1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash
-AMALIY MASHG‘ULOT. O‘SIMLIKDAGI MOY MIQDORINI ANIQLASH USULLARI
Download 199.58 Kb.
|
1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash
8-AMALIY MASHG‘ULOT. O‘SIMLIKDAGI MOY MIQDORINI ANIQLASH USULLARI
Moylar o‘simlik organlaridan Sokslet yoki Zaychenko apparatlarida organik erituvchi yordamida ajratib olib aniqlanadi. So‘ngra organik erituvchi haydaladi va qolgan moyni tortib, miqdori aniqlanadi yoki o‘simlik organik ekstraksiya qilingach, tarozida tortib, og‘irligi belgilanadi. Bu og‘irlik moyni ekstraksiya qilishdan oldingi og‘irligidan olib tashlansa, tahlil uchun olingan mahsulotdagi moy miqdori kelib chiqadi. Odatda moylar miqdori % bilan ifodalanadi. Mahsulotdagi yog‘ miqdorini Sokslet apparati yordamida aniqlash texnikasi. Sokslet apparati quyidagi 3 qismdan tashkil topgan: I qabul qiluvchi kolba (pastki qism), II ekstraktor moyni ekstraksiya qiladigan bo‘limi (o‘rta qism) III sovutqich (yuqori qism) Bu apparatning har uchchala qismi silliqlangan yuza bilan o‘zaro birlashadi. Ekstraktor tagi tutash idishlar prinsipida ishlangan. Qo‘l tarozida 1 g qilib aniq tortilgan, po‘sti olingan va maydalangan urug‘ filtr qog‘ozdan yasalgan patronga solinadi. Mahsulotni patroni bilan birga yana tarozida tortib ko‘rib, Sokslet apparat ekstraktoriga joylashtiriladi hamda apparat bo‘laklarini o‘zaro birlashtiriladi va sovutqich vodoprovodga ulanadi. Mahsulotdagi moyni ekstraksiya qilish uchun apparatning yuqori qismidan etarli miqdorda efir quyiladi. Sokslet apparatini suv hammomiga o‘rnatib, issiq suv bilan qizdiriladi (efir yonuvchi bo‘lgani sababli, efir solingan kolbani ochiq alanga yoki elektr plitka ustida qizdirish mumkin emas). Qaynagan efir bug‘i ekstraktorning yug‘on A naychasi orqali sovutgichga o‘tadi va u erda sovib, suyuqlikka aylanadi, so‘ngra qaytadan ekstraktorga tomchilab oqib tushadi. Sovutqichdan oqib tushayotgan efir ekstraktorda to‘planayotganda urug‘dagi moy ekstraksiyalanib, efirga o‘tadi. Ekstraktordagi efirning (mahsulotdagi moyni eritib olgan efir) balandligi V naycha balandligiga teng bo‘lganda, efir shu naycha orqali qabul qiluvchi kolbaga oqib tushadi. Ekstraksiya bo‘lgan moy kolbada qoladi, efir esa bug‘ga aylanib, yana ekstraktorning A naychasi orqali sovutqichga qaytadi. Bu jarayon patrondagi urug‘ tarkibidagi moy butunlay ekstraksiyalanib bo‘lganiga qadar davom ettiriladi. Moyning butunlay ekstraksiyalanib bo‘lganligini aniqlash uchun ekstraktordan oqib tushayotgan efirdan filtr qog‘ozga tomiziladi. Agar filtr qog‘ozda dog‘ qolmasa, ekstraksiya jarayoni tamom bo‘lgan hisoblanadi. So‘ngra ekstraktordan patronni olib, havoda quritiladi (efir tezda uchib ketadi) va tarozida tortiladi. Moyni ekstraksiya qilishdan oldingi patron og‘irligidan, moyni ekstraksiya qilingandan keyingi patron og‘irligi olib tashlansa, ekstraksiyalangan moy miqdori (a) kelib chiqadi. Mahsulotdagi moy miqdorini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: bunda X mahsulotdagi moyning % miqdori; A-ekstraksiya bo‘lgan moy miqdori; V tahlilga olingan urug‘ og‘irligi. Download 199.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling