1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash


Download 199.58 Kb.
bet16/66
Sana15.11.2023
Hajmi199.58 Kb.
#1775290
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   66
Bog'liq
1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash

ml - piknometrning distillangan suv bilan birgalikdagi og‘irligi; m2 - piknometrning mum yoki yog‘ bilan birgalikdagi og‘irligi;
m3 - piknometrning yog‘ yoki mum hamda distillangan suv bilan birgalikdagi og‘irligi;
0,99703 - 200S dagi distillangan suv zichligi;
0,0012 - 200S dagi havo zichligi.

13 –AMALIY MASHG‘ULOT. YOG‘LARNI TAHLIL QILISHDA EFIR SONI VA YOD SONI
EFIR SONI
Efir soni deb, 1 g yog‘ tarkibidagi murakkab efirlarni sovunlash uchun ketgan kaliy ishqorining milligramm miqdoriga aytiladi.
Efir soni (E. S.) sovunlanish soni bilan kislota sonining ayirmasiga teng:
E.S. = S.S.- K.S.
Efir soni tajriba yo‘li bilan topiladigan bo‘lsa, oldin yog‘lar tarkibidagi sof kislotalar ishqor bilan neytrallanadi, so‘ngra sovunlanish sonini aniqlash usuli bilan efir soni topiladi.
YOg‘larni tahlil qilishda efir sonining ahamiyati. Efir sonining katta--kichikligi yog‘ tarkibidagi yog‘ kislotalarning molekula og‘irligiga bog‘liq. Glitseridlar hosil qilgan yog‘ kislotalarning molekulasi qancha yuqori bo‘lsa, efir soni shunchalik kichik bo‘ladi. Agar glitseridlar past molekulali uchuvchan kislotalardan tuzilgan bo‘lsa, efir soni shunga qarab kattalashadi.
Efir soni (hamda sovunlanish soni) yog‘larning glitseridlari tarkibiga kiradigan yog‘ kislotalarning molekula og‘irligiga bog‘liq bo‘lib, bu son kislota soniga qaraganda har bir yog‘ uchun xos va typg‘un. SHuning uchun efir soni (sovunlanish soni ham) tahlilga olingan yog‘ni indentifikatsiya qilishda (chinligini aniqlashda) yordam beradi. Bundan tashqari, efir soni yog‘larning tozaligini ham ko‘rsatadi. YOg‘ga sovunlanmaydigan boshqa birikmalar (parafin, mineral moylar va boshqalar) qo‘shilgan bo‘lsa, efir soni (sovunlanish soni ham) kamayib ketadi.
YOD SONI
Yod soni deb, 100 g moy tarkibidagi to‘yinmagan yog‘ kislotalarning qo‘shbog‘larini to‘yintirish uchun ketadigan yodning gramm miqdoriga aytiladi.
Yod sonini aniqlash usullari glitseridlar tarkibiga kiradigan to‘yinmagan yog‘ kislotalarning galoidlar bilan to‘yinishiga asoslangan. Har bitta qo‘shbog‘ning uzilishi hisobiga yog‘ kislota molekulasiga ikkita galoid joylashadi. SHuni aytib o‘tish kerakki, hamma galoidlar ham bir xil faollikda reaksiyaga kirishavermaydi. Masalan, xlor faol galoidlardan bo‘lib, butun qo‘shbog‘larni to‘yintirish bilan birga radikaldagi vodorod o‘rniga almashinish reaksiyasini ham beradi. Yod esa hamma qo‘shbog‘larni to‘yintira olmaydi. Brom, galoidlar ichida o‘rta vaziyatda turadi. U butun qo‘shbog‘larni to‘yintira oladi. SHuning uchun yod sonini brom bilan aniqlash usullari ham mavjud (Vinkler va Kaufman usullari).
Galoidlarning o‘zaro kompleks birikmalari - yod xlorid va yod bromid yod sonini aniqlash uchun qulay reaktivlar hisoblanadi. Bu reaktivlar yog‘ tarkibidagi kislotalarning qo‘shbog‘larini butunlay to‘yintira oladi va vodorod bilan almashinish reaksiyasini bermaydi. SHuning uchun yod sonini aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy usullarning hammasi yod xlorid yoki yod bromid reaktivlari bilan olib boriladi.
YOg‘larni tahlil qilishda yod sonining ahamiyati. YOg‘ glitseridlarini tashkil etgan yog‘ kislotalar tarkibida to‘yinmagan bog‘lanishlar qancha ko‘p bo‘lsa,ularni to‘yintirish uchun shuncha ko‘p galoidlar sarf etiladi, shu bilan birga yod soni ham kattalashadi. Agar yog‘ kislotalar to‘yinmagan qo‘shbog‘lar hisobiga oksidlansa, yoki yog‘larga boshqa aralashmalar (mineral yog‘lar, parafin) qo‘shilgan bo‘lsa, yod soni pasayadi. Har xil guruhlardagi quriydigan yoki qurimaydigan yog‘ bir-biriga aralashib ketganida ham yod sonining miqdori o‘zgaradi. Xulosa qilib aytganda, yod soni yog‘larning qaysi guruhga mansubligini, tozaligini aniqlashda va chinligini aniqlashda (identifikatsiya qilishda) katta ahamiyatga ega.
YOG‘LARNING TIBBIYOTDA VA FARMATSEVTIKADAGI AHAMIYATI
Tibbiyotda yog‘lar asosan surtma dori, linimentlar, malhamlar, tibbiyot sovunlari, shamchalar, sharchalar va boshqa dori turlarini tayyorlashda hamda ba’zi dorivor moddalarni eritish uchun ishlatiladi.
Tibbiyotda ba’zi yog‘lar sof holda ta’sir etuvchi dorivor vosita sifatida (kanakunjut moyi, baliq yog‘i va boshqalar) hamda vitaminlarga va boshqa biologik faol moddalarga boy (chakanda moyi, baliq yog‘i) mahsulot sifatida ishlatiladi.
To‘yinmagan, tarkibida ikki va undan ortiq qo‘shbog‘i bo‘lgan yog‘ kislotalar (linol, linolen, araxidon va boshqalar) odam organizmida moddalar almashinuvida juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, ular vitamin F nomi bilan yuritiladi.
Keyingi ma’lumotlarga qaraganda to‘yinmagan yog‘ kislotalar, (masalan, linol, linolen, araxidon va boshqalar) odam hamda hayvon organizmida gipotetik (faraz qilingan) prostonoev kislota unumlari bo‘lgan prostaglandinlar biosintezida boshlang‘ich birikma ekanligi aniqlandi. Prostaglandinlar fiziologik faol moddalar bo‘lib, o‘zlarining tuzilishiga (to‘yinmagan qo‘shbog‘lar soni va joylashishiga, gidro-, oksi-, keto- va boshqa guruhlarning joylanishiga) qarab bachadonni qo‘zg‘atishi yoki qisqartirishi, bronxlarni kengaytirishi yoki toraytirishi mumkin hamda organizmdagi yog‘ almashinuviga ta’sir qiladi va qisman infarktning oldini olishi mumkin.
YUqorida aytilganlarga binoan ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalardan tashkil topgan moylar (zig‘ir moyi va boshqalar)ning meditsinada ishlatilishi yanada kengaydi.
YOG‘LARNI SAQLASH
YOg‘lar odatda salqin, yorug‘lik kam tushadigan (qorong‘i) xonalarda stellajlar ustida saqlanadi. Dorixonalarda yog‘lar og‘zi jips yopiladigan idishga to‘ldirib solingan holda, skladlarda esa bidonlarda saqlanadi.


Download 199.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling