1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash


- amaliy mashg‘ulot. Tarkibida timol bo‘lgan efir moyi saqlovchi dorivor o‘simliklarning mikroskopik tuzilishini o‘rganish


Download 199.58 Kb.
bet20/66
Sana15.11.2023
Hajmi199.58 Kb.
#1775290
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   66
Bog'liq
1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash

17- amaliy mashg‘ulot. Tarkibida timol bo‘lgan efir moyi saqlovchi dorivor o‘simliklarning mikroskopik tuzilishini o‘rganish
ODDIY TOFJAMBIL ER USTKI QISMI VA MOYI –
NERBA ET OLEUM TNUMI

Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasi bilan yoritilgan bargning tashqi ko‘rinishi mikroskop ostida ko‘zdan kechiriladi (1-rasm). Barg yuqori epidermisining hujayrasi to‘g‘ri, yo‘g‘onlashgan devorli, pastki epidermis hujayralari esa egri-bugri devorli bo‘lib, yo‘g‘onlashgan erlari xira ko‘rinadi. Ustitsalar bargning har ikkala epidermisida uchraydi. Efir moyli bezlar yirik, bargning har ikkala tomoniga joylashgan. Bu bezlar radius bo‘yicha joylashgan 8 ta (ba’zan 12 ta) efir moyi ishlab chiqaruvchi hujayralardan tashkil topgan. Bargdagi tuklar to‘rt xil bo‘ladi:


juda kalta konussimon tuklar;
dag‘al, cho‘ziqroq so‘galchali, bir-ikkita hujayrali, oddiy to‘g‘ri tuklar;
bargning pastki asos qismida, qirrasida, poya va kosacha barglarida bo‘ladigan ikki ba’zan 3 hujayrali, tizzaga o‘xshab bukilgan tuklar;
boshchalari bir hujayrali, teskari tuxumsimon yoki yumaloq va oyoqlari kalta, bir hujayrali tuklar.
1-rasm. Oddiy tog‘jambil bargining tashqi ko‘rinishi.
A- bargning yuqori epidermisi; B- bargning pastki epidermisi; 1- tizzasimon tuk; 2- so‘rg‘ichsimon (konussimon) tuk; 3- efir moyli bezlar; 4- boshchali tuk; 5-tasbexsimon qalinlashgan hujayra po‘sti; 6- qat-qat joylashgan kutikula.
SUDRALIB O‘SUVCHI TOFJAMBIL ER USTKI QISMI –
HERBA SERPYLLI

Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasi bilan yoritilgan bargning tashqi tuzilishi mikroskop ostida ko‘zdan kechiriladi (20-rasm). Bargning har ikkala tomonidagi epidermis qat-qat bo‘lib joylashgan kutikula qavati bilan qoplangai. Bargning pastki tomonida labguldoshlar oilasiga xos tuzilgan efir moyli yirik bezlar bo‘ladi. Bargdagi tuklar turli shaklda:


a) bargning asos qismiga va chetiga uch-olti hujayrali dag‘al tuklar (oddiy tog‘jambil o‘simligining bargida bunday tuklar bo‘lmaydi) joylashgan. Bu tuklar ko‘pincha sinib ketadi va mahsulotda ularning asos qismigina qoladi. Ana shunga qarab sudralib o‘suvchi tog‘jambilni oddiy tog‘jambildan ajratsa bo‘ladi; b) 1-4 hujayrali, qalin devorli, cho‘zinchoq, so‘galchali tuklar; v) kalta oyoqchali, noksimon, bir hujayrali boshli tuklar; g) so‘rg‘ichsimon, mayda, o‘tkir uchli tuklar.
2-rasm. Sudralib o‘suvchi tog‘jambil bargining tashqi ko‘rinishi.
A- bargning pastki epidermisi; B- bargning yuqori epidermisi; V- barg asos qismi va qirrasidagi tuklar. 1- boshchali tuk; 2- efir moyli bez; 3- oddiy tuk; 4- qat-qat joylashgan kutikula; 5- so‘rg‘ichsimon tuk; 6- tasbexsimon qalinlashgan hujayra po‘sti.
TOFPAYXON ER USTKI QISMI – HERBA ORIGANI VULGARIS
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasida qaynatib va suvda yuvilgan bargning tashqi tuzilishi xloralgidrat eritmasida mikroskop ostida ko‘riladi (3-pacm). Barg plastinkasining ustki epidermis hujayralari biroz egri-bugri devorli, ba’zan tasbehsimon qalinlashgan, pastki epidermis hujayralarining devori ko‘proq egri-bugri. Ustitsalar, efir moyli bezlar va tuklar bargning har ikala tomonida joylashgan, lekin pastki tomonida ko‘proq. Ustitsalar ikkita epidermis hujayrasi bilan o‘ralgan, ularning devorlari ustitsa yorig‘iga nisbatan perpendikulyar holda bo‘ladi. Efir moyli bezlar radius bo‘yicha joylashgan efir moyi ishlab chiqaruvchi 8 ta hujayradan tashkil topgan. Tuklar ikki xil: oddiy, 1-5 hujayrali, so‘galli va ko‘p miqdorda hamda bir hujayrali oyoqchali va bir hujayrali, oval shaklli boshchali tuklar bo‘lib, ular butun barg plastinkasi bo‘ylab uchraydi. Efir moyli bezlar o‘rnashgan erda epidermis hujayralar radius bo‘yicha joylashib, rozetka hosil qiladilar.

3-rasm. Tog‘rayxon bargining tashqi ko‘rinishi.


A- bargning pastki epidermisi; B- bargning yuqori epidermisi; V- barg cheti; 1- boshchali tuk; 2- oddiy tuk; 3- efir moyli bez.


Download 199.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling