1-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish tartibi


-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish kurslari xarajatlarini qoplash tartibi


Download 22.95 Kb.
bet2/10
Sana04.02.2023
Hajmi22.95 Kb.
#1158754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yoshlar daftari haqida

2-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish kurslari xarajatlarini qoplash tartibi
16. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismi hokim yordamchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ushbu Nizomga 3-ilovadagi sxemaga muvofiq o‘qitish xizmatini ko‘rsatgan nodavlat ta’lim tashkiloti yoki kasb-hunarga o‘qitish markaziga qoplab beriladi.
Bunda yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismi, biroq bir oygacha, bir oydan ikki oygacha, ikki oydan ortiq muddatli o‘quv kurslari uchun tegishlicha BHMning 4, 8, 12 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi qoplab beriladi.
O‘quv kurslari xarajatlarining qolgan qismi ariza beruvchi tomonidan nodavlat ta’lim tashkilotiga to‘lab beriladi.
17. Tadbirkorlikka yoki kasb-hunarga o‘qish istagida bo‘lgan ariza beruvchi o‘qitish kurslari xarajatlarini qoplashni so‘rab Vasiylik kengashiga o‘zi va ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasini taqdim etadi.
Shartnomada ta’lim tashkilotining nomi, STIR, o‘quv kursi yoki o‘qitiladigan kasb-hunar nomi, o‘quv kursining bir oylik to‘lovi miqdori va umumiy muddati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng Vasiylik kengashi uch ish kuni ichida murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi hokim yordamchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
Hokim yordamchisi besh ish kuni ichida o‘qish xarajatlarini qoplash haqidagi tavsiyanoma yoki rad etish haqidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda subsidiya ajratishni rad etish haqidagi xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi.
Agar hokim yordamchisi murojaatni unga kelib tushgan paytdan boshlab besh ish kuni ichida ko‘rib chiqmasa yoki o‘qish xarajatlarini qoplashni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaati ushbu Nizom talablariga muvofiq bo‘lganda Vasiylik kengashi uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi.
Murojaatni o‘rganish natijalari bo‘yicha Vasiylik kengashi tomonidan o‘qish xarajatlarini qoplash haqida qaror qabul qilingandan so‘ng uch ish kuni ichida o‘quv kursi uchun belgilangan mablag‘lar ariza beruvchining o‘qiganligini tasdiqlovchi hisob-faktura va dalolatnomaga asosan ta’lim tashkilotining hisob raqamiga o‘tkazib boriladi.
18. Hokim yordamchisi ariza beruvchi haqiqatda o‘quv kursida o‘qiyotganligini har oyda kamida bir marta monitoring asosida o‘rganadi.
O‘rganish jarayonida ariza beruvchi o‘quv kursida o‘qimayotganligi aniqlangan taqdirda, hokim yordamchisining taqdimnomasiga asosan o‘quv kursi xarajatlarini qoplash to‘xtatiladi.


Download 22.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling