Dasrnini mustahkamlash bosqichida:
I.Tarqatmalarda berilgan matnlardan qo’shma gaplarni toping va gap turlarini,ularni bog’lovchi vositalarni aniqlang.
II.Gaplar ma’nodoshligiga gaplar tuzing:
1.Inson odobi bilan go’zal,uning odobi kimligidan darak beradi-bog’lovchisiz q/g’
2.Inson odobi bilan go’zal va uning odobi kimligidan darak beradi-bog’langan q/g;
3.Inson odobi bilan go’zal,chunki uning odobi kimligidan darak beradi-ergashgan q/g;
IV.Test sinovi:
1.Sayyora kimyo fanini sidqi dildan o’rganmoqchi,chunki u shifokor bo’lish niyatida -gap qaysi vosita bilan bog’langan?
A.Yuklama B.Erhashtiruvchi bog’lovchi C.Ohang D.Bog’lovchi vosita
2.Berilgan gap turini aniqlang:Osmonda quyosh porlab turibdi,qalblar esa sevinchga tola
A.Bog’langan q/g B.Sodda gap C.Ergashgan q/g D.Bog’lovchisiz q/g
3.Salim Oybekni kechirmadi,chunki u ishongan sirini hammaga oshkor etdi-gap nima bilan bog’langan?
A.Ergashtiruvchi bog’lovchi B.Ohang
C.Yuklama D.Ko’makchi qurilma
4.Qo’shma gap qismlari qaysi vosita orqali bog’langan?
Men ham kinoga bormoqchi edim,ammo vaqt topa olmadim.
A.Ohang B.Ergashtiruvchi bog’lovchi
C.Ayiruv bog’lovchisi D.Zidlov bog’lovchidi
5.Gap turini aniqlang:Dam qor gupillab yog’ar edi,dam jala quyar edi.
A.Bog’lovchisiz q/g B.Ergashgan q/g C.Sodda gap D.Bog’langan q/g
Javoblar:1.B 2.A 3.A 4.D 5.D
Uyga vazifa:Badiiy asarlardan qo’shma gap turlariga misollar topib yozing:
1.Akbarali Bektemir akaning baxtiyor kulib turgan yuzini ko’z oldiga keltirdi,u konchi formasini kiyganda juda quvonib ketgan edi-Bog’lovchisiz q/g;
2.U shoshib ona qo’lidan tugunchani oldi-yu,hech qayoqqa qaramasdan,hech nima demasdan o’zini ovqatga urdi-bog’langan q/g;
Do'stlaringiz bilan baham: |