(Ozbekiston respublikasi MMQQ).
Jamoat nazorati — bu ishni mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi organlari tomonidan
mehnat muhofazasi bo’yicha saylangan vakil tomonidan olib boriladi. Maxsus tayyorgarlikdan
o’tgan mehnatni muhofaza qilish bo’yicha vakil, ish joylarida, mehnat xavfsizligi holatini
qarshilik ko’rsatilmagan holda tekshirish, aniqlangan kamchiliklar va qoida buzganliklari bo
’yicha takliflar kiritish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish huquqiga egadir.
21-modda. Xodimlarning korxonadagi vakilligi
Mehnatga oid munosabatlarda xodimlarning manfaatlarini ifoda etishda vakil bo ’lish va bu
manfaatlarni himoya qilishni korxonadagi kasaba uyushmalari va ularning saylab qo ’iiladigan
organlari yoki xodimlar tomonidan saylanadigan boshqa organlar amalga oshirishi mumkin, bu
organlarni saylash tartibini, ularning vakolatlari muddati va miqdor tarkibini mehnat jamoasining
yig ’ilishi (konferensiyasi) belgilaydi. Xodimlar vakillik qilishni hamda o ’z manfaatlarini
himoya etishni ishonib topshiradigan organni o ’zlari belgalaydilar.
Barcha vakillik organlari o ’z vakolatlari doirasida ish olib boradi va xodimlar manfaatlarini
himoya qilishda teng huquqlardan foydalanadi. Korxonada boshqa vakillik organlarining ham bo
’lishi kasaba uyushmalarining o ’z vazifalarini amalga oshirish borasidagi faoliyatiga to ’sqinlik
qilmasligi lozim.
Xodimlar va ish beruvchilarning manfaatlarini bitta vakillik organi ifoda etishi va himoya
qilishi mumkin emas.
Vakillik organlarining faoliyati ularni saylagan xodimlarning qaroriga binoan, shuningdek
ular qonun hujjatlariga zid xatti-harakatlar sodir etgan taqdirda esa — sud tomonidan ham
tugatilishi mumkin.
(Ozbekiston respublikasi MMQQ).
24-
modda. Xodimlarning mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqlarini himoya etish
Do'stlaringiz bilan baham: |