1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari


-modda. Intizomiy jazolar


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/32
Sana29.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1308764
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
181-modda. Intizomiy jazolar 
Xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo 
choralarini qo ’llashga haqli: 
1) 
hayfsan; 
2) 
o ’rtacha oylik ish haqining o ’ttiz foizidan ortiq bo ’lmagan miqdorda jarima. 
Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o ’rtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq bo 


9
’lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish haqidan 
jarima ushlab qolish ushbu Kodeksning 164-moddasi talablariga rioya qilingan holda ish 
beruvchi tomonidan amalga oshiriladi; 
3) 
mehnat shartnomasini bekor qilish (100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari). 
Ushbu moddada nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo ’llanishi taqiqlanadi. 
(181-moddaga O’zbekiston Respublikasining 20.08.1999y. 832-1-son Qonuniga muvofiq 
o’zgartishlar kiritilgan ). 
(Ozbekiston respublikasi MK). 
Xodimning ish haqidan jarima ushlab qolish Mehnat kodeksining 164-moddasiga rioya 
qilgan holda ish bilan ta’minlovchi tomonidan amalga oshiriladi. 
164-modda. Mehnat haqidan ushlab qolish 
Umumiy qoidaga ko ’ra, xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik bo ’lmagan 
taqdirda esa, — sudning qaroriga asosan mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin. 
Quyidagi hollarda xodimning roziligidan qat’iy nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadi: 
1) 
O’zbekiston Respublikasida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to ’lovlarni undirish 
uchun; 
2) 
sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun
3) 
ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish uchun, xojalik ehtiyojlariga, xizmat 
safarlariga yoki boshqa joydagi ishga o ’tganligi munosabati bilan berilgan bo ’lib, sarf 
qilinmay qolgan va o ’z vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-
kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to ’langan summani qaytarib olish uchun. Bunday hollarda 
ish beruvchi avansni qaytarish yoki qarzni to ’lash uchun belgilangan muddat tamom bo ’lgan 
kundan yoxud haq to ’lash noto ’g ’ri hisoblab chiqaril-gan kundan boshlab bir oydan 
kechiktirmasdan avans yoki qarzni ushlab qolish haqida farmoyish berishga haqlidir. Agar bu 
muddat o ’tib ketgan bo ’lsa yoki xodim xo jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoxud boshqa 
joydagi ishga o ’tganligi munosabati bilan berilgan avansning ushlab qolinishini asossiz yoki 
miqdorini noto ’g ’ri deb hisoblasa, u holda qarz sud tartibida undiriladi; 
4) 
hisobidan xodim ta ’til olib bo ’lgan ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor 
qilinganda, — ta’tilning ishlanmagan davrga tegishli kunlari uchun. Ana shu kunlar uchun haq 
mehnat shartnomasi ushbu Kodeks 89-moddasining to’rtinchi qismida, 100-moddasi ikkinchi 
qismining 1 va 2-bandlarda, 106-moddasining 1 va 2-bandlarida ko’rsatilgan asoslarga ko’ra, 
shuningdek o ’qishga kirganligi yoki pensiyaga chiqqanligi munosabati bilan bekor qilinganda 
ushlab qolinmaydi; 
5) 
xodim tomonidan ish beruvchiga etkazilgan zararni qoplash uchun, agar etkazilgan 
zararning miqdori xodimning o ’rtacha oylik ish haqidan ortiq bo ’lmasa; 
6) 
ushbu Kodeksning 181-moddasi birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan jarimani 
undirish uchun. 
Ish haqini har gal to ’lash vaqtida ushlab qolinadigan haqning umumiy miqdori xodimga 
tegishli bo ’lgan mehnat haqining ellik foizidan ortib ketmasligi lozim. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling