1-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish tartibi


-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bemor yoshlarga davolanish xarajatlari


Download 22.95 Kb.
bet7/10
Sana04.02.2023
Hajmi22.95 Kb.
#1158754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yoshlar daftari haqida

8-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bemor yoshlarga davolanish xarajatlari
uchun subsidiya ajratish tartibi
54. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bemor yoshlarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ushbu Nizomga 13-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq subsidiya ajratiladi.
55. Ariza beruvchi subsidiya ajratishni so‘rab murojaat qilganda mahalladagi yoshlar yetakchisi uch ish kuni ichida hududiy birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasidan shifokor jalb qilishga ko‘maklashadi va ariza beruvchining sog‘lig‘i holati baholanadi.
O‘rganish natijasida ariza beruvchiga tibbiy yordam ko‘rsatish zarurati aniqlanganda, ariza beruvchining sog‘lig‘i holatiga qarab belgilangan tartibda davolash uchun tegishli birlamchi, viloyat yoki respublika darajasidagi tibbiyot muassasasiga yo‘naltiriladi.
56. O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifaga kiradigan (ariza beruvchining ushbu toifaga kirishi yoki kirmasligi tibbiyot muassasasi xulosasiga ko‘ra aniqlanadi), viloyat yoki respublika darajasida davolanishi lozim deb topilgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar davolanish uchun belgilangan tartibda elektron navbatga qo‘yilishi ta’minlanadi.
Ushbu toifaga kirmaydigan, birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasi tomonidan viloyat, respublika darajasida yoki xorijiy davlatda davolanishi lozim deb topilgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning davolanishi yoki jarrohlik amaliyotidan o‘tishi bilan bog‘liq xarajatlar uchun mahalladagi yoshlar yetakchisining tavsiyasiga asosan “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratiladi.
57. Ariza beruvchi shifokor ko‘rigidan o‘tgandan so‘ng mahalladagi yoshlar yetakchisi uch ish kuni ichida subsidiya ajratish haqidagi tavsiyanomani yoki rad etish haqidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi.
Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi murojaat unga tushgan paytdan boshlab uch ish kuni ichida ariza beruvchining sog‘lig‘ini baholash uchun shifokor jalb qilishga ko‘maklashmasa yoki subsidiya ajratishni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiq bo‘lganda Vasiylik kengashi uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi.
58. Nogironlik belgilari aniq namoyon bo‘lgan yoshlar belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tish uchun Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalariga yuboriladi.



Download 22.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling