1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari


(Ozbekiston respublikasi MK)


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/32
Sana29.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1308764
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
(Ozbekiston respublikasi MK).
Ushbu moddada nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo’llash taqiqlanadi. 
Ma’muriy javobgarlik — mol-mulkka yoki moddiy narsalarga oid jazo (jarima va 
musodara). Ma’muriy jazo mehnat muhofazasini nazorat qilib turuvchi mansabdor shaxslar 
tomonidan beriladi. Ma’muriy boshqaruv xodimlariga mehnat muhofazasi qoidalari va 
me’yorlarini buzganliklari uchun jarima solinadi. Jazo berishda professional me’yorlarga qat’iy 
rioya qilish lozim. 
Jinoiy javobgarlik — ozodlikdan mahrum qilish yoki lavozimidan bo’shatish; mehnat 
muhofazasiga doir qoidalar buzilishi natijasida odamlar bilan baxtsiz hodisalar ro’y bersa yoki 
boshqa og’ir oqibatlarga sabab bo’lsa, qoidani buzgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi. 
Respublikamizning jinoyat kodeksida mehnatkashlarning salomatligini muhofaza qilish 
uchun javobgarlikni nazarda tutadigan bir necha modda bor. Jinoyat kodeksidagi modda bir 
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki shu muddatga axloq tuzatish ishlariga jalb qilish, jarima 
solish yoxud lavozimidan bo’shatash tarzida jazolashni nazarda tutadi. Bir necha kishiga tan 
jarohati etashiga sabab bo’lgan qoida buzishlar uchun jinoiy javobgarlikning yanada qattiq 
choralari nazarda tutilgan. 
Moddiy javobgarlik — bu ishchi va xizmatchilarning aybi bilan korxonaga haqiqiy zarar 
etkazilgan bo’lsa, ular shu zararni to’lashga majburdirlar. 
185- 
modda. Mehnat shartnomasining bir tarafi boshqa tarafga etkazgan zararni qoplash 
majburiyati 
Mehnat shartnomasining bir tarafi (ish beruvchi yoki xodim) mehnat sohasidagi vazifalarni 
bajarishi munosabati bilan boshqa tarafga etkazgan zararini ushbu Kodeks va mehnat to ’g 


11
’risidagi boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilangan qoidalarga muvofiq qoplaydi. 
Mehnat shartnomasi yoki unga qo ’shimcha ravishda tuzilgan yozma shakldagi kelishuvda, 
shuningdek jamoa shartnomasida mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi 
aniqlashtirib qo ’yilishi mumkin. Bunda shartnoma bo ’yicha ish beruvchining xodim oldidagi 
javobgarligi ushbu Kodeksda nazarda tutilganidan kam, xodimning ish beruvchi oldidagi 
javobgarligi esa nazarda tutilganidan ko ’p bo ’lmasligi kerak. Zarar etkazilganidan keyin 
mehnatga oid munosabatlarning bekor qilinganiga mehnat shartnomasi taraflarini moddiy 
javobgarlikdan ozod qilishga sabab bo ’lmaydi. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling