1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/32
Sana29.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1308764
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32


1
2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari
Reja: 
2.1. Hayot faoliyati xavfsizligini huquqiy asoslari va mazmuni.
2.2. Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi. 
2.3. Mehnat xavfsizligi bo’yicha qoida va talablarni buzuvchi shaxslar javobgarligi. 
2.4. Mehnatni muhofaza qilish qonunlariga rioya qilishda davlat, muassasa va jamoat 
nazorati. 
2.5. Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga oʻqitish tizimi.
2.6. Ishlab chiqarishda faoliyat jarayonida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb 
kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari, oldini olish tadbirlari. 
 
Tayanch iboralar: Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Sanitariya qoidalari va me’yorlari 
(SQ va M), mehnat xavfsizligi standartlar tizimi (MXST), javobgarlik turlari, nazorat organlari
ma’muriy jamoat nazorati. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. 
G’oyipov H.E. «Mehnat muhofazasi» Toshkent. 2000 y. 
2. 
Belyakov G.I. Oxrana truda, M.: VO Agropromizdat, 1990 g. 
3. 
Zaytsev V.P., Sverdlov M.S. Oxrana truda v jivotnovodstve. M.: VO „Agropromizdat", 
1989 
4. 
O’zbekiston Respublikasinining Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonuni T. Sharq 
1993y 
5. 
O’zbekiston Respublikasinining Mehnat kodeksi. T. — 2006 
6. 
O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi.T. 2003y. 
2.1.Hayot faoliyati xavfsizligini huquqiy asoslari va mazmuni. 
Mamlakatimizda mehnat muhofazasi qonun hujjatlari asosida belgilab qo’yilgan bo’lib, 
tartibga solinadi, boshqarib turiladi. Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan kishilarni, ayniqsa 
ayollar va o’smirlarni og’ir va sog’liq uchun zararli bo’lgan ishlardan ozod qilish, qisqartirilgan 
ish kuni huquqi qonun bilan belgilab qo ’yilishi, homiladorlik ta’tili, bola tarbiyasiga beriladigan 
ta’tilning uch yilgacha uzaytirilishi va boshqa imtiyozlar bunga misol bo’la oladi. Ayniqsa, 
mustaqqillikdan keyin Xalqaro Mehnat Tashkiloti tomondan ishlab chiqgan konventsiyalarni 
ratifikatsiya qilinishi buning yaqqol dalilidir. 
Respublikada sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish davlat ahamiyatiga molik 
ishdir. Sharoiti og’ir va zararli ishlarda ayollar va yoshlar mehnatidan foydalanish taqiqlanadi. 
Homilador ayollarning tunda va ishdan tashqari vaqtda ishlashlari cheklangan. Qonunda sharoiti 
zararli bo’lgan ishlarda, shuningdek, alohida harorat sharoitida bajariladigan yoki ifloslanish 
bilan bog’liq ishlarda ishlaydigan ishchi-xizmatchilarga belgilangan me’yorlarga muvofiq bepul 
jomakor, maxsus poyabzal va boshqa turdagi yakka tartibdagi himoya vositalari, sut yoki uning 
o’rnini bosa oladigan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari berilishi ko’zda tutilgan. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling