1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash


- amaliy mashg‘ulot. Tarkibida seskviterpenlar bo‘lgan efir moyi saqlovchi dorivor o‘simliklarning mikroskopik tuzilishini o‘rganish


Download 199.58 Kb.
bet21/66
Sana15.11.2023
Hajmi199.58 Kb.
#1775290
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66
Bog'liq
1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash

18- amaliy mashg‘ulot. Tarkibida seskviterpenlar bo‘lgan efir moyi saqlovchi dorivor o‘simliklarning mikroskopik tuzilishini o‘rganish
MOYCHECHAK GULI – FLORES CHAMOMILLAE
Mahsulotning mikroskopik tuzilish. Har ikkala moychechak o‘simligining savatchalari suvda qaynatilib, naychasimon va tilsimon gullari lupa hamda mikroskop ostida ko‘riladi (1- rasm).
Efir moyi ishlab chiqaradigan bezlar gul qismlari (tojbargi, o‘ramabarg va onalik tugunida) epidermal to‘qimasining ustki qismiga joylashgan. Bezlar tashqi ko‘rinishi bilan (ustki tomondan) sakkiz raqamini eslatadi, yon tomonidan kutikula bilan o‘ralgan, 2 qator 4 qavat (yoki 3 qavat) joylashgan 8 ta (yoki 6 ta) efir moyi ishlab chiqaradigan hujayralardan tashkil topgan. O‘ramabarg va gul o‘rnidagi o‘tqazuvchi to‘qima bog‘lamlari yonida doimo efir moyli joylar bo‘ladi.




1-rasm. Moychechak gullarining tashqi ko‘rinishi.
A- yashil (hushbo‘y) moychechak va B- Dorivor moychechakning naychasimon gullari; V- dorivor moychechak tilsimon guli; G- gullarning bir qismining ko‘rinishi; 1- efir moyli bezlar (ustidan va yonidan ko‘rinishi).
ANDIZ ILDIZPOYASI VA ILDIZI – RNlZOMATA ET
RADICES INULAE


Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Sovuq yo‘l bilan (suv va glitserin aralashmasida) yumshatilgan ildizni ko‘ndalangiga kesib, preparat tayyorlanadi va uni xloralgidrat eritmasida mikroskop ostida ko‘riladi (2-rasm).
Ildizning ko‘ndalang kesimida ko‘p qatorli kulrang-qo‘ng‘ir tusli po‘kak, po‘stloq va yog‘och qism (ksilema)lar ko‘rinadi. Po‘stloq parenximasi yirik hujayralardan tashkil topgan. Ikkilamchi po‘stloqda lub qismi mayda, guruh- - guruh holidagi hujayralar ko‘rinishiga ega. Kambiy qismi yaqqol ko‘rinadi. YOg‘och qismida – ksilemada yirik suv naylari (ayniqsa kambiyaga yaqin joylarda) uchraydi. Po‘stloq va yog‘och qismlarda dumaloq yoki oval shaklli, yirik, sxizogen tuzilishidagi smola va efir moyi saqlovchi joylar bor. Ularning efir moyi va smola ishlab chiqaruvchi hujayralari yaxshi ko‘rinadi.



Download 199.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling