1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash


- amaliy mashg‘ulot. TARKIBIDA MONOTSIKLIK MONOTERPENLAR BO‘LGAN EFIR MOYLAR VA DORIVOR O‘SIMLIKLARNING MIKROSKOPIK TUZILISHINI O‘RGANISH


Download 199.58 Kb.
bet13/66
Sana15.11.2023
Hajmi199.58 Kb.
#1775290
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66
Bog'liq
1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash

11- amaliy mashg‘ulot. TARKIBIDA MONOTSIKLIK MONOTERPENLAR BO‘LGAN EFIR MOYLAR VA DORIVOR O‘SIMLIKLARNING MIKROSKOPIK TUZILISHINI O‘RGANISH

QALAMPIR YALPIZ BARGI VA MOYI – FOLIA ET OLEUM MENTHAE PIPERITAE
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasida qaynatib va suvda yuvilgan bargning tashqi tuzilishi mikroskop ostida xloralgidrat eritmasida quriladi (1-rasm). Epidermis hujayralar devori egri-bugri, ustitsalar bargning har ikkala tomonida uchraydi, ular ikkita epidermis hujayrasi bilan o‘ralgan (labguldoshlar oilasiga xos). Barg epidermisining ustida ikki-to‘rt hujayrali, qalin devorli, uzun, so‘galli tuklar hamda oval yoki teskari tuxumsimon shaklli bir hujayrali bezli boshchali va bir hujayrali kalta oyoqchali tuklar bo‘ladi. Uzun tuklar kam bo‘lib, faqat barg chetida va tomirlar ustida, bezli boshchali tuklar esa barg plastinkasining ustida tarqoq holda uchraydi. Bundan tashqari, bargning har ikkala tomonidagi epidermisda kalta oyoqchasi bilan birikkan efir moyli bezlar bo‘ladi. Bu bezlar 8 ta, radius bo‘yicha joylashgan efir moyi ishlab chiqaruvchi hujayralardan tuzilgan. Efir moyi ishlab chiqaradigan bezlarda yig‘ilgan moy kutikula qavati ostiga to‘planadi. Ba’zan mentol kutikula qavati ostida kristallga aylanib qoladi. Bargda kalsiy oksalatning kristallari bo‘lmaydi.
1-rasm. Qalampir yalpiz bargining tashqi tuzilishi. A – bargning yuqori epidermisi; B – bargning pastki epidermisi. 1 – efir moyli bezlar; 2 – ustitsa; 3 – boshchali tuk; 4 – qat-qat joylashgan kutikula; 5 – oddiy tuk.

MARMARAK (MAVRAK) BARGI - FOLIA SALVIAE

Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasida qaynatib yoritilgan bargning tashqi ko‘rinishi mikroskopda ko‘riladi (2- rasm). Bargning yuqori epidermisi ko‘p burchakli yoki yumaloq biroz egri-bugri devorli, pastki epidermisi esa umuman egri-bugri devorli hujayralardan tashkil topgan, Ustitsalar asosan pastki epidermisda joylashgan bo‘lib, 2 ta epidermis hujayra bilan o‘ralgan (labguldoshlar oilasiga xos). Bargdagi tuklar ikki xil bo‘ladi: oddiy (3-4 ta kichkina va bitta uzun egri-bugri hujayrali) hamda boshchali tukchalar. Boshchali tuklar mayda bo‘lib, 1-3 ta mayda hujayrali qisqa oyoqchadan va yumaloq shaklli bir hujayrali boshchadan tashkil topgan. Boshchali tuklar asosan barg tomiri bo‘ylab joylashgan. Efir moyili bezlar tuklar ostida deyarli ko‘riimaydi. Bu bezlar yumaloq shaklli bo‘lib, efir moyi ishlab chiqaradigan, radius bo‘yicha joylashgan 8 ta hujayradan tashkil topgan (yalpiznikiga o‘xshash).

2-rasm. Dorivor marmarak bargining tashqi ko‘rinishi. A – bargning yuqori epidermisi; B – bargning pastki epidermisi. 1 – oddiy tuklar; 2 – boshchali tuklar; 3 – efir moyli bezlar; 4 – qat-qat joylashgan kutikula; 5 – ustitsa.


Download 199.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling