1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari


-modda. Xodimlarga mehnatni muhofaza qilish bo’yicha yo’l-yo’riqlar berish va ularni


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/32
Sana29.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1308764
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
25-modda. Xodimlarga mehnatni muhofaza qilish bo’yicha yo’l-yo’riqlar berish va ularni 
o’qitish
Ish beruvchi barcha yangi ishga kirayotgan, shuningdek boshqa ishga o’tkazilayotgan 
xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo’yicha yo’l-yo’riqlar berishi, ishlarni bajarishning 
xavfsiz uslublari va usullarini hamda baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga yordam ko’rsatishga 
o’qitishni tashkil etishi shart. 
Xavfliligi yuqori bo’lgan ishlab chiqarishga ishga kirayotgan yoki kasbiy tanlov talab 
etiladigan ishga kirayotgan xodimlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullariga 
dastlabki tarzda tayyorlash, kasb bo’yicha imtihonlar topshirgan holda bir oy mobaynida 
stajirovka va so’ngra mehnatni muhofaza qilish masalalari bo’yicha davriy attestasiya o’tkaziladi. 
Tashkilotlarning xodimlari, shu jumladan rahbarlari o’z kasblari va ish turlari uchun 
mehnatni muhofaza qilishning davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan 
belgilangan tartibda hamda muddatlarda mehnatni muhofaza qilish masalalari bo’yicha 
o’quvdan o’tishi, yo’l-yo’riqlar olishi, bilimlari tekshirilishi va attestasiyadan o’tishi kerak. 
Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha belgilangan tartibda o’quvdan o’tmagan, yo’l-yo’riqlar 
olmagan va bilimlari tekshirilmagan shaxslarni ishga qo’yish taqiqlanadi. 


15
 
moddalarida belgilab qo’yilgan: 
Ishlab chiqarishda mehnat muhofazasiga doir yo’riqnomalarni ishlab chiqish, O'zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 7 yanvarda 870-sonli raqam bilan ro'yxatda 
olingan “Mehnat muhofazasi bo’cha yoriqnomani ishlab chiqish” to’g’risidagi namunaviy Nizom 
talablari asosida tuziladi. 
Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha yo'riqnoma xodimlar ishlab chiqarish korxonalarida va 
unga taalluqli boshqa hududlarda ishchilar o'zlariga yuklatilgan ishlarni yoki xizmat vazifalarini 
bajaradigan boshqa joylarda xavfsizlikni ta'minlashga doir talablarni belgilaydigan normativ 
hujjatdir. Mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi yo'riqnomalar, korxonada ishlayotganlar uchun 
yo'riqnoma va namunaviy yo’riqnomalarga bo'linadi. 
Yo’riqnomalar alohida kasb egalari (elektr dastgohlari, mashinasozlik, mexanik, 
elektrotexnika, tozalovchi, laboratoriya texnikasi va boshqalar) uchun va ayrim turdagi ishlarni 
bajarish uchun (balandlikda, montaj ishlarida, ishga tushirishda, ta'mirlash ishlarida, testda va 
hokazo) ishlab chiqilishi mumkin. Shuningdek, portlatish ishlarini olib boradigan xodimlar
elektrotexnika inshootlari va murakkab eleltron uskunalarga xizmat ko'rsatuvchi xodimlar, yuk 
ko'tarish mashinalari, qozon uskunalari, bosimli idishlar va boshqa xodimlar uchun yo’riqnomalar 
ishlab chiqarish va atrof-muhit sohasidagi ish xavfsizligi qoidalari, Davlat nazorat organi 
tomonidan tasdiqlangan maxsus qoidalar, ko'rsatmalar va talablar asosida ishlab chiqiladi.
Yo’riqnomalar mazmuni va tarkibi, faqatgina ish xavfsizligi bilan bog'liq bo'lgan va 
ishchilar o'zlari bajaradigan talablarni o'z ichiga olishi kerak. 
Namunaviy yo’riqnomalar, mehnat munosabatlari va muhofazasiga oid qonun hujjatlari, 
mehnat muhofazasi standartlari, soha va sanoat normalari va qoidalari, mehnatni muhofaza qilish 
bo'yicha boshqa normativ-huquqiy, texnikaviy va tashkiliy-uslubiy hujjatlarga muvofiq ishlab 
chiqilgan bo’lishi lozim. 
Yo’riqnomalarni mazmuni va tarkibiy qismini qonunchilikga mosligi korxona rahbari (ish 
beruvchi) tomonidan o’rganiladi.
Yo’riqnomalarda keltirilgan talablarni ishchilar tomonidan bajarish va amal qilish 
majburiydir. Ushbu talablarni bajarmaslik ishlab chiqarish intizomini buzilishi sifatida ko'rib 
chiqiladi. Yo’riqnoma talablarini bajarilishi yuzasidan doimiy ravishda nazoratini amalga oshirish 
korxona rahbari va uning tarkibiy bo'linmalari xizmatchilari va rahbarlari va mehnatni muhofaza 
qilish xizmati tomonidan amalga oshiriladi. 
Yo’riqnomalar o’tkazish vaqti, joyi va maqsadiga ko’ra kirish va ish joyida o’tkaziladigan 
yo’riqnoma turlariga ega. O’z navbatida ish joyida o’tkaziladigan yo’riqnomalar dastlabki, davriy, 
joriy va navbatdan tashqari turlarga bo’linadi. 


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling