Qishloq xo’jalik texnika nazorat organlari traktorlar, kombaynlar va boshqa murakkab
uskunalarning texnik holatini, shuningdek ularni ishlatish qoidalariga rioya qilishini,
mashinalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish sifatini (ixtisoslashgan ustaxonalar, zavodlar
va ta’mirlash korxonalaridan tashqari) davlat nazoratidan o’gkazadilar.
Sanitariya nazorati — respublikamiz davlat, sanitariya nazorati ishlab chiqarishda
kasalliklarni kamaytirish, tashqi muhitni (suv havzalari, tuproq, va atmosfera havosi)
ifloslanishining oldini olishga, mehnat sharoitini sog’lomlashtirishga yo’naltirilgan sanitariya
gigiyena, sanitariya-epidemiologik chora-tadbirlarini o’tkazilishini nazorat qiladi, shuningdek,
kasallanishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning o’tkazilishini tekshirib turadi.
Energetika nazorati — elektr qurilmalarining texnik holatini, ularga xizmat ko’rsatishda
xavfsizlikni ta’minlaydigan chora-tadbirlar o’tkazilishini nazorat qilib turadi.
Yong’in xavfsizligi nazorati — uning vazifasiga, yangi qurilayotgan va ta’mirlanayotgan
korxona, tashkilotlar va aholi yashaydigan joylar uchun muhandislik texnikaviy yong’inga qarshi
chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, ishlab turgan
korxonalarda yong’inga qarshi profilaktik rejim tashkil qilish, yong’inni oldini olish va
o’chirishga keng jamoatchilikni jalb qilish ishlarini olib boradi.
Avtomobil inspektsiyasi — o’zining viloyat, tuman inspektorlari orqali avtomobillarning,
yuk tashuvchi traktorlarning texnik holatini, haydovchilarning yo’l harakati qoidalariga rioya
qilishlarini nazorat qilib turadi, shuningdek, yo’l-transport hodisalarini oldini olishga doir
profilaktik ishlarni olib boradi.
Korxona nazorati - mehnat muhofazasiga doir ishlarni tashkil qilish va unga umumiy
rahbarlik qilish, korxonalarda o’rinbosarlardan biriga, jamoa xo’jaliklarida rahbarlar zimmasiga
yuklatiladi. Xo’jalikda mehnat muhofazasiga doir barcha tashkiliy ishlarni mehnat muhofazasi
bo’yicha muhandis yoki bosh muhandis o’tkazadi. O’zbekiston Respublikasining «Mehnatni
muhofaza qilish to’g’risidagi» qonunining 14- moddasiga asosan:
Do'stlaringiz bilan baham: |