1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash


- amaliy mashg‘ulot. Dorivor o‘simlik mahsulotlarning namligi kul miqdorini aniqlash


Download 199.58 Kb.
bet8/66
Sana15.11.2023
Hajmi199.58 Kb.
#1775290
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66
Bog'liq
1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash

5- amaliy mashg‘ulot. Dorivor o‘simlik mahsulotlarning namligi kul miqdorini aniqlash
Dorivor o‘simlik mahsulotlarning namlikni aniqlashning ahamiyati katta.
Aniqlash texnikasi (XI DF ga ko‘ra). Analitik tarozida aniq tortilgan ikkita 35 g (ayrim hollarda 12 g) og‘irlikdagi mahsulot (tahlil uchun olingan mahsulot) doimiy og‘irlikkacha quritilgan va tortilgan 2 ta byuksga ayrimayrim solinadi. So‘ngra ikala byuks mahsulot bilan qurituvchi pechda 1001500 da doimiy og‘irlikkacha quritiladi. Qizdirilgan byukslarni tortishdan oldin eksikatorda 30 daqiqa sovutiladi.
Birinchi tortish barg, er ustki qism va gullar uchun 2 soat, ildiz, ildizpoya, po‘sloq, meva, urug‘ va boshqa mahsulotlar uchun 3 soat qizdirib, 30 daqiqa sovutilgandan so‘ng o‘tkaziladi. Byukslar doimiy og‘irlikka kelguncha qizdiriladi, sovutiladi va tortiladi. Keyingi qizdirishlar va sovutishlar 30 daqiqa davomida bo‘ladi.
Keyingi ikki marta tortilgan byuks og‘irligining farqi o‘zaro 0,01 g dan ortiq bo‘lmasa, byuks doimiy og‘irlikka kelgan yoki mahsulot absolyut quritilgan hisoblanadi.
Namlik % i har ikala namuna uchun ayrimayrim holda quyidagi formula bilan aniqlanadi:

bunda x – namlik % i;
dorivor mahsulotning quritishdan oldingi og‘irligi;
dorivor mahsulotning quritishdan keyingi og‘irligi;
Ikkala namuna namligini o‘zaro farqi 0,5 % dan oshmasligi kerak. Ikkala namlik yig‘indisini ikkiga bo‘lib, o‘rtacha ko‘rsatkich topiladi.
GOST da hamma dorivor mahsulotlarning muayyan namlik miqdori ko‘rsatilgan bo‘ladi. Namlik miqdori havo namligiga hamda dorivor mahsulot tabiatiga bog‘liq.
Gigroskopik mahsulotlar havo namligini tez tortib oladi. Mahsulotni saqlashda ularning bu xususiyati hisobga olinadi.
Mahsulotning kul miqdorini aniqlash. Har kanday mahsulot yoqilsa yoki yuqori hapopatda qizdirilsa, yonib kulga aylanadi. Buni «umumiy kul» deyiladi. Umumiy kul tarkibida oksid holida ko‘p elementlar bo‘lib, u 10% li xlorid kislotasi ta’sirida suvda eriydigan tuzlar hosil qiladi. Kuldagi silikat angidrid esa 10% li xlorid kislotada erimay cho‘kmada qoladi. Bu cho‘kma «o‘lik kul» yoki ―10% li xlorid kislotasida erimaydigan kul‖ deb ataladi.
Umumiy kul miqdori hap bir o‘simlik uchun turlicha bo‘lib, ruxsat etiladigan miqdori GOST, OST, VTU hamda Davlat farmakopeyasida ko‘rsatiladi.
Agar o‘simlik iflos joyda yoki changli yo‘l yoqasida o‘ssa yoki tanasidan chang yopishadiga shira ajratsa, kuydirganda umumiy va «o‘lik kul» miqdori oshadi. Bunday o‘simliklarda, masalan, belladonna, mingdevona va bangidevona bargida kul miqdorining ko‘p bo‘lishiga GOST, VTU va DF da ruxsat etilgan.
Bundan tashqari, toza tayyorlanmagan va mineral aralashmalar ko‘p bo‘lgan mahsulotda ham 10 % li xlorid kislotada erimaydigan kul miqdori ko‘p bo‘ladi.
Demak, kul ham namlikka o‘xshab mahsulot sifatini aniqlashga yordam beradigan ko‘rsatkichlardan biridir.
Umumiy kulni aniqlash texnikasi (XI DF ga ko‘ra). Analitik tarozida aniq tortilgan 35 g maydalangan mahsulotni mufel pechida yuqori temperaturada qizdirib, doimiy og‘irlikka keltirilgan chinni tigelga solinadi. So‘ngra tigelni maxsus tayyorlangan uchburchakka o‘rnatib, spirtovka bilan dorivor mahsulot quyib bo‘lguniga qadar (tutun chiqishi to‘xtaguncha) astasekin qizdiriladi. Tutun chiqishi to‘xtagandan keyin tigelni mufel pechiga qo‘yiladi va doimiy og‘irlikka kelguncha yuqori 5000 haroratda qizdiriladi. Tigelni analitik tarozida tortishdan avval hap safar eksikatorda sovutiladi.
Agar tigeldagi dorivor mahsulotni spirtovka ustida quydirib olmasdan, to‘g‘ridanto‘g‘ri mufel pechida qizdirilsa yuqori haroratda alanga olib, bir qismi yonib uchib ketadi.
Mufel pechida qizdirishni tezlatish lozim bo‘lsa, tigeldagi mahsulotni spirtovka yordamida kuydiriladi va bir oz ammoniy nitrat qo‘shib mufel pechiga qo‘yiladi. Bunda tigeldagi aralashmani alanga olib ketishidan ehtiyot bo‘lish kerak.
Umumiy kulning % miqdorini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:

bunda x – umumiy kulning % miqdori;
a – tahlil olingan dorivor mahsulotning og‘irligi; v – kuydirishdan so‘ng qolgan kul miqdori;
10% li xlorid kislotada erimaydigan kulni aniqlash texnikasi. Mufel pechida qizdirilran tigeldagi umumiy kulga 15 ml 10 % li xlorid kislota eritmasidan solinadi, so‘ngra tigel ustini oynacha bilan yopib, qaynab turgan suv hammomchasida 10 daqiqa qizdiriladi. Tigelni hammomchadan olib, 5 ml issiq suv bilan suyultiriladi hamda yonganda kul qoldirmaydigan filtr qog‘ozda filtrlanadi, keyin qog‘ozda qolgan cho‘kmadan xlorid ioni ketgunga qadar bir necha marta issiq suv bilan yuviladi. SHundan so‘ng cho‘kmani filtr qog‘oz bilan birga oldingi tigelga solinadi. Tigelni uchburchakka o‘rnatib, spirtovka yordamida kuydirib olinadi va mufel pechiga joylashtirib, doimiy og‘irlikka kelguncha yuqori 5000 hapopatda qizdiriladi.
Xlorid kislotada erimaydigan kulning umumiy kuldagi % mikdori kuyidagi formula bilan aniqlanadi:

bunda x – xlorid kislotada erimaydigan kulning miqdori:
s – shu kul og‘irligi;
v – umumiy kul miqdori;


Download 199.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling