1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash


Mahsulotning mikroskopik tuzilishi


Download 199.58 Kb.
bet29/66
Sana15.11.2023
Hajmi199.58 Kb.
#1775290
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66
Bog'liq
1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash

Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Urug‘ni yumshatish uchun u 1–2 sutka nam kamerada saqlanadi. So‘ngra namlangan urug‘ni parafin bo‘lakchasiga o‘rnatib, yupqa qilib, parafin bilan birga kesiladi va xloralgidrat eritmasida qizdirib yoritiladi. Keyin mikroskopning kichik va katta ob’ektivlarida ko‘riladi (1- rasm).
Xantal urug‘i qo‘ng‘ir rangli yupqa po‘stdan va embriondan iborat. Embrion esa yoysimon qayrilgan, bir-birining ichiga joylashgan ikkita (ichki tomondagisi kichkina, tashqi tomondagisi katta) urug‘ pallasidan va embrion ildizchasidan tashkil topgan.
Qora xantal urug‘i ko‘ndalang kesimida urug‘ tashqi tomondan rangsiz, yirik, suvda shilimshiqlanuvchi epidermis hujayrasi bilan qoplangan. Epidermis hujayrasining ichki tomonida nihoyatda katta – gigant hujayralar (epidermis va mexanik to‘qima orasidagi bo‘shliq), uning ichkarirog‘ida esa mexanik to‘qima (bokal shaklidagi hujayralaridan tashkil topgan) qavati o‘rnashgan. Mexanik to‘qima hujayralari sariq devorli va katta-kichik (baland-past) bo‘lib faqat uchta tomoni qalinlashgan. Mexanik to‘qimaning pastki tomoniga sariq yoki qo‘ng‘ir pigmentli bir qator hujayralar, uning ichkarirog‘ida esa aleyron donachali rangsiz hujayralar o‘rnashgan. Urug‘ pallasining hujayrasida yog‘ tomchilari bo‘ladi. Bu tomchilarni sudan-III eritmasi bilan bo‘yab ko‘rish mumkin.

  1. rasm. Xantal (gorchitsa) urug‘ining ko‘ndalang kesimi

  2. A – ko‘ndalang kesim sxemasi; B – ko‘ndalang kesimning bir qismi; V – urug‘ kukuni (poroshogi) elementlari. 1- urug‘ning po‘sti; 2- urug‘ pallalari; 3 – embrion ildizchasi; 4- epidermis; 5- gigant (juda yirik) hujayralar; 6- mexanik (sklerenxim) qavati; 7- pigment qavati; 8- aleyron donalari saqlovchi hujayralar; 9- ezilgan parenxima; 10- urug‘ pallasining to‘qimasi.

Urug‘ po‘stining tashqi tuzilishini tekshirish uchun urug‘ ishqor eritmasida qaynatiladi va yumshaganidan so‘ng nina bilan po‘stini ko‘chirib olib, glitserin va suv aralashmasi yordamida mikroskopda ko‘riladi. Bu tayyorlangan preparatda faqat bir qavat mexanik to‘qimaning bokalsimon hujayralarini hamda po‘stlog‘ining chuqurchalarini (gigant hujayralarini) ustki tomonidan ko‘rish mumkin.


Odatda urug‘ kukuni (poroshogi) yog‘sizlantirilgan urug‘dan (urug‘ kunja-rasidan) tayyorlanadi. Kukun (poroshok) mikroskopda qaralsa, embrion, mexanik to‘qima, epidermis, pigment va aleyron qavatining bo‘laklarini ko‘rish mumkin.



Download 199.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling