1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash


-rasm. Qoqi ildizining ko‘ndalang va tangental kesimlari


Download 199.58 Kb.
bet31/66
Sana15.11.2023
Hajmi199.58 Kb.
#1775290
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   66
Bog'liq
1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash

2-rasm. Qoqi ildizining ko‘ndalang va tangental kesimlari.
ko‘ndalang kesimning lupa va B – mikroskop ostida ko‘rinishlari; V – tangental kesim. 1 va 2–sut naylar, 3–inulin saqlovchi hujayralar;4 – kambiy; 5 –suv naylari


25- amaliy mashg‘ulot. YUrak glikozidlariga sifat va rangli reaksiyalar

YUrak glikozidlarining mahsulotda bor – yo‘qligini aniqlash uchun ular bilan rangli reaksiyalar va xromatografik tahlil o‘tkaziladi.




YURAK GLIKOZIDLARIGA RANGLI REAKSIYALAR

YUrak glikozidlariga rangli sifat reaksiyalar ko‘p bo‘lib, ularni uch guruhga bo‘lish mumkin:





  1. YUrak glikozidlarining skleti-sterinlarga bo‘lgan Liberman- -Burxard reaksiyasi. Mahsulotdan tayyorlangan va bug‘latib quritilgan ajratmani (yoki glikozidlarni) konsentrlangan sirka kislotasida eritib, unga sirka angidridi va konsentrlangan sulfat kislota aralashmasidan (50:1 nisbatda) 2 ml qo‘shib aralashtirilsa, bir ozdan so‘ng (yoki bir oz qizdirilsa) oldin pushti qizil rang hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan rang tezda ko‘k yoki yashil tusga o‘tadi.

  2. YUrak glikozidlarning to‘yinmagan lakton halqasiga reaksiyalar.

  1. Legal reaksiyasi. Quritilgan ajratmani (yoki glikozidlarning) spirtdagi eritmasiga 2 tomchi piridin, natriy nitroprussidning 5 % li suvli eritmasidan 2 tomchi va ishqorning 10 % li suvli eritmasidan 2 tomchini asta-sekin qo‘shilsa, suyuqliklar uchrashgan joyda qizil rang (qizil halqa) hosil bo‘ladi.

Legal reaksiyasi asosan tarkibida 5 a’zoli to‘yinmagan lakton (butenolid) halqasi bo‘lgan yurak glikozidlariga – kardenolidlarga xosdir.
2. Raymond reaksiyasi. Glikozidlarning spirtdagi eritmasiga m-dinitrobenzolning spirtdagi 10 % li va natriy ishqorining metil spirtdagi 10 % li eritmalari aralashmasidan bir necha tomchi qo‘shilsa, tezda ko‘k rangga o‘tuvchi binafsha rang hosil bo‘ladi. Bu reaksiya ham asosan kardenolidlarga (butenolid halqasi bo‘lgan yurak glikozidlariga) xosdir.
3. Kedde reaksiyasi. Glikozidlarning spirtdagi eritmasiga yangi tayyorlangan 3,5-dinitrobenzoat kislotasining metil spirtdagi 2% li va ishqorning 40% li eritmalari aralashmasi qo‘shilsa, ko‘k (ba’zan binafsha yoki qizil rang) rang hosil bo‘ladi. Bu reaksiya ko‘proq kardinolidlarga xosdir.
4. Rozengeym reaksiyasi. Glikozidlarning xloroformdagi eritmasiga 90 li trixlorsirka kislotadan bir necha tomchi qo‘shib qizdirilsa, ko‘k yoki qizg‘ish-binafsha (ba’zan sariq) rang hosil bo‘ladi. Bu reaksiya ko‘pincha tarkibida 6 a’zoli to‘yinmagan lakton (kumalin) halqasi bo‘lgan glikozidlar– -bufadienolidlarga xosdir.
5. Bale–Neyman (yoki Baljett) reaksiyasi. Glikozidlarning spirtdagi eritmasiga natriy pikratning spirtdagi 1 % li va ishqorning suvdagi 10 % li eirtmalaridan qo‘shilsa, to‘q sariq rang hosil bo‘ladi. Bu reaksiya yordamida tarkibida to‘yinmagan lakton halqasi bo‘lgan barcha yurak glikozidlarini aniqlash mumkin.
6. Vindaus reaksiyasi. Glikozidlarning spirtdagi eritmasiga benzol-diazoniyxlorid eritmasi qo‘shilsa, kislota sharoitida tiniq qizil, ishqor sharoitida esa tiniq binafsha rang hosil bo‘ladi. Bu reaksiya ham tarkibida to‘yinmagan lakton halqasiga ega bo‘lgan hamma yurak glikozidlari uchun xosdir.
III. YUrak glikozidlari molekulasidagi dezoksisaxaridlarga (digitoksoza, simaroza, sarmentoza, diginoza, oleandroza va boshqa dezoksigeksozalarga) bo‘lgan Keller–Kiliani reaksiyasi. Tarkibida temir xloridning 5% li eritmasidan 2 tomchi bo‘lgan 5 ml konsentrlangan sirka kislotada eritilgan 5–10 mg glikozid eritmasini probirkaga solib, ustiga oz miqdorda temir (II)-xloridning 5 % li eritmasi bo‘lgan konsentrlangan sulfat kislotaning bir-ikki tomchisini asta-sekin probirkaning chetidan oqizib tushirilsa, har ikkala suyuqlik uchrashgan erda yuqori qismi zangori yoki ko‘k rangli qo‘ng‘ir xalqa hosil bo‘ladi.
Dezoksisaxaridlarga yana ksantogidrol bilan reaksiya qilish mumkin. Agar glikozidlarni ksantogidrolning sirka kislotadagi (1 % miqdorda xlorid kislota saqlovchi) eritmasi bilan qizdirilsa, dezoksisaxaridlar qizil rang hosil qiladi.


Download 199.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling