1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash


- amaliy mashg‘ulot. YUrak glikozidlarning biologik tahlili


Download 199.58 Kb.
bet32/66
Sana15.11.2023
Hajmi199.58 Kb.
#1775290
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   66
Bog'liq
1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash

26- amaliy mashg‘ulot. YUrak glikozidlarning biologik tahlili

Dorivor o‘simliklar mahsulotlari va fitopreparatlar tarkibidagi yurak glikozidlarning miqdorini aniqlash uchun qator usullar bor bo‘lishiga qaramasdan Sobiq Ittifoq Davlat farmakopeyasida (boshqa hamma davlatlar farmakopeyasi ham) bu guruh glikozidlar saqlovchi mahsulotlarni biologik tahlil qilish – ya’ni mahsulotlarning hayvon organizmiga ta’sir qilish kuchini aniqlashni talab qiladi. Bunday talablar qo‘yilishiga asosiy sabablar:


birinchidan, yurak glikozidlari kuchli zaharli biologik faol birikmalar bo‘lib, ularni kerakli miqdoridan biroz ortiqcha berib yuborilsa, bemorlarni zaharlab qo‘yish va oqibati yomon bo‘lishi mumkin;
ikkinchidan, o‘simlik yoki fitopreparat tarkibidagi yurak glikozidlarning miqdori ularning hayvon organizmiga ta’sir qilish kuchiga doimo to‘g‘ri kelavermaydi.
Biologik usullar yurak glikozidlarning o‘simlik tarkibida borligini va ta’sir kuchini aniqlovchi boshlang‘ich tahlil bo‘lib, ular yurak glikozidlarining zaharli miqdorida hayvonlarni yurak ishini to‘xtatishga asoslangan.
YUrak glikozidlar ta’siriga sezgir hayvonlar mushuk, baqa, kaptar va dengiz cho‘chqasi. Bularning ichida eng sezgiri mushuk va mushukda o‘tkazilgan eksperimentlar doimo ham aniq hamda to‘g‘ri natija beradi. Lekin mushukda tajriba qo‘yish bir oz murakkab. SHuning uchun aksariyat tajribalar topish va tajriba qo‘yish oson bo‘lgan baqada o‘tkaziladi.
Davlat Farmakopeyasi tarkibida yurak glikozidlari bo‘lgan dorivor o‘simliklar, ularning mahsulot va fitopreparatlarini biologik faolligini – -ta’sir kuchini (biologik standartizatsiyasini) mushukda, baqada va kaptarda o‘tkazilishini talab etadi.
Tahlil uchun baqalardan – Rana temporaria, Rana ridibunga va Rana esculenta turlarini ishlatish mumkin.


YURAK GLIKOZIDLARINING TIBBIYOTDA ISHLATILISHI

YUrak glikozidlari va tarkibida ana shu glikozidlar bo‘lgan mahsulotlardan tayyorlangan dori turlari hamda preparatlar asosan yurak kasalliklarini (yurak porogi va shu kasallik natijasida qon aylanishining II va III darajali buzilishi, yurak astmasi va boshqalar) hamda ba’zi og‘ir va yuqumli kasalliklar natijasida yurak ishining qattiq buzilishi kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi.



Download 199.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling