2.6.Ishlab chiqarishda faoliyat jarayonida yuzaga keladigan jarohatlanishlar va kasb
kasalliklari, ularning kelib chiqish sabablari, oldini olish tadbirlari.
Baxtsiz hodisalarni tekshirish va ularni hisobga olish tartibi
Korxona va tashkilotlarda Ishlab chiqarish jarayonida mehnatni muhofaza qilish talablari
va qoidalari, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong’in xavfsizligi va boshqa
turdagi me’yor va xavfsizlik talablariga rioya qilmaslik, ishchi-xodimlar va mutaxassislarning turli
darajadagi jarohatlanishiga, zaharlanishiga va kasb kasalliklariga olib keladi.
Inson tanasining teri yoki ayrim qismlariga tashqi mexanik, kimyoviy va elektr ta’siri
natijasi shikastlanish va tanaga jismoniy zarblarni ta’sir ko’rsatishi natijasida lat yeyishi, terining
kesilishi, suyak sinishi va chiqishi, kuyish, sovuq urishi, elektr toki urishi va inson hayot faoliyati
buzilishiga olib keladigan boshqa cheklanishlar jarohatlanish deb yuritiladi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida xodimning mehnat qobiliyati kamida bir
kunga yo’qotilsa yoki tibbiy xulosaga muvofiq yengilroq boshqa ishga o’tishi zarur bo’lsa, baxtsiz
hodisa deb hisoblanadi va “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi Qonunning:
26-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirish
hamda hisobga olish
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va xodimlarning o’z mehnat vazifalarini bajarishi
bilan bog’liq holda sog’lig’ining boshqacha tarzda shikastlanishi, shuningdek kasb kasalliklari
belgilangan tartibda tekshirilishi hamda hisobga olinishi shart.
Fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo’yicha ishlar bajaruvchi (xizmatlar ko’rsatuvchi)
shaxslarga nisbatan ham ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar hamda sog’lig’ining boshqacha
tarzda shikastlanishi, kasb kasalliklari belgilangan tartibda tekshirilishi va hisobga olinishi shart.
va Mehnat kodeksining
Do'stlaringiz bilan baham: |