1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash


VERNALIS Mahsulotning mikroskopik tuzilishi


Download 199.58 Kb.
bet34/66
Sana15.11.2023
Hajmi199.58 Kb.
#1775290
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   66
Bog'liq
1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash

VERNALIS


Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasi bilan yoritilgan bargning tashqi tuzilishi hamda yumshatilgan poyadan shilib olingan epidermis mikroskopda ko‘riladi (2-rasm).
Bargning har ikkala tomonidagi epidermis hujayralari chuqur egri-bugri devorli, kalta va keng. Ustitsalar faqat pastki epidermisga joylashgan. Barg bo‘lakchalari uchining yuqori tomonida suv bug‘lanishi uchun xizmat qiluvchi bitta yirik ustitsasi bo‘ladi. Bargda kristallar bo‘lmaydi. Poya epidermisining hujayrasi cho‘ziq, to‘rtburchakli bo‘lib, qat-qat ko‘rinishdagi kutikula bilan qoplangan. Barg epidermisida tuklar siyrak joylashgan. Tuklar bir hujayrali, hujayra po‘sti yupqa bo‘lib, 2 xil tuzilishga ega: uzun, ingichka, to‘mtoq uchli hamda kalta, pufaksimon, qopsimon yoki to‘g‘nog‘ichsimon ko‘rinishda bo‘ladi. Bu xildagi tuklarni poya epidermisida ham ko‘rish mumkin.

2-rasm. Bahorgi adonis bargining tashqi ko‘rinishi.
A – bargning pastki epidermisi; B – bargning yuqori epidermisi; V – barg asos qismining epidermisi; A1 va B1 – barg uchining yuqori va pastki tomonidan ko‘rinishi. 1 – oddiy tuk; 2 – pufaksimon tuklar;
3 – tuk o‘rni.


MARVARIDGUL ER USTKI QISMI – HERBA CONVALLARIAE
BARGI VA GULI – FOLIA CONVALLARIAE ET FLORES CONVALLARIAE


Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasida yoritilgan bargning tashqi tuzilishi mikroskopda ko‘riladi (3-rasm).
Bargining har ikkala tomoni cho‘ziq va to‘g‘ri epidermis hujayralari bilan qoplangan. Bargining har ikkala tomonidagi epidermisda ustitsalar bo‘ladi. Bargning qoziqsimon to‘qimasi gorizontal joylashgan bo‘lib (boshqa barglardan farqi), uning hujayralari epidermis hujayralari ostida yotgan holda ko‘rinadi. Bargda ikki xil shakldagi kristallar: yirik va uzun prizma holidagi hamda mayda nina shaklidagi rafidlar uchraydi. Prizma shaklidagi yirik rafidlar bitta yoki ikkitadan, nina shaklidagisi esa to‘p bo‘lib, ayrim hujayralar ichida joylashgan.


Download 199.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling