. Asbob-uskuna yoki mehnat qurollari uchun subsidiya ajratish uchun ariza beruvchi Vasiylik kengashiga unga zarur bo‘lgan asbob-uskuna yoki mehnat qurollarining turi, miqdori, tovarning markasi, taxminiy xarid narxi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi. Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng Vasiylik kengashi uch ish kuni ichida murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi hokim yordamchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi. Hokim yordamchisi besh ish kuni ichida asbob-uskuna yoki mehnat qurollari uchun subsidiya ajratish haqidagi tavsiyani yoki rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda, subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi. Agar hokim yordamchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab besh ish kuni ichida ko‘rib chiqmasa yoki subsidiya ajratishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiq bo‘lganda Vasiylik kengashi uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi. 32. Murojaatni o‘rganish natijalari bo‘yicha Vasiylik kengashi tomonidan subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilinganda asbob-uskuna yoki mehnat qurollarini yetkazib beruvchi tashkilot davlat xaridlarining elektron tizimi orqali besh ish kuni ichida aniqlanadi, asbob-uskuna yoki mehnat quroli yetkazib beruvchi tashkilot tomonidan taqdim etilgandan so‘ng Vasiylik kengashining ishchi organi va ariza beruvchi o‘rtasida tuziladigan dalolatnoma asosida ariza beruvchiga uch ish kuni ichida topshiriladi. 33. Ariza beruvchiga ajratilgan subsidiya asosida xarid qilingan asbob-uskuna yoki mehnat qurollaridan samarali foydalanilayotganligi, uning texnik holati sozligi kafolat muddati davomida hokim yordamchisi tomonidan o‘rganiladi. 34. O‘rganish davomida asbob-uskuna yoki mehnat qurollaridan ish faoliyatida foydalanilmaganligi aniqlangan taqdirda, Vasiylik kengashi tomonidan ariza beruvchidan subsidiya asosida berilgan asbob-uskuna yoki mehnat qurollarini qaytarish choralari ko‘riladi. Download 22.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling