1-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish tartibi


-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi


Download 22.95 Kb.
bet8/10
Sana04.02.2023
Hajmi22.95 Kb.
#1158754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yoshlar daftari haqida

9-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi
xizmatni o‘tash badalini to‘liq miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi
62. Yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini to‘liq qoplash uchun mahalladagi yoshlar yetakchisining tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ushbu Nizomga  keltirilgan sxemaga muvofiq subsidiya ajratiladi.
63. Ariza beruvchi subsidiya ajratishni so‘rab o‘zi va tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi o‘rtasida tuzilgan “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisob raqamiga badal o‘tkazish tartibi to‘g‘risida shartnoma nusxasini taqdim etadi.
Shartnoma nusxasi taqdim etilgandan so‘ng Vasiylik kengashi uch ish kuni ichida murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga yuboradi.
Mahalladagi yoshlar yetakchisi besh ish kuni ichida subsidiya ajratish haqidagi tavsiyanomani yoki rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi.
Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab besh ish kuni ichida ko‘rib chiqmasa yoki subsidiya ajratishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiq bo‘lganda Vasiylik kengashi uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi.
64. Murojaatni o‘rganish natijalari bo‘yicha uch ish kuni ichida Vasiylik kengashining subsidiya ajratish haqidagi qarori qabul qilinadi.
Qaror asosida tuman (shahar) hokimliklari uch ish kuni ichida tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limining Xalq bankidagi tegishli tuman (shahar) filialida 29896 “Boshqa majburiyatlar” tranzit hisob raqamiga safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchisining familiyasi, ismi, otasining ismi va to‘lov maqsadini ko‘rsatgan holda subsidiyani o‘tkazib beradi.


Download 22.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling