1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash


- rasm. Qush toron (qiziltasma) bargining tashqi ko‘rinishi


Download 199.58 Kb.
bet45/66
Sana15.11.2023
Hajmi199.58 Kb.
#1775290
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   66
Bog'liq
1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash

2- rasm. Qush toron (qiziltasma) bargining tashqi ko‘rinishi.
bargning yuqori tomonining va B – bargning pastki tomonining epidermislari; V – barg cheti;
1 – so‘rg‘ichsimon o‘simtalar; 2 – kalsiy oksalat druzlari; 3 – mexanik tolalar.


QORAQIZ (ITTIKANAK) ER USTKI QISMI – HERBA BIDENTIS


Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasi bilan yoritilgan barg bo‘lagining tashqi tuzilishini mikroskop ostida ko‘riladi (3-rasm).
Bargning epidermis hujayralari egri-bugri devorli bo‘ladi. Bargning pastki tomonidagi epidermis hujayralari yuqori epidermis hujayralariga nisbatan maydaroq va ko‘proq egri-bugri devorli, ustitsalar bargning har ikkala tomonida bo‘lib, ular 3–5 tagacha epidermis hujayralari bilan o‘ralgan. Tuklar siyrak bo‘lib, barg plastinkasining qirrasi va tomirlari bo‘ylab o‘rnashgan. Barg plastinkasi qirrasidagi tuklar 3–7 hujayrali, o‘tkir uchli, qalin devorli, qat- -qat kutikulali. Barg plastinkasidagi va ko‘proq tomirlar bo‘ylab joylashgan tuklar 2 xil bo‘ladi: nozik, mayda, yupqa devorli, 9–12 (ba’zan 18 tagacha) hujayrali, pilla qurtiga o‘xshash (faqat pastki hujayrasi qalin devorli va qat-qat kutikulali) hamda 9–13 ta, qalin devorli va qat-qat kutikulasi bor hujayrali, o‘tkir uchli tuklar. Bu tuklarning asos qismi 2–3 qator joylashgan ko‘p hujayralidir. Barg tomirlari bo‘ylab (ishqor eritmasi ta’sirida qo‘ng‘ir rangga bo‘yalgan) bezli yo‘llar joylashgan.

3- rasm. Qoraqiz (ittikanak) bargining tashqi ko‘rinishi.
bargning yuqori epidermisi; B – bargning pastki epidermisi; V – barg qirrasi;
1 – yupqa devorli tuklar; 2 – qalin devorli tuklar; 3 – bezli yo‘llar.
36- amaliy mashg‘ulot. Kumarinlarning fizik va kimyoviy xossalari

O‘simliklardan ajratib olingan kumarinlar rangsiz kristall modda bo‘lib, suvda yomon eriydi yoki butunlay erimaydi, spirtda osonroq, organik erituvchilar (efir, xloroform va boshqalar)da yaxshi eriydi. Kumarinlar glikozid holida bo‘lsa, ularning suvda erishi kuchayadi. Lekin glikozidlarning suyultirilgan sulfat kislota ta’sirida gidrolizlab olingan aglikonlari suvda erimaydi, spirt va organik erituvchilarda esa yaxshi eriydi.


Ko‘pchilik kumarin va furokumarinlarning spirtdagi neytral eritmalari hamda ishqor va konsentrlangan sulfat kislotadagi eritmalari ultrabinafsha nurda o‘ziga xos fluoressensiya (zangori, ko‘k, gunafsha, yashil, sariq ranglarda) bilan tovlanadi. Ayniqsa, 7-oksikumarin-umbelliferon unumi yaxshi fluoressensiya beradi. Umbelliferonning o‘zi ultrabinafsha nur ta’sirida tiniq zangori rangli fluoressensiya bilan tovlanadi.
Tabiiy holdagi kumarinlar ko‘pchiligining 7-raqamli uglerod atomida oksi guruhi bo‘ladi. SHuning uchun ularni 7-oksikumarin-umbelliferon unumi deb hisoblanadi.
Kumarinlar lakton bo‘lganligi uchun ishqorlar ta’sirida ularning α-piron halqasi uziladi va har bir kumarinning o‘ziga xos kislotasining tuzi – -kumarinatlar hosil bo‘ladi. Ular suvda yaxshi eriydi (eritmalari sariq rangli bo‘ladi), organik erituvchilarda yaxshi erimaydi. Kumarinatlarga kislota ta’sir ettirilsa, reaksiya orqaga qaytadi, lekin hosil bo‘lgan sof kislota tezda o‘zidan bir molekula suv ajratib, qaytadan laktonga – kumarinlarga aylanadi.
Kumarinning o‘zi suv ta’sirida gidrolizlanmaydi, kislota va ammiak eritmasi bilan reaksiyaga kirishmaydi. Agar unga suyultirilgan natriy ishqor qo‘shib qizdirilsa, sariq rangli eritma – kumarin (sis-orto-oksidolchin) kislota natriyli tuzining eritmasi hosil bo‘ladi. Eritmaga kislota ta’sir ettirilsa, reaksiya orqaga qaytadi.
Kumarin kislotalarining sof holda turg‘un bo‘lmay, tezda laktonlarga aylanish xossasidan ularni tahlil qilishda (sifat reaksiyalarda va miqdorini aniqlashda) hamda kumarinlarni boshqa moddalardan tozalashda (ajratib olishda) keng foydalaniladi.
Kumarinlar mineral kislotalar (konsentrlangan xlorid kitslota) va natriy nitrit ishtirokida n-nitroanilin yoki sulfanil kislota bilan 6-uglerod (furokumarinlarda 3-uglerod) atomi orqali diazoreaksiya beradi.
Natijada qo‘ng‘ir-qizil, qizil yoki to‘q sariq (zarg‘aldoq) rangli mahsulotlar hosil bo‘ladi. SHuning uchun bu reaksiyadan kumarinlarga sifat reaksiya sifatida keng foydalaniladi.
Litiy-alyuminiy gidrid ta’sirida kumarinlar qaytariladi. Reaksiya natijasida α-piron halqasi uziladi va kumarinlarning o‘ziga xos spirtlari hosil bo‘ladi.
Oksidlovchilar (masalan, xromangidrid) ta’sirida kumarinlar (benzol va α-piron halqalari) oksidlanmaydi. Agar kumarinlar skeletida boshqa funksional guruhlar (gidroksil guruhi, radikallar) bo‘lsa, ular xromangidrid ta’sirida oksidlanishi mumkin. Furokumarinlarda esa xromangidrid ta’sirida furon halqasi oksidlanadi.



Download 199.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling