1-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish tartibi


-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va


Download 22.95 Kb.
bet6/10
Sana04.02.2023
Hajmi22.95 Kb.
#1158754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yoshlar daftari haqida

7-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va
madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari
uchun subsidiya ajratish tartibi
46. Yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarning mahalliy bosqichlarida qatnashish uchun ishtirokchilarning yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 4 baravarigacha hamda ushbu olimpiada, tanlov va musobaqalarning xalqaro bosqichlarida qatnashish xarajatlari (ishtirokchilarning yashash va transport xarajatlari) uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ushbu Nizomga 11-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq subsidiya ajratiladi.
Mazkur paragrafda nazarda tutilgan xarajatlarni qoplash uchun Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan ham qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda subsidiya ajratilishi mumkin.
47. Olimpiada, tanlov va musobaqalarning mahalliy va xalqaro bosqichlarida qatnashish xarajatlari uchun subsidiya ajratishni so‘rab ariza beruvchi Vasiylik kengashiga olimpiada, tanlov va musobaqalarda ishtirok etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni (sportni rivojlantirish bo‘limi, madaniyat bo‘limi, xalq ta’limi bo‘limi yoki tegishli sport federatsiyalarining Vasiylik kengashi nomiga rasmiy xati va boshqalar) taqdim etadi.
Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
Bunda ushbu subsidiyani berish uchun mahalladagi yoshlar yetakchisining tavsiyasi talab etilmaydi.
Vasiylik kengashi talabgorning arizasini uch ish kuni ichida o‘rganib chiqib qaror qabul qiladi.
48. Vasiylik kengashi qaroriga asosan ariza beruvchining transport (temiryo‘l, avia hamda viloyatlararo va shaharlararo qatnovchi avtobus) xarajatlari:
havo transportida — iqtisodiy klass tarifi bo‘yicha;
temir yo‘l transportida — 2-klass tarifi bo‘yicha qoplash uchun chipta realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.
49. Olimpiada, tanlov va musobaqa davomidagi yashash xarajatlari vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (2015-yil 19-noyabr, ro‘yxat raqami 2730) 1-ilovada belgilangan summalarda (transport xarajatlarini qo‘shganda ushbu Nizomning 46-bandida belgilangan miqdordan oshmagan holda) qoplanadi.
Vasiylik kengashi tomonidan uch ish kuni ichida zarur chora-tadbirlar belgilanadi va mablag‘lar o‘tkazib beriladi.


Download 22.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling