1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash
- amaliy mashg‘ulot. YOg‘larning kimyoviy konstantalarini aniqlash
Download 199.58 Kb.
|
1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash
15- amaliy mashg‘ulot. YOg‘larning kimyoviy konstantalarini aniqlash
Kislota (neytrallash soni), sovunlanish, yod, efir, Reyxert-Meysl, Gener, Polenske, atsetil va boshqa sonlar yog‘larning kimyoviy konstantalariga kiradi. Bulardan kislota, sovunlanish, yod va efir sonlari yog‘lar tahlili uchun eng muhim hisoblanadi. SHuning uchun yog‘lar sifatini, tozaligini va qaysi guruhga mansubligini belgilashda yuqorida ko‘rsatilgan to‘rtta son albatta aniqlangan bo‘lishi kerak. YOg‘lar tarkibida past molekulali uchuvchan kislotalardan tuzilgan glitseridlar ko‘p bo‘lsa, Reyxert-Meysl sonini aniqlash ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Kislota soni Kislota soni deb, 1 g yog‘ (yoki efir moyi, mum, smola va boshqalar) tarkibidagi sof kislotalarni neytrallash uchun ketgan kaliy ishqorining milligramm miqdoriga aytiladi. Aniqlash texnikasi (XI DF bo‘yicha). Analitik tarozida 10 g yog‘ tortib olib, uni 250 ml hajmli kolbada neytral holga keltirilgan 50 ml efir va 95 % li spirt aralashmasida (1:1) eritiladi. So‘ngra unga 1 ml fenolftalein eritmasidan qo‘shib, kaliy yoki natriy ishqorining 0,1mol/l eritmasi bilan tez-tez chayqatib turib, 30 sekund ichida o‘zgarmaydigan pushti rangga kelguncha titrlanadi. Kislota soni (K. S.) quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: V. 5,61 = mg; K.S. P bunda - V - titrlashga ketgan 0,1 mol/l kaliy yoki natriy ishqorining ml miqdori; R - tahlil uchun olingan yog‘ning gramm mikdori; 5,61- kaliy ishqori 0,1 mol/l eritmasining 1 ml da eritilgan KON ning mg miqdori. YOg‘larni tahlil qilishda kislota sonining ahamiyati. Kislota soni yog‘lar sifatini ko‘rsatadi. YOg‘larni yomon saqlanishi, namlik va fermentlar ta’sirida glitseridlarning parchalanishidan normadan ortiqcha sof kislotalar paydo bo‘ladi. Glitseridlar qancha ko‘p buzilsa va parchalansa, sof kislotalar shuncha ko‘p hosil bo‘ladi. Natijada kislota soni normadan oshib ketadi. Sovunlanish soni Sovunlanish soni deb, 1 g moy tarkibidagi sof kislotalarni neytrallash va murakkab efirlarni sovunlash (gidrolizlanish) ychyn ketgan kaliy ishqorining milligramm miqdoriga aytiladi. Aniqlash texnikasi (XI DF bo‘yicha). Analitik tarozida 2 g yog‘ tortib olib, 200-250 ml hajmdagi kolbaga solinadi, unga kaliy ishqorining 0,5 mol/l spirtdagi eritmasidan 25 ml qo‘shiladi. Kolbaga vertikal holatda sovutqich o‘rnatib, qaynab turgan suv hammomida bir soat davomida sekin qizdiriladi. SHunda kolbadagi yog‘ butunlay sovunlanishi kerak. Gidroliz natijasida vujudga kelgan mahsulotlar suvda erib, tiniq eritma hosil qiladi. Bunda eritma ustida suzib yurgan yog‘ tomchilari bo‘lmasligi va kolba ichidagi eritmaga suv qo‘shganda loyqalanmasligi kerak. Qizdirish vaqtida kaliy ishqorining spirtdagi eritmasi o‘zgarib ketishi mumkin, shuning uchun shu sharoitda asosiy tajriba bilan birga kontrol tajriba ham qo‘yiladi (kontrol tajribada yog‘ qo‘shilmaydi). Qizdirish to‘xtatilgandan so‘ng tezda ikkala (asosiy va kontrol) kolbaga 25 ml dan issiq suv, 1 ml dan fenolftalein eritmasi qo‘shib kolbalardagi suyuqlik rangsizlanguniga qadar reaksiyaga kirmay ortib qolgan kaliy ishqorini xlorid kislotaning 0,5 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. Agar tahlilga olingan birikmalar qiyinlik bilan sovunlansa, jarayonni tezlatish uchun ozgina ksilol qo‘shib, ko‘proq qizdiriladi. Sovunlanish natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar rangli bo‘lganida fenolftalein indikatori o‘rniga timolftalein ishlatish tavsiya etiladi. Sovunlanish soni (S.S.) quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: (V1-V2). 28,05 = mg; S.S. P bunda - V1 - kontrol tajribani titrlash uchun ketgan 0,5 mol/l xlorid kislotaning ml miqdori; V2 - asosiy tajribani titrlash uchun ketgan 0,5 mol/l xlorid kislotaning ml miqdori; R - tahlil uchun olingan yog‘ning g miqdori; 28,05- kaliy ishqori 0,5 mol/l eritmasining 1 ml da eritilgan KON ning mg miqdori. Download 199.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling