1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari


Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga oʻqitish tizimi


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/32
Sana29.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1308764
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32
2.5.Ishlovchilarni faoliyat xavfsizligi talablariga amal qilishga oʻqitish tizimi. 
 
Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha yo’riqnoma turlari va uni o’tkazish tartibi. 
Barcha korxona va tashkilotlar, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, ishchilar, rahbarlar
mutaxassislar, muhandis-texnik xodimlar mehnatni muhofaza qilish bo’yicha xavfsiz ish 
jarayonlarini targ’ibot-tashviqot qilishlari va unga rioya etishga yo’l –yo’riqlar berishlari 
O’zbekiston reaspublikasi mehnat kodeksining: 
212-modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish me’yorlari, qoida va 
yo’riqnomalariga rioya etish majburiyati 
Xodim mehnatni muhofaza qilish me’yorlariga, qoida va yo’riqnomalariga, shuningdek 
ma’muriyatning ishni bexatar olib borish haqidagi farmoyishlariga rioya qilishi, olingan shaxsiy 
himoya vositalaridan foydalanishi, insonlar hayoti va sog’lig’iga bevosita xavf soladigan har 
qanday holat haqida, shuningdek ish jarayonida yoki u bilan bog’liq holda sodir bo’lgan har 
qanday baxtsiz hodisa haqida o’zining bevosita rahbarini (brigadiri, ustasi, hudud boshlig’i va 
boshqalarni) darhol xabardor qilishi shart.  
 
215-modda. Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha yo’l-yo’riqlar 
 berish va o’qitish 

Xodimlarga texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong’in chiqishdan saqlanish 
va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalari haqida yo’l-yo’riqlar berish hamda 
xodimlarning mehnatini muhofaza qilishning hamma talablariga rioya etishlarini doimiy ravishda 
tekshirib borish vazifasi ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi. 

Ish beruvchi xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo’yicha o’qishlarini ta’minlashi va 
ularning bilimlarini tekshirib turishi shart. 

Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha o’quvdan, yo’l-yo’riqdan o’tmagan va bilimlari 
tekshirilmagan xodimlarni ishga qo’yish taqiqlanadi.
 
va “Mehnatni muhofaza qilish” to’g’risidagi qonunning : 
 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling