12 –AMALIY MASHG‘ULOT. YOG‘LAR KONSTANTASINI ANIQLASH USULLARI
Birikmalar va ularning xossalarini ifodalovchi turg‘un sonlar shu moddalarning o‘zgarmas sonlari, ya’ni konstantalari deb ataladi.
Konstantalar fizikaviy asboblar va kimyoviy reaksiyalar yordamida aniqlanadi. SHuning uchun ham yog‘ konstantalari ikki guruhga: fizikaviy va kimyoviy konstantalarga bo‘linadi.
YOG‘LARNING FIZIK KONSTANTALARINI ANIQLASH
YOg‘larning zichligi (solishtirma og‘irligi), erish va qotish harorati, sinish ko‘rsatkichi (refraksiya koeffitsienti), yopishqoqligi, eruvchanligi va boshqalar fizikaviy konstantalarga kiradi. Bular ichida refraksiya koeffitsienti yog‘larni tahlil qilishda katta ahamiyatga ega. CHunki bir xil mahsulotdan olingan yog‘larning erish, qotish haroratlari va zichligi yog‘ olish usuliga hamda o‘simlikning o‘stirilgan joyiga qarab o‘zgaradi va bir-biridai katta farq qiladi (jadvalga qarang).
YOg‘larning qotish va erish haroratlari ma’lum bo‘lgan umumiy usullar bilan aniqlanadi.
YOg‘larning fizik konstantalari
YOg‘lar nomi
|
Qotish
Harorati
|
Erish
|
Zichligi
|
CHo‘chqa yog‘i
|
22-32
|
22-51 (36-46)
|
0,931-0,938
|
Qo‘y yog‘i
|
32-38
|
33-51
|
0,937-0,961
|
Mol yog‘i
|
30-38
|
40-50
|
0,937-0,953
|
Kakao moyi
|
22-27
|
26-36 (30-34)
|
0,945-0,975
|
Dafna daraxti moyi
|
24-25
|
32-40
|
0,933-0,953
|
Bodom moyi
|
-10 – (-20)
(-10 dan past)
|
-
|
0,915-0,920
|
Kanakunjut moyi
|
-10 – (-18)
|
-
|
0,950-0,974
|
Paxta moyi
|
1 – (-6)
|
-
|
0,904-0,930
|
QATTIQ MOYLAR VA MUMLARNING ZICHLIGINI ANIQLASH
Zichlik (solishtirma og‘irlik) moddaning hajm birligidagi massasidir, ya’ni
Agar massa (m) gramm bilan, hajm (v) kub santimetr bilan o‘lchansa, u holda zichlik R = g/cm3 holida ifodalanadi. YA’ni hajm (sm3) birligida massaning grammlar hisobidagi og‘irligidir.
Odatda zichlik piknometr yordamida aniqlanadi.
Aniqlash texnikasi (XI DFga ko‘ra). Toza piknometr olib, analitik tarozida tortiladi. Bo‘sh piknometrning og‘irligi (m) ni bilgach, unga belgisiga qadar 200 haroratdagi distillangan suv solib, piknometr bilan suvning birgalikdagi og‘irligi (ml) topiladi. Suvni to‘kib tashlab, piknometr quritiladi. Quritilgan piknometrning 1/3 – 1/2 hajmiga qadar pipetka yordamida eritilgan yog‘ yoki mum solinadi (yog‘ yoki mum eritmasi piknometr bo‘ynining ichki devoriga tegib qotib qolmasligi kerak). Ba’zan yog‘ yoki mumni piknometrga eritma holida solmasdan, balki kichik sharcha yoki tayoqcha shaklida tayyorlanib joylashtiriladi, keyin piknometrni suv hammomida qizdirib, yog‘ yoki mum eritiladi.
YOg‘ yoki mum solingan piknometrni 1 soat davomida issiq suvda (eritma ichidagi havoni chiqarib yuborish maqsadida) tutib turiladi va 200 gacha sovutilib, so‘ngra analitik tarozida tortiladi. Bunda piknometr bilan yog‘ (yoki mum) ning birgalikdagi og‘irligi (m2) topiladi. So‘ngra piknometrning belgisiga qadar 200 li haroratdagi distillangan suvdan quyib, oxirgi marta analitik tarozida tortiladi va yog‘ (yoki mum), suv hamda piknometrning birgalikdagi umumiy og‘irligi (m3) topiladi. Keyin yog‘ yoki mumning zichligi (R) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
bunda m - bo‘sh piknometrning og‘irligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |