1 2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari
bo’yicha kasaba uyushmalarining huquqlari
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- (Ozbekiston respublikasi MMQQ). Ma’muriy jamoat nazorati
bo’yicha kasaba uyushmalarining huquqlari
Kasaba uyushmalari xodimlarning mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqlarini qonunchilik asosida himoya qiladilar. Kasaba uyushmalari ishlab chiqarish vositalarini sinash va foydalanishga qabul qilish davlat komissiyalari ishida, ishlab chiqarishdagi kasb kasalliklarini tekshirishda, tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (TMEK) majlislarida ishtirok etadilar. Xizmat vazifalarini bajarish chog ’ida mayib bo ’lish yoki salomatlikka boshqacha tarzda putur etishi tufayli keltirilgan zarar qoplanishi uchun hamda xodimlarning salomatligi va mehnati muhofaza qilinishiga bo ’lgan huquqlari cheklangan boshqa hollarda kasaba uyushmalari o ’z tashabbusi bilan yoki ishlovchilarning arizalariga binoan ularning huquqlarini himoya qilib da ’vo arizalari bilan sudga murojaat etishlari mumkin. (24-moddaga O’zbekiston Respublikasining 07.l2.200ly. 320- II -son Qonuniga muvofiq o ’zgartishlar kiritilgan) (Ozbekiston respublikasi MMQQ). Ma’muriy jamoat nazorati — mehnat muhofazasini boshqarish tizimida ish joylarida sharoitning va mehnat xavfsizligining holatini ma’muriyat va kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan nazorat qilishning shaklidir. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining o’ziga xos tomonlariga qarab ma’muriy jamoat nazorati (Mehnat muhofazasi ishlarini tashkil qilish bo’yicha namunaviy nizom - 1996) uch bosqichda amalga oshiriladi: > mehnat muhofazasi bo’yicha vakillar har kuni ish boshlanishidan oldin, zarur bo’lganda ish kuni davomida nazorat ishlarini amalga oshiradi. Aniqlangan kamchiliklar tekshiruvchilar ishtirokida shu zahotiyoq tekshirish natijalari jurnalga yoziladi va u hudud boshlig’ida saqlanadi; > ikkinchi bosqichdagi nazoratni hudud boshlig’i va mehnat muhofazasi bo’yicha vakil boshchiligidagi komissiya oyiga kamida 2 marta o’tkazadi. Komissiya tarkibiga hududning texnik xizmat boshliqlari, korxonaning mehnat muhofazasi bo’limi muhandisi va hududga biriktirilgan tibbiy xodim kiradi. 14 > nazoratning uchinchi bosqichi korxonaning rahbari yoki bosh muhandisi va kasaba uyushmasining vakili rahbarligidagi komissiya yordamida yilning har oyi yoki choragida (4 -12 marta) amalga oshiriladi. O’tkazilgan nazoratlar asosida kamchiliklar ro’yxati tuzilib, ularni bartaraf etish uchun tadbirlar ishlab chiqiladi va amalda joriy qilinadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling