1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash


FLAVONOIDLARNING TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI


Download 199.58 Kb.
bet44/66
Sana15.11.2023
Hajmi199.58 Kb.
#1775290
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   66
Bog'liq
1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash

FLAVONOIDLARNING TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI

Flavonoidlar asosan vitamin R ta’siriga ega bo‘lib, qon tomirlarining o‘tkazuvchanligi va mo‘rtligini kamaytiradi. Ba’zi o‘simliklarning flavonoidlari yig‘indisi o‘t va siydik haydovchi xossaga ham egadir.


Sof holdagi flavonoidlar va ular yig‘indisining preparatlari hamda tarkibida flavonoidlar bo‘lgan o‘simlik va mahsulotlardan tayyorlangan dorivor preparatlar vitamin R etishmasligidan hamda qon tomirlarining o‘tkazuv- chanligi buzilishidan kelib chiqadigan va boshqa kasalliklarni davolash uchun hamda qon bosimini pasaytiruvchi, tinchlantiruvchi, yurak (kardiotonik) va ba’zi rak kasalligini davolovchi, o‘t va siydik haydovchi vosita sifatida qo‘llaniladi.


35- amaliy mashg‘ulot. Tarkibida flavonoidlar saqlovchi dorivor o‘simliklarning mikroskopik tuzilishini o‘rganish
ARSLONQUYRUQ ER USTKI QISMI – HERBA LEONURI

Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasi bilan yoritilgan bargning tashqi tuzilishi mikroskop ostida ko‘riladi (1-rasm). Epidermis hujayrasining yon devori egri-bugri (ayniqsa pastki epidermisda), ustitsalar bargning faqat pastki tomonida bo‘ladi. Ustitsalar 3–4 ta (ba’zan 2 ta) epidermis hujayrasi bilan o‘ralgan. Bargning har ikkala tomonidagi epidermisda rangsiz, dumaloq, katta-kichik efir moyli bezlar joylashgan. Bu bezlar efir moyi ishlab chiqaradigan 2–4–6, ba’zan 8 ta hujayradan tashkil topgan. Barg epidermisi turli tuklar: oyoqchasi 1–2 hujayrali, katta yoki kichkina sharsimon boshchali, 1–2 hujayrali so‘galli hamda 3–5 hujayrali oddiy tuklar bilan qoplangan.

1- rasm. Arslonquyruq bargining tashqi ko‘rinishi.
A – bargning pastki epidermisi; B – barg qirrasidagi tuklar; V – bargning yuqori epidermisi.
1 – boshchali tuk; 2 – efir moyi bezlari; 3 – oddiy tuk; 4 – tuk o‘rni
QUSH TORON ER USTKI QISMI – HERBA POLYGONI
AVICULARIS


Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasida yoritilgan bargning tashqi ko‘rinishi mikroskop ostida ko‘riladi (2-rasm). Bargning epidermis hujayralarini devori to‘g‘ri va qalin, ba’zan tasbehsimon qalinlashgan (bargning yuqori epidermisida). Barg chetida va tomirlar ustida joylashgan epidermis hujayralari uzunsiga qat-qat ko‘rinishidagi kutikula bilan qoplangan. Ustitsalar ko‘pincha 3 ta epidermis hujayralari bilan (shundan 1 tasi ancha kichik) o‘ralgan. Barg chetida 1–3 qator qalin devorli, sorg‘ichsimon cho‘ziq hujayralar bo‘ladi, mazofilida kalsiy oksalatning yirik druzlari uchraydi. Barg chetida va tomirlar bo‘ylab qalin devorli, egri-bugri shakldagi mexanik tolalarni bo‘lishi qush toronga xos belgidir.



Download 199.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling