1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash


-rasm. Belladonna bargining tashqi ko‘rinishi


Download 199.58 Kb.
bet26/66
Sana15.11.2023
Hajmi199.58 Kb.
#1775290
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66
Bog'liq
1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash

1-rasm. Belladonna bargining tashqi ko‘rinishi.
A- bargning yuqori epidermisi; B- bargning pastki epidermisi; V- tomir ustidagi epidermis. 1- ko‘p hujayrali boshchali tuk; 2- bir hujayrali boshchali tuk; 3- oddiy tuk; 4-kristall qumlari bo‘lgan xalta hujayralar.


Ildizning mikroskopik tuzilishi. Sovuq usulda yumshatilgan ildizni ko‘ndalangiga kesib preparat tayyorlanadi. So‘ngra preparatni xloralgidrat eritmasi yordamida mikroskop ostida ko‘riladi (2-rasm). Ildiz tashqi tomondan och qo‘ng‘ir rangli 2-6 qavat po‘kak hujayralari bilan qoplangan.
Birlamchi po‘stloq ko‘ndalangiga cho‘zilgan yirik, ikkilamchi po‘stloq esa mayda hujayralardan tashkil topgan. Floema elementlari parenxima hujayrasiga nisbatan mayda, hujayra po‘sti qalinroq bo‘lishi bilan yaqqol ajralib turadi. Kambiy halqasi aniq bilinadi. Suv naylar guruh-guruh holida uchraydi. Kambiy yaqinidagi suv naylar boshqalariga nisbatan yirikroq bo‘ladi. Yirik suv naylari traxeidlar bilan o‘ralgan. Qariroq ildizning ikkilamchi ksilema parenximasida hujayra po‘sti uncha qalin bo‘lmagan tolalar hamda qo‘shimcha floema bo‘ladi (ituzumdoshlar oilasiga kiruvchi ko‘pchilik o‘simliklarga xos). Parenxima hujayralarida yumaloq shaklli kraxmallar va kristalli xalta hujayralar uchrab turadi.
YOvvoyi holda o‘sadigan belladonna mahsulotiga skopoliya o‘simligining bargi aralashib qolishi mumkin (bu o‘simliklar bir erda o‘sadi). Skopoliya bargi belladonna bargidan morfologik va anatomik jihatdan farq qiladi.
Skopoliya bargining asos qismi toraygan, tomirlari bargining pastki tomonida aniq ko‘rinib turadigan to‘r hosil qiladi (morfologik farqi). Bargning kutikula qatlami ko‘rinmaydi, kristalli xalta hujayralar esa deyarli bo‘lmaydi (anatomik farqi).


2-rasm. Belladonna ildizining ko‘ndalang kesimi
1- po‘kak (probka); 2- kristall qumlar bo‘lgan xalta hujayra; 3- floema elementlari;
4- kambiy; 5- suv naylari; 6- qo‘shimcha lub.


MINGDEVONA BARGI – FOLIA HYOSCYAMI

Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasi bilan yoritilgan bargning tashqi tuzilishi mikroskop ostida ko‘riladi. (3- rasm). Mahsulotda har xil yoshdagi barglar bo‘ladi. SHu sababli ulardagi tuklar va kristallar miqdori turlicha. Epidermis hujayra devori egri-bugri, ustitsalar bargning har ikki tomoniga joylashgan. Tuklar yupqa devorli, uzun, ko‘p hujayrali, oddiy yoki bezli boshchali bo‘lib, yosh barglarda juda ko‘p. Barg chetida mingdevona o‘simligiga xos ko‘p hujayrali, cho‘zinchoq yoki yumaloq boshli, uzun, ko‘p hujayrali oyoqli tuklarni ko‘rish mumkin. Barg o‘sgan sari tuklar qurib, yo‘qola boradi. Kristallari tiniq, kalta prizma va kub shaklida bo‘lib, yakka xolda uchraydi. Juda yosh barglarda esa yaltiroq sferokristallar yumaloq shaklda ko‘rinadi. Barg o‘sishi bilan avval tomirlarga yaqin joyda, so‘ngra uning hamma qismida kubik va prizma shaklidagi kristallar vujudga keladi. Juda yirik va qari barglarda esa 2-3 tasi birlashgan kristallarni, druzlarni (ba’zan tomirida turli shakldagi kristall qumlarni) uchratish mumkin.


Kukunda (poroshokda) yuqorida ko‘rsatilgan elementlardan (bargdagi tuklar va kalsiy oksalat kristallaridan) tashqari doimo rangsiz, yirik qum yoki turli shakldagi sariq kristallarning yirik bo‘lakchalari bo‘ladi. Bular kalsiyga reaksiya bermaydi.

Download 199.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling