1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash
- amaliy mashg‘ulot. Dorivor mavrak (salvia officinalis l.) o‘simligi urug‘ining xona va dala sharoitidagi unuvchanligini aniqlash
Download 199.58 Kb.
|
1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7- amaliy mashg‘ulot. Mahsulot tarkibidagi askorbin kislotani aniqlash Askorbin kislotani sifat reaksiyasi yordamida aniqlash
- ASKORBIN KISLOTA MIQDORINI ANIQLASH
6- amaliy mashg‘ulot. Dorivor mavrak (salvia officinalis l.) o‘simligi urug‘ining xona va dala sharoitidagi unuvchanligini aniqlash
Tibbiyotda mavrakning bargi ishlatiladi. Tarkibida efir moyi, flavonoidlar, ursol va oleanol kislotalar, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Mavrak bargining preparatlari burishtiruvchi, dezinfeksiyalovchi va yallig‘lanishga qarshi dori sifatida yuqori nafas olish yo‘llari kasalliklarida og‘iz va tomoq chayqash uchun qo‘llaniladi. Efir moyidan dorishunoslik amaliyotida suyuq dori shakllarining xid va ta’mini yaxshilashda foydalaniladi. Mavrak bargi tomoq, oshqozon kasalliklarida va qorin og‘rig‘ini qoldirishda ishlatiladigan choylar tarkibiga kiradi. Dorivor mavrak (salvia officinalis l.) – labguldoshlar (Labiatae) oilasiga mansub bo‘lib, ko‘p yillik o‘t yoki chala buta. Poyasi 20 – 70 sm., 4 qirrali, barglari oddiy, qarama – qarshi joylashgan kulrang – yashil, uzunligi 8 – 10 sm. bo‘lib bujmaygan. To‘pguli yirik, ro‘vaksimon. Gullari ikki labli, och pushti, binafsha va oq rangda. Mevasi yong‘oqcha. Iyun – sentyabr oylarida gullab urug‘laydi. Geografik tarqalishi: Qrim, Kavkaz va O‘rta Osiyo cho‘llarida hamda tog‘larning qiyaliklarida o‘sadi. YUqori sifatli, qimmatbaho efir moyi olish uchun Moldaviya, Ukraina va Krasnodar o‘lkasida ekiladi. Urug‘larning unuvchanligi ekishga yaroqliligini belgilaydigan eng muhim xususiyatlaridan biridir. Urug‘larning unuvchanligi ekinning qalinligiga, o‘simliklarning bir yo‘la yaxshi rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Laboratoriya sharoiti eng qulay bo‘lganligi uchun urug‘larning unuvchanligi daladagiga qaraganda doimo yuqori bo‘ladi. SHunday bo‘lsa ham, urug‘larning laboratoriyada aniqlangan unuvchanligi ekishga yaroqlilik sifatlarini etarlicha yaxshi ifodalaydi. Dorivor mavrak o‘simligi urug‘larining unuvchanligini aniqlash uchun GOST 203666 va M.K. Firsova (1969) usulidan foydalaniladi. O‘simlik urug‘larining laboratoriya sharoitida unuvchanligini aniqlash maqsadida, Petri likobchasiga distillangan suv bilan namlangan filtr qog‘oz qo‘yilib, uning ustiga 100 donadan urug‘ solinadi va xona sharoitida 4 karra takrorlangan holda o‘stirib ko‘riladi. Urug‘larning dala sharoitidagi unuvchanligini aniqlash uchun o‘simlik urug‘laridan 100 donadan 4 karra takrorlash asosida 1-2 sm chuqurlikda ekiladi. Olingan ma’lumotlar quyidagi jadvallarga qayd qilinadi. 1-jadval Dorivor mavrak o‘simligi urug‘ining xona sharoitida unib chiqishi ko‘rsatgichlari
2-jadval
7- amaliy mashg‘ulot. Mahsulot tarkibidagi askorbin kislotani aniqlash Askorbin kislotani sifat reaksiyasi yordamida aniqlash Dorivor mahsulotlar tarkibidagi vitaminlarni asosan xromatografik usul yordamida aniqlanadi. Bu usul bo‘yicha na’matak mevasi tarkibidagi askorbin kislota quyidagicha aniqlanadi: 0,5 g na’matak mevasini chinni hovonchada maydalanadi va ustiga 5 ml suv quyib, aralashtirib, 15 daqiqaga qadar tindiriladi, so‘ngra ajratma filtrlanadi. Silufol plastinkasining start chizig‘iga tayyorlangan ajratmadan kapillyar (shisha qil naycha) yordamida tomiziladi. Tomchining qatoriga «guvoh» modda sifatida askorbin kislota eritmasi tomizilib, keyin plastinka ichiga erituvchilar aralashmasi (etilatsetat-konsentrik sirka kislotasining 80:20 nisbatdagi aralashmasi) qo‘yilgan xromatografik kameraga joylashtiriladi va 20 daqiqa davomida qoldiriladi (erituvchilar aralashmasi taxminan 13 sm ga ko‘tariladi). So‘ngra plastinka kameradan olinib, havoda quritiladi va xromatogrammaga 2,6-dixlorfenolindofenolyat natriyning suvdagi 0,04 % li (yoki 0,001 mol/l li) eritmasi purkaladi. Natijada, «guvoh» sifatidagi va ajratmadagi askorbin kislotalar pushti fonda bir xil balandlikda joylashgan ikkita oq dog‘lar sifatida ko‘rinadi. ASKORBIN KISLOTA MIQDORINI ANIQLASH Askorbin kislota miqdorini aniqlash, uning oksidlovchilar yordamida oksidlanish xususiyatiga asoslangan. Askorbin kislota yumshoq oksidlovchilar (KJOz, yod va 2,6-dixlorfenolindofenolyat natriy eritmalari) yordamida titrlab aniqlanadi. Na’matak o‘simligining mevasi tarkibidagi askorbin kislota miqdorini aniqlash (XI DF bo‘iicha). Na’matakning tozalangan mevasidan tarozida 10 g (tozalanmagan mevadan 20 g) tortib olib, uni chinni havonchaga solinadi. So‘ngra 5 g neytral shisha maydasidan hamda 300 ml suv (ozginadan bo‘lib-bo‘lib qo‘shiladi) solib, yaxshilab eziladi va 10 daqiqa davomida quyib qo‘yiladi. Ma’lum vaqtdan so‘ng aralashtirib, filtrlanadi. 50-100 ml hajmli konussimon kolbaga 1 ml filtratdan solib, unga xlorid kislotaning 2 % li eritmasidan 1 ml va 13 ml suv qo‘shiladi hamda tez-tez chayqatib turib, 1 daqiqa 06 ichida o‘chmaydigan pushti rang hosil bo‘lgunga qadar, 2,6-dixlorfenolindofenolyat natriy birikmasinig 0,001 mol/l eritmasi bilan mikrobyuretka yordamida titrlanadi. ml 2,6-dixlorfenolindofenolyat natriyning 0,001 mol/l eritmasi 0,000088 askorbin kislotaga to‘g‘ri keladi. Askorbin kislotaning absolyut holigacha quritilgan mahsulotdagi % miqdori (X) quyidagi formula yordamida aniqlanadi: A∙F.0,000088.V.100.100 X= R∙ S (100-W) bunda A–2,6–dixlorfenolindofenolyat natriyning 0,001 mol/l aralash-madagi askorbin kislotani titrlash uchun ketgan ml miqdori; F – 2,6 – dixlorfenolindofenolyat natriyning 0,001 mol/l eritmasining to‘g‘rilash faktori; V - mahsulotdan tayyorlangan ajratmaning ml miqdori; S - titrlash uchun olingan ajratmaning ml miqdori; R - tahlilga olingan mahsulotning g miqdori; W - mahsulotning % bilan ifodalangan namligi. Tarkibida vitamin S bo‘lgan o‘simliklar tabiatda ko‘p uchraydi. Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Na’matak mevasi kukunini xloralgidrat eritmasiga solib qizdiriladi, so‘ngra mikroskop ostida ko‘riladi (1- rasm). Meva epidermisi bir-biri bilan tutashgan qalin devorli hujayralardan iborat. Mevaning yumshoq qismi parenxima hujayralaridan tashkil topgan bo‘lib, bu hujayralar ichida qizil tomchilar - pigmentlar va druzlar uchraydi. YOng‘oqchaning po‘sti yog‘ochlangan, toshsimon hujayralardan, mag‘zining po‘sti esa ikki qavat yupqa hujayralardan iborat. Tuklar ikki xil bo‘ladi: birinchi xili juda ham yirik, bir hujayrali, silliq, qalin devorli, to‘g‘ri, dag‘al, ikkinchi xili esa maydaroq, ko‘pincha yupqa devorli, biroz egri-bugri shaklli, bir hujayrali bo‘ladi. Odatda kukunda bu tuklar singan holda uchraydi. Urug‘ yadrosining parenximasida moy tomchilari ko‘p bo‘ladi. 1- rasm. Na’matak mevasining kukuni (poroshogi). 1 - meva epidermisi; 2 - meva yumshoq qismining xujayralaridagi druzlar; 3 - meva yumshoq qismining xujayralaridagi karotinoidlar va druzlar; 4 - yong‘oqchaning toshsimon xujayralari; 5 - tuklar; 6 - o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlarining elementlari. Download 199.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling